Jahon xo`jaligida globalizatsiyaning asosiy yo`nalishlari mundarija: Kirish



Yüklə 167,51 Kb.
səhifə1/6
tarix17.12.2023
ölçüsü167,51 Kb.
#150124
  1   2   3   4   5   6
JAHON XO`JALIGIDA GLOBALIZATSIYANING ASOSIY YO`NALISHLARI


JAHON XO`JALIGIDA GLOBALIZATSIYANING ASOSIY YO`NALISHLARI
MUNDARIJA:
Kirish


1.bob. Jahon xo’jaligida globallashuv tushunchasi.
1.1. Jaxon xo‘jaligi globalizatsiyasini rivojlanish mazmun moxiyati…………..3-11
1.2. Jaxon xo‘jaligi globalizatsiyasini rivojlanish yo‘nalishlariga ta’sir qiluvchi omillar…………………………………………………………………….…..11-18
2.bob. Jahon iqtisodiyotini globallashuv taxlili.
2.1. Jaxon xo‘jaligi globalizatsiyasining rivojdanishni bugungi kunagi taxlili.18-29
2.2. Jaxon xo‘jaligi rivojlanishini O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga ta’siri…………………………………………………………………………..29-33
Xulosa ……………………………………………………………………….31-34
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………..35-38
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “... nima uchun bizga iqtisodiy integratsiya kerak! Bizning tashqi savdoga chiqadigan yuklarimizning 80 foizi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaning tranzit yo‘laklari orqali o‘tadi. Shuningdek, tayyor mahsulotlarimiz eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar bo‘yicha esa 80 foizi Rossiya, Qog‘og‘iston, Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri keladi. Ana shu omillarni inobatga olib hamda Rossiya va Qozog‘istonga ishlash uchun borgan fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bugungi kunda O‘zbekistonnning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog‘liq masalalar o‘rganilmoqda. Biz, albatta, ushbu jiddiy masalada, eng avvalo, xalqimizning manfaatlaridan kelib chiqib, uning xohish-irodasiga tayanamiz. Shuning uchun xalq vakillari bo‘lgan deputat va senatorlarimiz parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, o‘z zimmalariga mas'uliyatni olgan holda, asoslangan xulosalarini aytishlari kerak”, deb ta'kidlab o‘tgan edilar.
Darhaqiqat, globallashuvning zarurati mamlakatimiz tashqi savdodasida hamkor davlatlarning ahamiyati va integratsiyaning zaruratini o‘zida aks ettirmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur'atlarini mustahkamlash, savdo munosabatlarnini erkinlashtirish blan birga kapital va ishchi kuchi xarakatini soddalashtirilishida integratsion jarayonlarning roli o‘zining dolzarbligini ko‘rsatmoqda.
So‘nggi vaqtlarda Jahon Savdo Tashkiloti (JST), YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) haqida, unga mamlakatimizni qo‘shilish qo‘shilmaslik masalalari, umuman olganda xalqaro iqtisodiy integratsiyalarning foyda va zararlari xususida turlicha qarashlar paydo bo‘ldi. Ta'kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda.
Darhaqiqat, globallashuvning zarurati mamlakatimiz tashqi savdodasida hamkor davlatlarning ahamiyati va integratsiyaning zaruratini o‘zida aks ettirmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur'atlarini mustahkamlash, savdo munosabatlarnini erkinlashtirish blan birga kapital va ishchi kuchi xarakatini soddalashtirilishida integratsion jarayonlarning roli o‘zining dolzarbligini ko‘rsatmoqda.
Iqtisodiy globallashuv – bu tarixiy jarayon bo‘lib, inson kashfiyotlari va texnologik taraqqiyotning natijasidir. U jahon iqtisodiyotida integratsiyalashuv jarayonlarining jadallik bilan o‘sib borishini (xususan, savdo va kapital oqimlari orqali) anglatadi. Bu tushuncha ba'zan insonlar (ishchi kuchi) va ilm-fanning (texnologiya) xalqaro hududlar bo‘ylab harakatini ifodalashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, globallashuv tushunchasi keng madaniy, siyosiy va iqtisodiy holat bilan bog‘liq o‘lchovlarni ham qamrab oladi. Bu tushunchaning ishlatilishi XX asrning 80- yillarida ommaviy tus olgan bo‘lib, u o‘zida xalqaro o‘tkazmalarni amalga oshirishni soddalashtiruvchi va tezlashtiruvchi texnologik imkoniyatlarni aks ettirgan. U inson iqtisodiy faoliyatining turli darajalarida asrlar davomida amal qilib kelgan o‘sha bozor kuchlarining[1] milliy chegaralarni e'tiborga olmay uzluksiz kengayishini anglatadi.
Bozorlar raqobat va ishchi kuchining ixtisoslashuvi orqali samaradorlikni rag‘batlantiradi, ya'ni insoniyat imkon qadar samaradorlikka intiladi. Global bozorlar insoniyatga jahon bo‘ylab ko‘proq va kattaroq bozorlardan foydalanish borasida kengroq imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu shuni anglatadiki, ular yanada ko‘proq kapital oqimi, texnologiya, arzon import va yirik eksport bozorlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Lekin bozorlar samaradorlikning oshishidan ko‘riladigan manfaatlarni barcha uchun teng taqsimlanishini kafolatlay olmaydi.
- yangi bozorlar (ya'ni zamonaviy vositalar bilan tinimsiz ishlovchi o‘zaro bog‘langan moliya bozorlari, global iste'mol mollari bozorlari, elektron-tijorat va sh.k.);
- yangi o‘yinchilar (ya'ni multimilliy korporatsiyalar, Jahon savdo tashkiloti, hududiy bloklar); - yangi qoidalar (ya'ni savdodagi ko‘p tomonlama kelishuvlar, inson huquqlari va global muhit bo‘yicha konventsiyalar); - yangi aloqa vositalari (ya'ni, telefon, faks, elektron pochta).
Bundan tashqari, globallashuv tovarlar va kapitallarning harakatidagi ob'ektiv va sub'ektiv to‘siqlarning olib tashlanishi natijasida davlatlararo aloqalarning rivojlanib borishini anglatadi.
Umuman olganda, globallashuv xususiy sektorlar va hukumatlarni xalqaro raqobatga chorlovchi global iqtisodiy integratsiyalashuvni texnologik va siyosiy jihatdan harakatlantiruvchi jarayon hisoblanadi.

Yüklə 167,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə