Jamoat transportida tashishni tashkil etish va boshqarish


Yo‘lovchilar oqimini kuzatish usullari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə7/11
tarix27.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#163446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1.4.3. Yo‘lovchilar oqimini kuzatish usullari.


Chipta usuli. Yo‘lovchilar oqimini, tashilgan yo‘lovchilar xajmini, ularni o‘rtacha tashish
Yo‘lovchilar oqimi haqidagi statistik ma’lumotlarni har xil usullar yordamida aniqlash mumkin:
- anketa;
- talon;
- ko‘z bilan kuzatish;
- jadval;
- so‘rovnoma;
- chipta.
Shuni ham eslatib o‘tish joizki, yo‘lovchilar oqimini yalpi (butun shahar, tuman yoki yo‘nalishda qatnayotgan avtobuslar qamrab olinadi) yoki tanlab olish usulida (shaharning, tumanning yoki yo‘nalishda qatnayotgan avtobuslarning bir qismi) o‘rganish mumkin. Qaysi usuldan foydalanish yo‘lovchilar oqimini nima maqsadda aniqlanayotganidan kelib chiqib tanlanadi.
Anketa usuli. Bu usulda yo‘lovchilar oqimini o‘rganish uchun maxsus anketalar tayyorlanadi va aholiga tarqatiladi. Anketada har bir aholi ma’lum davr oralig‘ida necha marta va qay maqsadda transport xizmatidan foydalanishi, qaysi yo‘nalishda va qancha masofaga borishi kabi savollar yozilgan bo‘ladi
Talon usuli. Talon usuli yo‘lovchilar oqimini o‘rganishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul bo‘lish bilan bir paytda boshlang‘ich ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish eng ko‘p mehnat talab qiladigan usul hisoblanadi.
Ko‘z bilan kuzatish (chamalash) usuli. Bu usul ancha sodda va shu bilan birga tahminio‘y bo‘lib, yo‘lovchilar oqimini yo‘nalishning eng ko‘p yuklangan bekatlarida o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Buning uchun hisobchilar bekatlarda turib avtobus ichida qancha yo‘lovchi borligini 5 balli tizim orqali baholaydilar
- 1 ball – o‘rindiqlarning yarmidan bo‘sh;
- 2 ball–o‘rindiqlarning hammasi band;
- 3 ball–o‘rindiqlarning hammasi band va turib ketish uchun mo‘ljallangan joylarning yarmi band;
- 4 ball – avtobusning sig‘imidan to‘liq foydalanilayapti;
- 5 ball – avtobus to‘lib ketgan va yo‘lovchilar unga chiqa olmaydi.
Jadval usuli. Jadval usuli odatda haftaning bironta ish kunida (ko‘pincha chorshanba va payshanba) bir paytda shahar yo‘lovchi transportining barcha turida (istisno tariqasida tanlab olingan yo‘nalishalarda) bir paytda yo‘lovchilar oqimini o‘rganish uchun qo‘llaniladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə