Jahon xo`jaligida globalizatsiyaning asosiy yo`nalishlari mundarija: Kirish


Jaxon xo‘jaligi rivojlanishini O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga ta’siri



Yüklə 167,51 Kb.
səhifə5/6
tarix17.12.2023
ölçüsü167,51 Kb.
#150124
1   2   3   4   5   6
JAHON XO`JALIGIDA GLOBALIZATSIYANING ASOSIY YO`NALISHLARI

2.2. Jaxon xo‘jaligi rivojlanishini O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga ta’siri
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti prognozini ijobiy baholadi
Jahon banki 2022 yil uchun O‘zbekistonda YAIM o‘sishi prognozini 5,3 foizgacha yaxshiladi. Biroq 2023 yilda o‘sish 4,9% bo‘lishi tahmin qilinmoqda. Shuningdek, maqsadli ijtimoiy himoya dasturlari orqali qashshoqlik darajasi 2023 yilda 14,5 foizga, 2024 yilda esa 12,2 foizga tushishi kutilmoqda.
Ukrainadagi urush oqibatlariga qaramay, 2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,3 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu Jahon bankining navbatdagi hisobotida keltirilgan. Unda qayd etilishicha, bu yilgi yangi zarbalar ta’sirini yumshatish zaruratidan kelib chiqib, mamlakatda fiskal siyosat davom ettirilmoqda. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar xususiy sektordagi o‘sishni jonlantirishda davom etsa, o‘rta muddatli rivojlanish ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etishi mumkin, deyiladi hisobotda.
Asosiy shartlar va muammolar O‘zbekiston so‘nggi yillarga savdo va narxlarni liberalizatsiya qilish bo‘yicha bir qator samarali islohotlarni amalga oshirdi. Lekin shunga qaramasdan mahsuldorlik, xususiy sektor tomonidan o‘sish va yangi ish o‘rinlarini yaratishni rag‘batlantirish davom etishi uchun qo‘shimcha islohotlar zarur. Asosiy e’tibor bozorning zaif omillari, savdo va tranzit xarajatlari, monopol korxonalar, tartibga solish muhiti hamda qishloq xo‘jaligi va butun iqtisodiyotda bozorni rag‘batlantirish va barqarorlikni yanada mustahkamlashga qaratilishi kerak, deya qayd etadi Jahon banki mutaxassislari.
Kambag‘allik chegarasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda aholining 17 foiz qismi ushbu toifa tarkibiga kirgan. Ijtimoiy yordam miqdori va manzilining oshib borishi ushbu qatlamdagi aholi sonining kamayishiga hissa qo‘shadi.
Rivojlanish raqamlarda Mintaqaviy prognozning noaniqligiga qaramay, 2022 yilning birinchi yarmida YAIM halqaro pul o‘tkazmalari, eksport va investitsiyalar hisobiga 5,4 foizga o‘sdi. Ikkinchi chorakda real ish haqi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizdan ko‘proqqa oshdi. Shu bilan birga, qurilish va qishloq xo‘jaligidagi barqaror o‘sish qisman sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘sishning sekinlashuvini qopladi. Investitsiyalar (asosan energiya ishlab chiqarish, o‘g‘itlar va infratuzilmaga) 9,4 foizga o‘sdi. Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti prognozini ijobiy baholadi, Жаҳон банки 2022 йил учун Ўзбекистонда ЯИМ ўсиши прогнозини 5,3 фоизгача яхшилади. Бироқ 2023 йилда ўсиш 4,9% бўлиши таҳмин қилинмоқда. Шунингдек, мақсадли ижтимоий ҳимоя дастурлари орқали қашшоқлик даражаси 2023 йилда 14,5 фоизга, 2024 йилда эса 12,2 фоизга тушиши кутилмоқда.
Ukrainadagi urush oqibatlariga qaramay, 2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,3 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu Jahon bankining navbatdagi hisobotida keltirilgan. Unda qayd etilishicha, bu yilgi yangi zarbalar ta’sirini yumshatish zaruratidan kelib chiqib, mamlakatda fiskal siyosat davom ettirilmoqda. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar xususiy sektordagi o‘sishni jonlantirishda davom etsa, o‘rta muddatli rivojlanish ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etishi mumkin, deyiladi hisobotda.
Asosiy shartlar va muammolar O‘zbekiston so‘nggi yillarga savdo va narxlarni liberalizatsiya qilish bo‘yicha bir qator samarali islohotlarni amalga oshirdi. Lekin shunga qaramasdan mahsuldorlik, xususiy sektor tomonidan o‘sish va yangi ish o‘rinlarini yaratishni rag‘batlantirish davom etishi uchun qo‘shimcha islohotlar zarur. Asosiy e’tibor bozorning zaif omillari, savdo va tranzit xarajatlari, monopol korxonalar, tartibga solish muhiti hamda qishloq xo‘jaligi va butun iqtisodiyotda bozorni rag‘batlantirish va barqarorlikni yanada mustahkamlashga qaratilishi kerak, deya qayd etadi Jahon banki mutaxassislari.
Kambag‘allik chegarasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda aholining 17 foiz qismi ushbu toifa tarkibiga kirgan. Ijtimoiy yordam miqdori va manzilining oshib borishi ushbu qatlamdagi aholi sonining kamayishiga hissa qo‘shadi.
Rivojlanish raqamlarda Mintaqaviy prognozning noaniqligiga qaramay, 2022 yilning birinchi yarmida YAIM halqaro pul o‘tkazmalari, eksport va investitsiyalar hisobiga 5,4 foizga o‘sdi. Ikkinchi chorakda real ish haqi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizdan ko‘proqqa oshdi. Shu bilan birga, qurilish va qishloq xo‘jaligidagi barqaror o‘sish qisman sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘sishning sekinlashuvini qopladi. Investitsiyalar (asosan energiya ishlab chiqarish, o‘g‘itlar va infratuzilmaga) 9,4 foizga o‘sdi. Eksport hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40,5 foizga o‘sdi, buning natijasida oltin eksporti ikki baravardan ko‘proq o‘sdi. Oltindan tashqari eksport hajmi 22,5 foizga yuqorilab, tabiiy gaz, to‘qimachilik, oziq-ovqat, mashinasozlik, transport va turizm hissasiga to‘g‘ri keldi. Import 27,4 foizga oshdi, chunki import qilinadigan oziq-ovqat va energiya narxlari, shuningdek, ichki talab ham ko‘tarildi. Oziq-ovqat eksporti — 41 foizga, mashina va uskunalar — 29 foizga, xizmatlar importi esa — 65 foizga oshgan.
Valyuta kursi bosimi va noaniq inflyatsiya prognoziga javoban, Markaziy bank dastlab asosiy stavkani 17 foizgacha oshirdi. Iyun va iyul oylarida valyuta kursining barqarorlashishi, valyuta oqimining tiklanishi va ichki depozitlarning o‘sishi Markaziy bankga siyosat stavkasini 15 foizgacha kamaytirish imkonini berdi. Ma’lumot uchun, Markaziy bank kelgusi oylar uchun narxlarning o‘sishiga ta’sir qiluvchi xatarlarning saqlanib qolayotganini qayd etgandi. Shuningdek, yil oxiriga qadar inflyatsiya bo‘yicha proznozlar o‘zgarishsiz qolmoqda. Eksport tushumlari va pul o‘tkazmalarining ortishi ichki valyuta bozorini muvozanatda ushlab turishi kutilmoqda.

1-shaklda ishsizlik, YAIM darajasi va inflyatsiya, 2-shaklda kambag‘allik, aholi jon boshiga tushadigan daromad hajmi va kichik biznes rivoji. Foto: Jahon banki.
Ukrainadagi urush ortidan kapital hajmining kamayishi va banklarning yanada ehtiyotkor siyosati kredit o‘sishini 2022 yil iyun oyi oxirida 2021 yildagi 23 foizdan 14 foizgacha sekinlashtirdi. Hatarlar 2022 yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari 5,3 foiz deya prognoz qilinmoqda. Rossiyaga qarshi sanksiyalar bilan bog‘liq logistik muammolarning kuchayishi xususiy iste’mol o‘sishiga to‘sqinlik qilishi kutilmoqda. Xususiy investitsiyalar va eksport o‘sishi mumkin.
Shuningdek, joriy hisob balansi yaxshilanadi, chunki O‘zbekiston xomashyo narxlari oshishi (oltin, mis, tabiiy gaz) va pul o‘tkazmalarining ko‘payishidan foyda ko‘radi. Joriy yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi o‘sishi kutilmaydi, savdo taqchilligi asosan davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.

2023 yilga qadar kutilayotgan fiskal konsolidatsiya endi kechiktirilishi kutilmoqda, chunki oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi va Ukrainadagi urush ta’siriga javoban maqsadli ijtimoiy himoya kuchaymoqda. O‘sishning davom etishi va kengaytirilgan ijtimoiy himoya dasturlari qashshoqlikni kamaytirishni ta’minlashi kutilmoqda, bunda milliy qashshoqlik darajasi 2023 yilda 14,5 foizga, 2024 yilda esa 12,2 foizga tushishi kutilmoqda.
Shunga qaramay, kelgusi yillarda daromadlarni yo‘naltirish va sarf-xarajatlar samaradorligi bilan qo‘llab-quvvatlanadigan xarajatlar o‘zaro muvofiqligi qayta tiklanishi prognoz qilinmoqda. Hukumat umumiy qarz limitlariga rioya qilishni davom ettirishi kutilmoqda, bunda davlat qarzi va umumiy tashqi qarz 2024 yil oxirigacha asta-sekin YAIMning 32 va 55 foizigacha pasayadi.
Eslatib o‘tamiz, avgust boshida senatorlar Davlat qarzi to‘g‘risidagi qonunni ma’qullagandi. Bunda ko‘rsatkichning maksi mal miqdori YAIMga nisbatan
60 foiz etib belgilanmoqda. Davlat qarzi hisobidan faqat ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish mumkin. Uni samarali boshqarish uchun esa uch yillik strategiya ishlab chiqiladi.


Xulosa.
Xozirgi sharoitda tashqi iqtisodiy faoliyat boshqa har qanday iqtisodiyot faoliyat kabi ma'lum tartiblashga muhtojdir. Turli mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikning kuchayishi va dunyo bozorida raqobatning keskinlashuvi, jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar rolining oshishi, valyuta kurslarining barqaror emasligi, to‘lov balanslarining taqchilligi, rivoj.lanayotgan mamlakatlar qarzlarining yanada o‘sishi va hozirgi zamon iqtisodiy munosabatlari rivojlanishining boshqa xususiyaglari ularni nafaqat alohida davlatlar darajasida, balki iqtisodiy tashkilotlar darajasida ham tartibga solish zarurligini belgiladiJahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni hozirgi bosqichining asosiy farqli xususiyati zamonaviy elektron kommunikatsiyalari tufayli moliya bozorlarining yanada integratsiyalashganligidir. Globallashuv XX asrning oxirgi o‘n yilligida hukmron kuchga aylandi va o‘ziga xos yangi xususiyatlar kasb etdi. Xususiy sektorda (mikroiqtisodiy darajada), global iqtisodiy integratsiya nafaqat moliyaviy, balki tovarlar va mehnat bozorida ham o‘z samarasini beradi, ya'ni sotuvchi narxlarining (tannarx va bozor bahosi o‘rtasidagi farq) pasayishiga hamda ish haqini ortiqcha to‘lash oqibatida vujudga keladigan xarajatlarning qisqarishiga olib keladi;
Davlat sektorida (makroiqtisodiy darajada) global iqtisodiy integratsiya yangi davlatlarning (raqobatchilar) global bozor ishtirokchisiga aylanishi tufayli jahon bozoridagi raqobat keskinlashadi. Kapital joriy iste'molning nisbatan qisqarishi tufayli kelgusi davrlarda iste'mol qilish imkoniyatlarini oshiradigan tejash orqali yaratiladi. Shu munosabat bilan, tejaydigan shaxslar joriy iste'molni kelajak bilan taqqoslashadi.
Shunday qilib, globallashuv mamlakatlarni makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, xususan, soliqlarni kamaytirish, davlat qarzini qisqartirish va inflyatsiyani jilovlash orqali xalqaro raqobatbardoshlikni rag‘batlantirishga undaydi.
Xulosa qilib aytganda, jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni ob'ektiv tarixiy jarayon bo‘lib, o‘zining ijobiy va salbiy jihatlariga egadir. Uning ijobiy jihatlaridan xalqaro moliya bozorlari va valyuta munosabatlarini tartibga solish jarayonida oqilona foydalanish kapitallar, valyutalar va tovarlar harakati ko‘lamining kengayishiga muhim zamin yaratadi.



Yüklə 167,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə