Jamiyatni axboratlashtirish. Jamiyatning axborot potensiali article · January 021 citations reads 9,637 authors


Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun mohiyati



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix29.11.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#140834
1   2   3   4   5   6
JORAQULOVSUXROB

 
Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun mohiyati. 
Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. XX asrning 
oxiri - XXI asrning boshlarida dunyo xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy
hayotda, shuningdek, tabiatda yuz berayotgan global o‘zgarishlar bugungi
jamiyatni "Axborotlashgan jamiyat" deb atashga asos bo‘lmokda. Xo‘sh
axborotlashgan jamiyat nima? Bu savolga o‘zbek tilida nashr etilgan
adabiyotlarda: "Axborotlashgan jamiyat - ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng
avvalo, axborotni ishlab chikarish, unga "ishlov berish", saklash va jamiyat 
a’zolariga yetkazish bilan bog‘liq bo‘ladigan jamiyat" , "axborotlashgan jamiyat,
ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishda mehnat qiluvchilarning, fan va madaniyat
vakillarining axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish, dunyoviy bilimlar
majmuini shakllantirish, yaratish, saklash, qayta ishlash va xalqaro bozorda
sotishni amalga oshirish bilan mashg‘ul bo‘lgan jamiyatdir", "Axborotlashgan
jamiyat - ko‘pchillik ishlovchilarning axborot, ayniqsa, uning oliy shakli
bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saklash, kayta ishlash va sotish-ni amalga 
oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatdir", - degan ta’rif-lar berilgan.
Axborotlashgan jamiyatni ijtimoiy fenomen tarzda tushuntirib berish masalalari 
D.Bell, A.Toffler, M. Kastels, U.Rostou, P.Draker, J.Gelbreyt, F.Uebster,
I.Masuda kabi olimlarning asarlarida mufassal bayon kilingan. «Axborolashgan 


23 
jamiyat» atamasi dastlab Yaponiyada vujudga kelgan. Yapon faylasuf olimi 
Y.Xayashi 1969 yilda Yaponiya hukumatiga "Yaponiya axborotlashgan jamiyat 
bardamligi siyosatiga chizgilar", 1971 yili "Axborotlashgan jamiyat rejasi" kabi
tadqiqotlarni takdim etdi. 1971 yildan boshlab mazkur tushuncha ilmiy
jamoatchilik tomonidan keng ko‘llanila boshladi. Demak, axborotlashgan jamiyat
tushunchasini birinchi bo‘lib fanga Tokio texnologik universitetining professori
Y.Xayashi kiritgan. Uning fikricha, moddiy mahsulot emas, axbo- rotlashuv 
mahsuloti jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi. 
Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch qismdan
tarkib topadi: 
mediatizatsiya (lot.mediatus - vositachi) - axborot to‘plash, saqlash va tarqatish 
vositalarini takomillashtirish jarayoni;
kompyuterlashtirish - axborot izlash va unga ishlov berish vositalarini
takomillashtirish jarayoni; 
intellektualizatsiya - axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlan- 
tirish, ya’ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan, sun’iy 
intellektdan foydalanish jarayoni. Umuman olganda, jamiyatni
axborotlashtirishni zamonaviy axborot-texnika vositalari yordamida ijtimoiy 
tuzilma va jarayonlarni takomillashtirish deb talqin qilish lozim. Axborotlashtirish 
ijtimoiy intellektualizatsiya jarayonlari bilan uyg‘un holda bo‘lishi kerak. Zotan, bu 
shaxs va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirish imkonini
beradi. Axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan moddiy omillar bilan emas, 
balki ma’naviy omillar - bilim va axborot birinchi o‘rinda turishi bilan tubdan farq 
qiladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə