Jamiyatni axboratlashtirish. Jamiyatning axborot potensiali article · January 021 citations reads 9,637 authors



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix29.11.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#140834
1   2   3   4   5   6
JORAQULOVSUXROB

Axborotlashgan jamiyat. 
Jamiyat rivojlanishining zamonaviy davri axborotlashtirish jarayoni bilan ajralib 
turadi. Bugungi axborot davrida har qanday jamiyatda axborot hamisha mamlakat 
taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning tafakkuri va siyosiy saviyasining 
shakllanishida asosiy vosita bo‘lib kelmoqda. Jahonda kechayotgan globallashuv va 
integratsiya, 
mamlakatimizda 
olib 
borilayotgan 
siyosiy 
modernizatsiya 
jarayonlarida axborotning ahamiyati, xususan, axborot erkinligi va ochiqligi 
masalasi shaxs, jamiyat va davlat hayotida tobora muhim ahamiyat kasb etib, 
zamonaviy axborot tizimining shakllanganligi har qanday mamlakatning salohiyati 
va taraqqiyotini belgilovchi omil bo‘lib sanalmoqda. 
«Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 



jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da axborot sohasini isloh qilish, axborot va 
so‘z erkinligini ta’minlash masalasiga yuksak e’tibor bilan qaralib, mamlakatimizni 
siyosiy modernizatsiya jarayonining bugungi bosqichida axborot sohasini isloh 
qilish borasida ustuvor vazifalarni belgilab berib, soha qonunchiligini yanada 
takomillashtirish borasida asosiy g‘oya va takliflarini bayon etishi bilan birga, ularni 
hayotga tatbiq qilish mexanizmlari ham aniq va ravshan ko‘rsatib berilgani diqqatga 
sazovordir. Axborot sohasini rivojlantirish, uni jahon talablari darajasiga ko‘tarish 
borasida mamlakatimizda salmoqli ishlar amalga oshirilib, mamlakatimizda har 
kimning fikrlash va so‘z erkinligi, axborotni olish, izlash va tarqatish huquqlari, 
ommaviy 
axborot 
vositalarining 
erkinligi 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
tegishli 
moddalari 
bilan 
mustahkamlanib, 
ushbu 
konstitutsiyaviy normalarni rivojlantirish, ommaviy axborot vositalarini yanada 
demokratlashtirish va liberallashtirish, olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-
iqtisodiy islohotlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda ularning faolligini 
oshirish, media makonga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bevosita 
joriy etishga qaratilgan: 
• «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»; 
• «Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»; 
• «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»; 
• «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida», «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»; 
• «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi va boshqa jami 20 dan ortiq axborot sohasida 
qonunlar, 50dan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va 
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 300 dan 
ortiq idoraviy qonunosti hujjatlari qabul qilindi. 
Mustaqillik yillarida yaratilgan bunday huquqiy maydon ommaviy axborot 
vositalariga o‘z vazifalarini samarali bajarish hamda o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-
siyosiy shart-sharoitlarga, kommunikatsiya vositalarining rivojlanish darajasiga 
yetishish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi 



O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida axborotlashtirish — bu yuridik va 
jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot 
resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda 
sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni 
hisoblanadi. 
Axborotlashgan jamiyat — bu globallashgan ijimoiy jarayon bo‘lib, uning o‘ziga 
hos asosiy xususiyati shundan iboratki, ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida 
faoliyatning ustuvor turi sifatida zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari hamda 
axborot almashuvining xilma-xil vositalari asosida amalga oshirilayotgan axborotni 
izlash, yig‘ish, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishdir. 
Axborotlashgan jamiyat: 
• bosma fondda hamda jamiyat a’zolarining ilmiy, ishlab chiqarish va boshqa 
faoliyati turlarida jamlangan jamiyatning tobora kengayib borayotgan intellektual 
salohiyatidan faol foydalanishni; 
• ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini rivojlantirish va mehnat faoliyatini 
intellektuallashtirishga qaratilgan faoliyatning ilmiy va ishlab chiqarish turlariga 
axborot texnologiyalarini joriy qilishni; 
• axborotlashtirish xizmati darajasini yuqoriga ko‘tarish, jamiyatning barcha 
a’zolarini obyektiv va tezkor axborotga ega bo‘lish, foydalanilayotgan 
ma’lumotlarning dolzarbligini ta’minlaydi. 
2003-yil 11-dekabrda mamlakat Parlamenti tomonidan «Axborotlashtirish 
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni yangi realliklarga muvofiq qayta 
ko‘rib chiqildi va uning yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur qonun axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun tayanch qonun bo‘lib, 
elektron hukumat, masofadan o‘qitish, teletibbiyot, elektron tijorat kabi va yana bir 
qancha yangi xizmatlarning rivojlanishiga hamda axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari sohasida ishlab chiqiladigan boshqa qonunlar uchun asos bo‘lib, 
tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha qonun hujjatlari ishlab chiqilishini belgilab, 
axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati, axborot resurslari, axborot 



texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda milliy axborot tizimini 
yaratishga xizmat qilmoqda. Jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari 
faoliyatini axborotlashtirish maqsadida, ularni kompyuter texnikasi, lokal hisoblash 
va korporativ kompyuter tarmoqlari bilan jihozlash bo‘yicha ham muayyan ishlar 
qilinmoqda, 2012-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, davlat idoralarining 80 foizida lokal 
hisoblash tarmoqlari yaratildi. Shuningdek, 98 foiz davlat boshqaruvi va hokimiyati 
organlarida veb-saytlar yaratilib, davlat axborot resurslarining soni 186 taga 
yetkazildi. Natijada aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga 378 turdagi davlat 
interaktiv xizmatlari ko‘rsatilmoqda. 1999-yilda «Telekommunikatsiyalar 
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, unda 
telekommunikatsiyalarni yaratish, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar belgilandi. Ushbu Qonun 
hamda telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash va rivojlantirish 
bo‘yicha qabul qilingan boshqa qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash hamda 
sohada amalga oshirilgan tizimli va bosqichma-bosqich islohotlar natijasida 
respublikaning barcha viloyat markazlarida raqamli xalqaro telekommunikatsiya 
stansiyalari o‘rnatildi, magistral xalqaro va viloyatlararo aloqa liniyalarida tolali-
optik kabel va raqamli radioreleyli liniyalar o‘tkazildi. Respublika hududlarida 
CDMA standartida simsiz radiofoydalanish telekommunikatsiya tizimi joriy etildi. 
2011-yil 
30-dekabrda 
«Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun qabul 
qilindi. Ushbu Qonun bilan fuqarolarni zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari 
bilan to‘laqonli va sifatli ta’minlash, axborotlashtirish hamda telekommunikatsiya 
tarmoqlarini yanada rivojlantirish, aloqa xizmatlari, ma’lumot uzatish va tarqatish 
sohasi ravnaqiga yo‘naltirilgan yangi normalar kiritildi. Bu ham bo‘lsa o‘z ifodasini 
8-moddaning o‘n yettinchi xatboshisi va Qonunga kiritilgan yangi 81-moddada 
topmoqda. Tilga olingan yangi moddada davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari 
hamda 
mahalliy 
davlat 
hokimiyati 
organlari 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik hamda jismoniy shaxslarga interaktiv 
davlat 
xizmatlari 
ko‘rsatish 
maqsadida 
umumiy 
foydalanishdagi 


10 
telekommunikatsiyalar tarmoqlarining samarali ishlashi va rivojlantirilishi uchun 
shart-sharoitlar yaratishi bo‘yicha majburiyat belgilandi. Shunday qilib, Qonunning 
yangi 
normalarida 
ijtimoiy-iqtisodiy 
o‘zaro munosabatlarga zamonaviy 
telekommunikatsiya texnologiyalarini yanada ko‘proq jalb etish maqsadida ularni 
yanada rivojlantirish va kengaytirish masalasi hal etilmoqda. 
Rivojlangan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat va jamiyat qurilishi 
tizimida keng foydalanishda Internet jahon axborot tarmog‘idagi milliy segmentni 
rivojlantirish zarurligi, uni tashkil etishda esa asosiy qismlaridan bo‘lgan aynan 
domen nomlari va domen nomlari tizimi kabi muhim tushunchalarga ta’rif berilishi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Internetdan foydalanish ko‘lamini kengaytirishdan 
asosiy maqsad fuqarolar uchun zarur axborotni ularga kerak bo‘lgan vaqtda olish 
imkonini berishdir. Mazkur Qonunda belgilanayotgan islohotning maqsadi 
odamlarga axborot olish va undan foydalanishga bundanda to‘laqonli imkoniyat 
yaratishdir. 
Bugunga kelib mamlakatimizda 20ga yaqin telekommunikatsiya operatorlari 
mavjud bo‘lib, ular telekommunikatsiya tizimida 28ta yo‘nalish bo‘yicha dunyoning 
180ta mamlakatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqadigan xalqaro kanallari orqali o‘z 
xizmatlarini ko‘rsatishmoqda. 
Foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta’minlash, 
ularning intellektual, ma’naviy-axloqiy, madaniy va ta’lim olish ehtiyojlarini 
qanoatlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari asosida axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni 
ta’minlash maqsadida 2011-yil 13-aprelda «Axborot-kutubxona faoliyati 
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 
Jamiyatni axborotlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada 
rivojlantirish maqsadida 2003–2004-yillarda «elektron» qonunlar deb ataladigan 
qonunlar bloki qabul qilindi. Bular O‘zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli 


11 
imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi va «Elektron tijorat 
to‘g‘risida»gi Qonunlaridir. Qonunlarni ishlab chiqishda ushbu sohadagi xalqaro 
tashkilotlar va bir qancha mamlakatlarning tajribasi ham hisobga olindi. 
Ushbu qonunlarning qabul qilinishi, joylarda ularning ijrosini ta’minlanishi o‘z 
navbatida, ish yuritish madaniyatining elektron ko‘rinishining shakllanishiga, 
masofa qisqarishiga, vaqt tejalishiga hamda iqtisodiy samaradorlikning oshishiga 
sabab bo‘lmoqda. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
yuqori sur’atlarda rivojlanishi, elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo, 
elektron tijorat, elektron to‘lovlar kabi yana bir qancha yangi xizmat turlarining 
paydo bo‘lishiga va o‘z navbatida, tadbirkorlarimizga masofadan turib dunyoning 
xohlagan mamlakatidan o‘ziga hamkor topish va tijorat ishlarini yuritishga keng yo‘l 
ochib bermoqda. 
Mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti uchun yangi bo‘lgan mazkur tizimlarni tez 
sur’atlar bilan rivojlanishining yana bir omili bu axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini raqamlashtirish darajasining ortishi, jumladan Inter-netga ulanish 
tezligini mutassil ravishda o‘sib borishi (agar 2002-yili 8,5Mbit/s.ni tashkil etgan 
bo‘lsa, 2012-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 2500 Mbit/s.ga yetdi) va ulardan foydalanish 
uchun qulay sharoit yaratilganligidadir. 
Xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, elektron tijoratni shiddat bilan 
rivojlanishiga Internetdan foydalanuvchilar soni, aholining 20-25 foizini tashkil 
etganda erishish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda Internetdan 
foydalanuvchilar 9,1 mln.ni tashkil etgani elektron tijoratning rivojlanish 
istiqbolidan dalolat beradi. 
O‘zbekistonda elektron hujjatlarga huquqiy mavqe beruvchi «Elektron hujjat 
aylanishi to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi, shubhasiz elektron hujjat 
aylanish tizimini rivojlantirishga ko‘maklashib, davlat hokimiyatining turli idoralari 


12 
o‘rtasidagi hujjat aylanishini avtomatlashtirishga imkon yaratmoqda. Elektron hujjat 
aylanishi tizimini joriy etish o‘zaro axborot almashuvi darajasi va sifatini oshirishga, 
izlash samaradorligining o‘sishiga, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va 
ulardan foydalanishga ko‘maklashib, qog‘oz hujjat aylanishi ulushining kamayishga 
yordam bermoqda. Ushbu qonun elektron hujjatning huquqiy maqomini va uning 
rekvizitlarini aniqlagan bo‘lib, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarini, elektron 
hujjatni olish, jo‘natish, ularni saqlash va muhofaza etish tartibini belgilab berdi.
Elektron hujjat aylanishida ularning qog‘oz hujjatlar bilan teng kuchga ega 
ekanligini, ulardagi imzo, muhr va hujjatning boshqa rekvizitlarini tasdiqlash 
elektron raqamli imzo orqali amalga oshirilishi mumkin. 
«Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’lum 
shartlarga rioya qilingan holda elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo va 
qog‘ozdagi shaxsiy imzo teng kuchga ega ekanligini ta’minlab berdi. Natijada, 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Internet tarmog‘idan foydalangan holda 
kerak bo‘lgan barcha hisobot formalari va boshqa ma’lumotlarni elektron ravishda 
interaktiv holda olish hamda soliq va statistika hisobotlarini topshirish imkoniyatini 
yaratdi. Bu tizim kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari vaqtini tejash, davlat 
xizmatchilari bilan bevosita muloqot uchun navbat kutish yoki soliq hisobotlarini 
to‘ldirishdagi xato va kamchiliklarni tuzatishga emas, balki o‘z tadbirkorlik ishlarini 
rivojlantirishga sarf etishlariga imkon bermoqda. 
Shuningdek, mazkur Qonunning qabul qilinishi va ijrosi ta’minlanishi natijasida 
respublikamizda 9 ta Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari 
tashkil etildi. Agar elektron raqamli imzo kalitlari soni 2006-yilda 93 tani tashkil 
etgan bo‘lsa, 2012-yilga kelib, 250 000 taga yetdi. Mazkur sohadagi huquqiy bazani 
yanada takomillashtirish ikki palatali professional parlament tomonidan ham 
samarali tarzda davom ettirilmoqda. 
Mamlakatimizda elektron to‘lovlar sohadagi ijtimoiy munosabatlar Markaziy bank 


13 
tomonidan qabul qilingan «Elektron to‘lovlarni amalga oshirish Nizomi» bilan 
tartibga solinib kelingan bo‘lsa, 2005-yilda «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi 
Qonunning qabul qilinishi bilan elektron to‘lovlar tizimini yangi bosqichga olib 
chiqdi. Ushbu Qonunning qabul qilinishi o‘z navbatida, mijozlariga yangi xizmat 
turlarini ko‘rsatishga huquqiy asos yaratib berdi. Bu esa o‘z navbatida, 
iqtisodiyotimizga «Pay Net», «Fast Pay», «Moblis», «E-karmon» kabi elektron 
to‘lovlar xizmatini ko‘rsatuvchi muassasalarning kirib kelishi, shuningdek, «SMS-
banking», «Internet-banking» kabi yangi elektron to‘lov xizmatlarini joriy qilish va 
shu asosda mobil to‘lovlarning vujudga kelishi va rivojlanishiga zamin yaratdi. 
Ushbu xizmatlarning qulayligi shundaki, mijozlar bular yordamida kommunal 
xizmatlari, mobil aloqa va Internet xizmatlari hamda uy-ro‘zg‘or mollarini 
Internetdan foydalangan holda, sotib olish va hisob-kitob qilishlari mumkin. 
Ushbu Qonunlar axborotlashtirish va ma’lumotlarni uzatish sohasida hamda 
avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot muhofazasi bilan bog‘liq munosabatlarni 
tartibga solish, axborot muhofazasining huquqiy asoslarini aniqlash hamda axborot 
muhofazasiga qo‘yiladigan talablarni belgilashdan iboratdir. Bir so‘z bilan 
aytganda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yaratilgan samarali 
huquqiy mexanizm iqtisodiyotning boshqa sohalarida bo‘lgani kabi ushbu sohaga 
ham chet el investitsiyalarining kiritilishiga yo‘l ochib, axborot va 
telekommunikatsiya 
tarmoqlarini 
rivojlantirish, 
axborot 
texnologiyalarini 
hayotimizning barcha sohalariga keng joriy qilishga asos bo‘lmoqda. 
2005-yildan boshlab O‘zbekistonda davlat organlarining Internetda rasmiy 
saytlarining ochilishi tatbiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 
«Axborotlashtirish 
sohasida 
normativ-huquqiy 
bazani 
takomillashtirish to‘g‘risida»gi 256-sonli Qarori bilan ushbu saytlarga asosiy 
talablar belgilangan bo‘lib, unda saytlarni to‘laqonli rasmiylashtirish, undan 
foydalanish va yangilash maqsadida veb-saytda joylashtiriladigan zaruriy axborotlar 
ro‘yxati, mazmuni va boshqa kerakli shartlarga nisbatan xalqaro standartlar aniq 


14 
shakllantirilgan. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligini 
ta’minlash, keng jamoatchilik va aholini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan 
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning borishi to‘g‘risida muntazam xabardor 
qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2006-
yil 22-sentabrda «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan 
aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 203-sonli Qaror qabul 
qilindi. U bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmati 
to‘g‘risidagi Namunaviy nizom tasdiqlangan bo‘lib, unga muvofiq, vazirliklar, 
davlat qo‘mitalari, agentliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibida 
xodimlarning umumiy soni doirasida axborot xizmatlarini tashkil etish belgilangan. 
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish vositasida jismoniy va yuridik 
shaxslar bilan tezkor o‘zaro hamkorligini ta’minlash, shuningdek, davlat va xo‘jalik 
boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rsatiladigan 
xizmatlardan keng foydalanilishini ta’minlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan 2007-yil 23-avgustda «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat 
hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan 
holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 181-sonli Qarori qabul qilinib, u 
bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, interaktiv 
davlat xizmatlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. 
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari 
faoliyati samaradorligini oshirish, davlat va jamiyat qurilishi sohasida zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni ta’minlash 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2012-yil 21-martda 
«Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy qilish va 
rivojlantirish choralari to‘g‘risida» Qaror qabul qilindi. Unda davlat organlari, 


15 
shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlarini bosqichma-
bosqich integratsiya qilish asosida Milliy axborot tizimining shakllanishini 
ta’minlash, davlat organlari tomonidan funksiyalarini tezkorlik bilan va sifatli 
bajarilishini 
amalga 
oshirish 
imkonini 
beruvchi, 
ularning 
faoliyatini 
avtomatlashtiradigan axborot tizimlarini yaratish, interaktiv davlat xizmatlari 
sifatini yaxshilash va ularning ro‘yxatini kengaytirish, Milliy axborot tizimida 
axborot xavfsizligini ta’minlash va qator boshqa vazifalarni ko‘zlab axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy qilish va rivojlantirishning asosiy 
vazifalari etib belgilangan. 
Mazkur sohada samarali huquqiy mexanizmning yaratilishi hamda joylarda 
sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash iste’molchilarning barcha qatlamlari 
hamda jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy kompyuter va axborot 
texnologiyalari talablariga mos tushadigan, tubdan yangilangan axborot-
kommunikatsiya tarmoqlari vujudga kelishiga zamin yaratib, mamlakatimizda 
axborotlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda O‘zbekistonni butunjahon 
axborot hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə