Jamiyat falsafasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/45
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#136043
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45
Falsafa 8 mavzu

Odam shaxs bo‘lishi
uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida 
his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak. Kadrlar tayyorlash 
milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi 


xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Shaxs – muayan 
jamiyatda yashovchi faoliyatning biror bir turi bilan shug‘ullanadigan ongli individ 

ongli faoliyat – oliy psixik funksiyalardan biri 

obnubilyasiya – (lotincha «nubes» ma’nosi bulut) ongning engil darajasida buzilishi 

Somnolensiya (lotincha uyquchanlik) mudroqqa o‘xshash uyquchanlik holati 

koma – es-hushning batamom yo‘qolib qolishi
Shaxs
o‘zida sotsial sifatlarni mujassamlashtirgan insonni ifoda etadi. Kishilar shaxs bo‘lib 
tug‘ilmaydi, balki jamiyatdagina shaxs bo‘lib shakllanadi va rivojlanadi. Chunki insonga xos 
ijtimoiy sifatlar, fazilatlar avloddan-avlodga irsiy yo‘l bilan o‘tmaydi. Inson dunyoga kelgan vaqtida 
jamiyat, siyosiy tuzum, madaniyat, ishlab chiqarish, oila, ommaviy axborot vositalari, mafkura kabi 
ijtimoiy tuzilmalar mavjud bo‘ladi. Inson ta’lim-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida ijtimoiy 
tajriba, bilim, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar, siyosiy g‘oya, milliy mafkura kabi omillar 
ta’sirida yashaydi, ularni o‘zlashtiradi va shu jarayonda ijtimoiylashadi, ya’ni shaxs bo‘lib 
shakllanadi. Natijada insonda yangicha fazilat va sifatlar paydo bo‘ladi. U yaratuvchan mavjudot 
sifatida faoliyat ko‘rsata boshlaydi. O‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, yuksak 
mas’uliyatni his etish, g‘oya uchun kurashish, mustahkam e’tiqodga ega bo‘lish, o‘z fikr-
mulohazalarini erkin bayon etish va ijtimoiy-siyosiy faollik shaxsga xos belgilardir. Shaxsning 
maqsad, g‘oya va ideallari jamiyatdagi mavjud g‘oya va mafkura bilan uzviy bog‘liq ravishda 
shakllanadi. Milliy g‘oya va mafkurani amalga oshirish, ezgu ideallar yo‘lida hatto hayotini 
qurbon qilish shaxs hayotining bosh maqsadiga aylanadi.
Shaxs
mustahkam iymon-e’tiqod, g‘oya va insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan, Vatan, millat 
tuyg‘usi bilan yashaydigan, o‘zida davr xususiyatlarini ifoda etadigan insondir. Jamiyat o‘z 
taraqqiyoti davomida vujudga kelgan muammolarni hal etish uchun shaxsning muayyan tarixiy 
na’munalarini yaratadi. Xar bir o‘zgargan tarixiy sharoitda shaxs mohiyatini va mazmunini 
yangicha tushunish zaruriyati vujudga keladi.
Bugungi adabiyotlarda 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə