Jamiyat falsafasi


Turizm sohasini rivojlantirish: turizm tarmog’ini jadal rivojlantirish, turizm sohasini  boshqarish tizimini takomillashtirish



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/45
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#136043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Falsafa 8 mavzu

 
3.6.Turizm sohasini rivojlantirish: turizm tarmog’ini jadal rivojlantirish, turizm sohasini 
boshqarish tizimini takomillashtirish 
 
IV.
 
Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari 
4.1.Aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich
oshirish: 
4.2.Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish: 
4.3.Arzon uy-joylar qurish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot 
sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish: 
4.4.Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish: uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish 
yo’lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining 
zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash; 
4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish: 
V.
 
Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash 
hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor 
yo’nalishlar 
5.1.Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor 
yo’nalishlar: 
5.2.Chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor 
yo’nalishlar:
 
Davlatning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati.


Davlat – jamiyatni boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan 
alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy qadriyat, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim 
yutug‘idir. Jamiyat ma’naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakllari va 
usullari ham takomillashib boradi. O‘zgargan tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va 
vazifalariga yangicha yondashish zarurati vujudga keladi.
Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik an’analarining tiklanishi bilan davlatning 
tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi. Birinchi 
prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning o‘zbek modeli 
konsepsiyasining amalga oshirilishida davlat hal qiluvchi o‘rin tutadi. Mamlakatimizning siyosiy, 
xuquqiy hayotida amalga oshirilayotgan tub isloxotlar siyosiy boshqaruvni yanada 
takomillashtirishga, yurtimizda xuquqiy demokratik jamiyat barpo etishga, kuchli davlatdan 
kuchli jamiyatga o‘tishga qaratilgandir. Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar 
ham faoliyat ko‘rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish mumkin. 
Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy xarakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli 
jamg‘armalar, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi, maxalla qo‘mitalari va boshqalar 
kiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha isloxotlar inson saloxiyatini yanada 
yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgandir.
Fuqarolik jamiyatini barpo etish — O‘zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Fuqarolik 
jamiyati kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik 
jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko‘pqirrali 
aloqasi bo‘lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning 
nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o‘zaro kelishuv, 
sabr-toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir.
Fuqarolik jamiyati umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o‘ziga xos 
turmush tarzi va hayot falsafasi negizida qaror topadi. O‘zbekiston milliy mustaqilligining dastlabki 
yillaridanoq yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə