Jamiyat falsafasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/45
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#136043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Falsafa 8 mavzu

O. 
Toffler
tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko‘ra jamiyatlar taraqqiyotiga binoan, agrar 
jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti 
borasida sivilizatsiyali yondashuv g‘oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko‘ra har bir 
xalq o‘zining betakror, noyob, o‘ziga xos va o‘ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan holda, 
boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos modelini 
yaratadi. 
Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o‘z oldiga qo‘ygan 
maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muxtoj bo‘lgani kabi, jamiyat ham o‘z 
oldiga qo‘ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi.
Barqarorlik
– jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan 
darajadagi bir tekis faoliyat ko‘rsatish imkoniyatidir.
U turg‘unlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy 
turg‘unlik tushunchasi
jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimning tanazzuli alomatidir. Jamiyatda 
barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan almashib turishi ham mumkin. 
Jamiyatning ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy sohalarida muayyan yutuqlarga erishilgach, 
ijtimoiy imkoniyatlar ruyobga chiqarilib bo‘lgach, uning bundan keyingi taraqqiyoti yo‘lida yangi 
muammolar tug‘iladi va ularni hal etish vazifasi paydo bo‘ladi. Jamiyat a’zolarining ma’naviy 
salohiyati, milliy psixologiyasi, tabiiy ravishda mavjud siyosiy tuzum kishilarni boshqarishning 
o‘ziga xos usullarini hayotga tadbiq etadi. Insoniyat hayoti tarixida jamiyat barqarorligini 


ta’minlashning monarxiyaga asoslangan, aristokratik, totalitar va demokratik usullari tajribadan 
o‘tgan.
Beqarorlik
ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir 
ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish davrida keskinlashishi 
mumkin. Jamiyat barqarorligining izdan chiqishi kishilar psixologiyasidagi salbiy o‘zgarishlarda, 
qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning 
yo‘qolishida, g‘oya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo 
bo‘lishida, ijtimoiy adolat mezonlarining buzilishida, davlat idoralarining aholini boshqarish 
qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o‘z ifodasini topadi. Jahon 
tajribasi har bir mamlakat va xalqning o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlash xuquqiga ega bo‘lishi umumiy 
xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash garovi ekanini ko‘rsatdi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə