Jahon xo`jaligida globalizatsiyaning asosiy yo`nalishlari mundarija: Kirish



Yüklə 167,51 Kb.
səhifə2/6
tarix17.12.2023
ölçüsü167,51 Kb.
#150124
1   2   3   4   5   6
JAHON XO`JALIGIDA GLOBALIZATSIYANING ASOSIY YO`NALISHLARI

Kurs ishining: jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni ob'ektiv tarixiy jarayon bo‘lib, o‘zining ijobiy va salbiy jihatlariga egadir. Uning ijobiy jihatlaridan xalqaro moliya bozorlari va valyuta munosabatlarini tartibga solish jarayonida oqilona foydalanish kapitallar, valyutalar va tovarlar harakati ko‘lamining kengayishiga muhim zamin yaratadi.
Kurs ishining vazifasi: ushbu kurs ishining vazifasi shundan iboratki xalqaro bozor, uning rivojlanish qonuniyatlari, xalqaro iqtisodiy aylanishi, haqida talabalarga bilim ko’nikma malakalarni shakllantirishdir.


1.bob. Jahon xo’jaligida globallashuvtushunchasi.
1.1. Jaxon xo‘jaligi globalizatsiyasini rivojlanish mazmun moxiyati..
Jahon xo‘jaligi o‘zining vujudga kelishi va rivojlanishida uzoq va
murakkab yo‘l bosib o‘tdi. Ayrim tadqiqotchilar uning vujudga kelishini Rim
imperiyasi davri bilan bog‘lashadi (er.avv.gi II va eramizning I asrlari). Bunda
ular Rim imperiyasini o‘sha vaqtdagi butunjahon xo‘jalik tizimi deb
baholaydilar. Boshqa olimlar jahon xo‘jaligini faoliyat ko‘rsata boshlagan
davrni XV-XVI asrlar, ya’ni buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar davri bilan
bog‘laydilar. Aynan shu kashfiyotlar qimmatbaho toshlar, metallar,
shirinliklar va qullar bilan xalqaro savdoning tez rivojlanishiga sabab
bo‘ldi. Ammo bu davrdagi jahon xo‘jaligi cheklangan bo‘lib, faqat
savdogarlarning sarmoyalari ishlaydigan soha bo‘lgan edi xalos.
Zamonaviy jahon xo‘jaligi sanoat inqilobidan keyin, kapitalning
monopol bosqichiga o‘tishi davomida vujudga keldi.
XXI asr bo‘sag‘asidagi jahon xo‘jaligi - o‘z miqyosiga ko‘ra globaldir; u
to‘liq ravishda bozor iqtisodiyotining tamoyillari, xalqaro mehnat
taqsimotining obyektiv qonuniyatlariga, ishlab chiqarishning
baynalminallashuviga asoslanadi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi o‘n
yilliklarda jahon xo‘jaligini rivojlanish yetakchi tendensiyalaridan biri,
bu ko‘plab davlatlarning birin-ketin yopiq milliy xo‘jalikdan tashqi bozorga
yuz tutgan iqtisodiy ochiq tipdagi xo‘jalikka o‘tishidir. Aynan ana shu davrda
AQSH olimlari ―Ochiq savdo‖, ―Ochiq iqtisodiyot‖ degan tezislar bilan
chiqdilar. Bu avvalo jahon bozorida o‘z hukmronligini o‘tkazish bilan bog‘liq
edi. Ikkinchi jahon urushidan g‘olib va yanada boyib chiqqan AQSH hukumati
tomonidan yangi iqtisodiy tartib qo‘llanmalari taklif etildi. Bunday ―erkin
savdo‖ va ―ochiq iqtisodiyot‖ tezislari hukmron iqtisodiyotning kamroq
rivojlangan davlatlarga qarshi qaratilgan quroli, shuningdek amerika
korporatsiyalarining tutib bo‘lmas ekspansiyaga intilishlari edi.
Ammo urushdan keyingi yillarda dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy holatning
o‘zgara borishi bilan bog‘liq holda ―Ochiq iqtisodiyot‖ haqidagi tezis amerika
ekspansionizmining manfaatlariga yo‘naltirilganlikni yo‘qota borib, jahon
xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi ma’nosini ola boshladi.
Jahon iqtisodiyotda ochiq iqtisodiyotni shakllanishida davlat muhim
rol o‘ynadi. Davlat tovar va xizmatlar olib chiqishni rag‘batlantirib,
xorijiy firmalar bilan kooperatsiyalarga, tashqi iqtisodiy aloqalarni
rivojlanishiga yordamlashib, o‘ziga eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni
rag‘batlantirish funksiyasini oldi. Chet eldan investitsiyalar, texnologiyalar,
ishchi kuchi va axborot vositalarini oqib kelishini yengillashtiruvchi
mustahkam huquqiy asos yaratildi.
Jahon iqtisodiyotida va XIMda ―Erkin savdo‖ va ―Ochiq iqtisodiyot‖
tushunchalarini farqlash lozim. ―Erkin savdo‖ haqidagi konsepsiya
A.Smitning siyosiy iqtisodiyotidan boshlanib u va zamonaviy amerika
iqtisodchilarining kashfiyoti emas. ―Ochiq iqtisodiyot‖ tushunchasi aslida
ishlab chiqarish omillari, axborot, milliy valyutalarning o‘zaro
almashuvining erkin harakatini o‘z ichiga olgan tovarlar savdosi ko‘rinishida
bo‘lib ,u ―erkin savdo‖ tezisidan kengrok tushunchadir.
Ochiq iqtisodiyotni avtarkiya, o‘z-o‘zini ta’minlash iqtisodiyoti, haddan
tashqari o‘z kuchiga suyanishning antipodi sifatida ham tushunish lozim. Ochiq
iqtisodiyotning vujudga kelishi jahon rivojlanishining obyektiv
tendensiyasidir. Ochiq iqtisodiyot tamoyillariga mos ravishda harakat qilish
jahon bozori standartlarini tan olish, uning qonunlari asosida harakat
qilishdir.
Ochiq iqtisodiyot ichki bozorning chet el kapitali, tovarlari,
texnologiyalari, axborotlari, ishchi kuchining oqimi uchun aqlga to‘g‘ri
keladigan darajada ochiqligini nazarda tutadi.
Ochiq iqtisodiyotning afzalliklari quyidagilardir:
- ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining
chuqurlashishi;
- resurslarni mulohazakorlik bilan samaradorlik darajasiga qarab
taqsimlash;
- xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimi orqali jahon tajribasining
tarqalishi;
- jahon bozoridagi raqobat tomonidan rag‘batlantiriladigan milliy
ishlab chiqaruvchilar orasida raqobatning kuchayishi.
Shakllanib bo‘lgan ochiq iqtisodiyot va ochiq iqtisodiyotga o‘tish bir xil
narsa emas. Ochiq iqtisodiyot davlatning tashqi iqtisodiy aloqalarida
nazoratsizlik va hamma narsa mumkin, chegaralar ochiq degani emas. Ochiq
iqtisodiyot uning aqlga sig‘adigan darajada amalga oshirish mexanizmini
shakllantirishda davlatning sezilarli aralashuvini talab qiladi. Hech bir
mamlakatda iqtisodiyotning mutlak (absolyut) ochiqligi yo‘q.
Ochiqlik miqdorining birinchi darajali indiqatoriga eksport va
importning yalpi ichki mahsulotdagi (YAIM) ulushini kiritish mumkin.
Ularning kombinatsiyasi alohida milliy iqtisodiyotlarning jahon bozori
bilan aloqalarining miqyosi haqida tushuncha beradi. Shunday qilib,
eksportning YAIMga munosabati eksport kvotasi sifatida aniqlanadi:
Ek = E/YAIM x 100%, bu yerda: Ek - eksport kvotasi, E - eksport hajmi.
Agar Ek 10% bo‘lsa, iqtisodiyotning ochiqligi maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Iqtisodiyot ochiqligining boshqa ko‘rsatkichi import bilan YAIM
munosabatidan kelib chiquvchi import kvotasi ko‘rsatkichidir:
Ik = I/YAIM x 100%, bu yerda: Ik - import kvotasi, I - import hajmi.
Ochiqlikning kompleks ko‘rsatkichlaridan biri deb odatda tashqi savdo
kvotasi ko‘rsatiladi: TSk = TS/YAIM x 100%,
bu yerda: TSk -tashqi savdo kvotasi, TS - tashqi savdo aylanmasining
hajmi. Bu ko‘rsatkichning kamchiligi unda kapital eksporti kattaligining
hisobga olinmaganligidir.
Ta’kidlash lozimki, ko‘rsatib berilgan koeffitsiyent va ko‘rsatkichlar
har doim ham iqtisodiyot ochiqligining holatini to‘liq ko‘rsata olmaydi.
Masalan, tashqi savdo kvotasi ma’lum ma’noda iqtisodiyot ochiqligini
namoyish qilsa ham, uning sintetik ko‘rsatkichi bo‘la olmaydi. Tashqi savdo
kvotasi asosan davlatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokini
ko‘rsatadi. Bu esa ochiq iqtisodiyot tushunchasining bir qismi xolos.
Iqtisodiyot ochiqligi ko‘rsatkichi esa murakkabrok kompleks ko‘rsatkichdir.
JAHON XO‘JALIGI — turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining bozor munosabatlari zamirida bir-birini taqozo etgani holda umumjahon yaxlitligini tashkil etishi; jahondagi o‘zaro aloqador milliy xujaliklar va xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmui. Jahon xo‘jaligi bozor iqtisodiyoti rivojining maxsuli sifatida 19-a. ning oxiri — 20-asr boshlarida shakllandi. Xalqaro mehnat taqsimoti turli mamlakatlar milliy xujaliklarini ixtisoslashishiga olib keladi, ya’ni muayyan mamlakatda u yoki bu soha ustuvor rivojlanadi. Ixtisoslashuv mamlakatda kanday tabiiy resurslarning borligiga va shu yerdagi ishlab chiqarish tajribasiga bog‘liq. Ixtisoslashuv xarajatlarni kamaytirib, tovarlarni sifatli ishlab chiqarish imkonini berganidan xalqaro aloqalarni zaruratga aylantiradi.
Jahon xo‘jaligi dagi iqtisodiy aloqalar har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining mustaqilligi; mamlakatlar iqtisodiy munosabatlarining bozor qoidalari asosida olib borilishi; iqtisodiy aloqalar uning ishtirokchilar uchun zaruriy manfaatli bo‘lishi; milliy xo‘jaliklar manfaatlarining uyg‘unligiga tayanib, ixtiyoriy ravishda va sharoit yetilganda o‘zaro integratsiyalashuvi tamoyillariga asoslanadi.
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy rivojlanishning muhim bir jihatlaridan biri ochiq iqtisodiyotni shakllantirish uchun zarur bo’lgan siyosiy, huquqiy va tashkiliy masalalarni xal qilish va global iqtisodiyotdagi xizmatlar sohasi bilan keng qamrovli aloqalarni rivojlantirish va chuqurlashtirishdan iborat.
―Jahon iqtisodiyotining globallashuvi‖ fani global muamomlar, globallashuv jarayonlarning mohiyati, rivojlanish omillari va uning qayd etilgan.
«Jahon iqtisodiyotining globallashuvi» fanining asosiy maqsadi – talabalarda jahon iqtisodiyotining globallashuvi jarayonlari bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirish. «Jahon iqtisodiyotining globallashuvi» fanining asosiy vazifalari talabalarda global muammolari mohiyati, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar va ularning mintaqaviy va tarmoqlararo oqimlari, transmilliy korporatsiyalar va ularning globallashuv jarayonlardagi tutgan o’rni, xalqaro savdo va jahon xo’jaligi erkinlashuvi, jahon savdo tashkiloti va unga a‘zo bo’lish jarayonlari, globallashuv sharoitida global va milliy iqtisodiy xavfsizlik to’g’risida ilmiy tushunchalarni shakllantirishdan iborat.
Mamlakatimizning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvida, ochiq iqtisodiyotni barpo etishda va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda, eksport va import operatsiyalarini bajaruvchi milliy muassasalar, tashkilotlar, korxonalarni xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonlarini yaxshi o’rgangan bo’lishlari lozim.
Globallashuv (globalizatsiya) lotincha “glob” so‘zidan olingan bo‘lib,aynan uni “dumaloqlashuv”, “kurralashuv” deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi.
“Global” tushunchasi lug‘aviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tili “umumiy”, lotin tilida esa “globus”- Yer shari” ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi ana shu ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan katta muammolarni, “sayyoraviy”, “dunyoviy” muammolarni, global taraqqiyot istiqbollarini o‘ziga qamrab oladi. 
Globallashuv atamasi birinchi bor 1960 yil Giddins tomonidan foydalanilgan[1]. Bu atama XX asrning 90-yillarigicha deyarli foydalanilmagan. 1985 yilga kelib amerikalik sotsiolog R. Robertson «globallashuv» atamasiga tushuncha bergan[2]. Globalizatsiya atamasi birinchi bo‘lib iqtisodchi olimlar tomonidan 1981 yildan beri qo‘llanilib kelingan. Ammo bu so‘zning to‘liq ma’nosi, konsepsiyasi 1990 yilning yarmida amerikalik olim CHarlz Taz Rassel tomonidan to‘liq ochib berilgan.
“Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili «Garvard biznes rev`yu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo`llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan[3][1]. Mazkur ta`rifda globallashuv jarayonining iqtisodiy tamonlariga e`tibor berilgan. O`z davrida frantsuz faylasufi Rene Dekart “Tushunchalar ma`nosini aniqlashtiring va bu insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi” - deb yozgan edi. Ayni shu ma`noda dastlab biz “globallashuv” tushunchasining istilohiy ma`nosini izohlashga harakat qilamiz. Bu so‘zga quyidagicha tarif berish mumkin: Globallashuv – Jahon xo‘jaligi rivojlanishining ob’ektiv jarayoni bo‘lib, juda ko‘p ijobiy xususiyatlarga egadir: bular asosan turli mamlakatlar xo‘jaligining o‘zaro aloqasi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ilm – fan texnika texnalogiya yutuqlari almashuvini tezlashishni hamda davlatlarni ilmiy texnikaviy taraqqiyotiga ko‘maklashuv bilan tasdiqlanadi. Globallashuv — butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurlarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo‘shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob’ektiv jarayon bo‘lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega.[4] Globallashuvga qarshi harakatlar ham mavjud bo‘lib, ular globallashuv natijasida yuzaga keladigan va kelayotgan muammolarni oqibati salbiy deb e’tirof etishadi. Bunday tashkilot, uyushma, harakatlarga Green, AntiDaos kabi bir necha antiglobilistlarni kiritish mumkin. Globallashuv bosqichiga mintaqalashuv bosqichini bosib o‘tish lozim.
Vaholanki, globallashuv yaxlit jarayonlarni o`z ichiga qamrab oladi. A.Ochildievning ta`kidlashicha, “...eng umumiy ma`noda, globallashuv, bir tomondan, muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Er yuzini qamrab olganini, ikkinchi tomondan, ularning insoniyat taqdiriga dahldor ekanini anglatadi”[5][2]. V.I.Danilov-Danil`yan esa “Globallashuv ko`proq mantiqdan emas, balki tarixiy paradigmadan kelib chiqqan so`zdir. Globallashuv jihatlarining o`zaro aloqadorligini aniq va ravshan tahlili mavjud emas”[6][3], - deb yozgan edi. YUqoridagi ta`riflardan ko`rinadiki, globallashuv jarayoni o`zining murakkabligi va serqirraligi bilan alohida ajralib turadi. SHuning uchun ham S.Otamuratov “...globallashuv tushunchasi haqidagi qarashlar turli-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy hol. CHunki uning makon va zamonda sodir bo`lish xususiyatlari turlicha bo`lib dunyoning o`zgarishiga o`tkazayotgan ta`sirida ham yangi-yangi imkoniyatlari namoyon bo`lmoqda”[7][4]. 1980-1990 yillar bo’sag’asida “globallashtirish” tushunchasi yangi talqinga ega bo’ldi: asli yaponiyalik keyinroq amerikalik mashhur iqtisodchi K.Ome ta'riflab bergan mazkur atamaning ommaga tushunarli bo’lgan ifodasidan jahon xo’jaligi rivojlanishining nisbatan yangi qirralari va tavsiflari, uning dastlabki taraqqiyot bosqichlaridan farqlanuvchi hozirgi holatini ko’rsatish uchun tatbiq eta boshladilar.
Proffesor A. Katsovich globallashtirish jarayonini tasvirli yoritilishi va jahon xo’jaligining yangi tavsiflari yuzaga kelishi: “Globallashtirish chegaralar orqali iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni intensifikatsiya qilish orqali aniqlanishi mumkin. Globallashtirish – bu erkin savdo to’g’risidagi bitimlar uyg’unligi, jahonni yagona va o’ta raqobatli bozorga aylantirgan Internet hamda moliyaviy bozorlarning birlashishidir”, degan taklifni kiritadi[8].
Jahon olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot-larda «Globallashuv» tushunchasiga turli ta’riflar berilmoqda va unga turli qarashlar va munosabatlarni bildirish davom etib kel-moqda. Lekin uning er kurrasining bir butunligini ifodalash va barcha soqalarning «yagonaligini» ta’minlash jarayoni, omili si-fatida qarash umumiy qarashlardan ustuvor bo‘lib kelmoqda. Jum-ladan, rus olimi I. Burikova globallashuvni jarayon sifatida qaraydi va olimlar tomonidan unga nisbatan qarashlarni umum-lashtirib, uning uchta asosiy jihatini ko‘rsatadi:
Bilim jiqatlari - globallashuv jarayoni haqida nimalar ma’-lumligi.
Emotsional - bu ma’lumotga qanday yondoshuv zarurligi.
Axloqiy - nima qilish kerak ekanligi.5
Uning ta’kidlashicha, Sankt-Peterburg Universitetining siyo-siy psixologiya fakulteti psixologlari globallashuvni jaxrnda siyosiy qokimiyatning yangi shakli sifatida tushunadilar. Bu siyo-siy hokimiyat yangi shakllarining instrumentlari quyidagilardir:
informatsion globallashuv - informatsiya soh_asidagi o‘zgarishlar;
iqtisodiy globallashuv - iqtisodiy soqadagi o‘zgarishlar;
mintaqaviy globallashuv - hududlar va chegaralar sohasidagi o‘zgarishlar;
demografik globallashuv - globallashuvning asosiy instru-menti bo‘lib, insondagi barcha asosiy o‘zgarshdlarni o‘ziga qamrab oluvchi o‘zgarishlardir.
SHuningdek, muallif ularning har birining o‘ziga xos xususi-yatlari haqida batafsil fikr yuritgan.6
YAna bir rus olimi L.E. Grininning fikricha, «Globallashuv -mintaqalar va umuman jahonning integratsiyasi va yaqinlashuvining natijasidir».7U globallashuvga jarayon sifatida qaraydi va unga quyidagi ta’rifni beradi. «Globallashuv - bu jarayon, uning nati-jasida dunyo o‘zining barcha sub’ektlariga yanada aloqador va yana qam bog‘liq bo‘ladi»8.
Rus olimlaridan yana biri professor A.G. Kosichenko qam glo-ballashuvga jarayon sifatida qaraydi. U shunday yozadi: «Globalla-shuv ko‘p o‘lchamli jarayon, u o‘z ta’sir doirasiga gurli usul va vositalar bilan barcha soqalarni qamrab oladi». Ayni paytda uning fikricha, «iqtisodiyotning o‘ziga xos qukmronlik ta’siri bugun ja-h_on hayotining barcha sohalarida namoyon bo‘lmoqda».'
2006 yilda «Globallashuv» tushunchasi va uning turli sohalarga o‘tkazayotgan ta’si-rini aniqlashga bag‘ishlangan jahonning etakchi olimlari qamkor-ligida «Globalistika mejdunarodnsh mejdissiplinarnsh ensik-lopedicheskiy slovar» tayyorlanib e’lon qilindi. Unda globalla-shuv tushunchasiga olimlar turlicha ta’rif berganlar va uning ta’-sir doirasini aniqlashga qarakat qilingan. Jumladan, amerika-lik olim T.Fridman bu qaqda shunday ta’kidlaydi: «Globallashuv - bu «sovuq urush tizimini» almashtirgan yangi tizim»10. Keltiril-gan fikrdan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiyotda kechayotgan globalla-shuv jamiyat, mamlakat va xalqlar qayotining barcha soqalariga o‘zi-ning ta’sirini o‘tkazmoqda. SHuning bilan birga uni o‘z davrida jahonni larzaga solgan va butun insoniyatga xavf tug‘dirgan «sovuq urush» bilan tenglashtirgan mualliflar qam bor. Haqiqatdan qam, yuqorida mualliflar tomonidan ilgari surilayotgan fikrlarda glo-ballashuvning iqtisodiyotga, siyosatga va jahon miqyosidagi jarayon-larga o‘tkazayotgan ta’siri keng qamrovli ekanligi ko‘rsatib beril-gan. Ayniqsa uning iqtisodiyotga o‘tkazayotgan ta’siriga asosiy e’ti-bor berilganligini ta’kidlash lozim. Haqiqatan qam iqtisodiyot-dan manfaatdor bo‘lmagan insonning o‘zi yo‘q. U inson h.ayot kechiri-shining moddiy asosini tashkil qiladi. SHuning uchun qam iqtiso-diyotdagi globallashuv milliy ma’naviyatda ham o‘z ifodasini topa-di. Afsuski, yuqorida mualliflar tomonidan bildirilgan fikr-lardan ko‘rinib turibdiki, globallashuvning milliy ma’naviyatga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri e’tibordan chetda qoldirilgan. Bu ja-rayonda iqtisodiy globallashuv milliy ma’naviyatning globallashu-vida vosita vazifasini bajaradi. Ana shu muqim jiqat muallif-lar e’tiboridan chetda qolganligini ko‘rish mumkin. SHuning bi-lan birga T. Fridmanning globallashuvning «sovuq urush» siyosati bilan tenglashtirilganligi zamirida ham katta ma’no bor. Haqiqat-dan ham bugun u butun insoniyat, ayniqsa uning oliy qadriyatlari-dan biri bo‘lgan millatlar taqdiriga solayotgan tahdidini «sovuq urush» siyosatiga tenglashtirish mumkin. Respublikamizda qam tadq-iqotchilarimiz tomonidan globallashuv jarayonini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Hali bu masalaga bag‘ishlangan fundamental tadqiqotlar e’lon qilinmagan bo‘lsa qam bir qator ilmiy jiqatdan pishiq bo‘lgan maqolalar e’lon qilinganligini ta’kidlash lozim. Jumladan, «Globallashuv ziddiyatlari»,11 «Ada-biyotida globallashuv jarayoni»,12 «Xalqaro globallashuvning chuqurlashuvi»13 va boshqa maqolalarda uning ba’zi bir jiqatlariga to‘la-qonli ta’rif keltiriladi. Aytish joizki, mazkur maqolalarda ham «Globallashuv» jarayon sifatida talqin etilganligini ko‘rish mum-kin.

Yüklə 167,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə