Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
131 
 
Saddi Iskandariy dastonlaridan tashqil topgan 52000 misradan iborat beshligini 
yaratadi. 
Adabiyot sohasida Bobur (1483-1530) ning xizmatlari kattadir. Hozirgacha 
uni 119 ta gazali, 201 ruboyisi, 364 ta she’rlari ma’lum. U 1503 -1504 yillarda 
arab  alifbosini  islox  kilib,  "Bobur  xati"  nomi  bilan  29  ta  xarfdan  iborat  yangi 
alifboni yaratdi. Musiqaga oid " musiqa ilmi"asarini yozdi.  
"Xarb shul" risolasini jangu-jadallardagi tajribasini bagishladi. Xuja Axror 
Valiga  ixlos  kuyib,  uning  "Volidiya"sini  forschadan  o‘zbek  tiliga  tarjima  qildi. 
Nihoyat,  Bobur  Navoiydan  keyin  ikkinchi  bo‘lib  turkiyda  aruz  (poetika)haqida 
"Muxtasar"ini bitdi. "Boburnoma"sini bitdi. Lekin "Xarb shul" va "musiqa ilmi" 
xaligacha  topilmagan.  Temuriylar  davrida  Xondamirning  roli  katta  bo‘ldi.  U 
1475  yilda  Xirotda  tugilgan.  Otasi  Sulton  Abusaidni  ugli  Sulton  Maxmudni 
vaziri  bo‘lgan.  Onasi  mirxoidni  kizi  bo‘lgan.  Xondamir  tarix,  adabiyot,  insho 
ilmlariga  kizikib,  Navoiy  xomiyligida  voyaga  yetadi.  Xondamirga  bobosi 
Mirxoidni  ta’siri  xam  katta  bo‘lgan.  U  1523  yilda  "Xabibus-siyyar"  asarini 
yozadi.  Xondamir  10  yaqin  asar  yozadi.  1498-1499  yillarda  Navoiy  iltimosiga 
kura  "Oliyjanob  kishilar  axvolidan  xabarlar  xulosasi"asarini  yozadi.  Asar  10 
bobdan iborat bo‘lib 10 bobida Sulton Xusayn mirzo tarixi bitilgan. Xondamirni 
yana  "Vazirlar  uchun  dastur",  "Podshoxlar  zamondoshlari",  "Xabarlar  va 
bashariyat  odimlaridan  dilga  yaqin  siyratlar",  "Karamli  ahloq"  Navoiyga 
bag‘ishlangan., "Mashhur nomalar" kabi asarlar yozadi.  
XIV-XV  asrlar  tasviriy  san’ati  tarixga  uyg‘onish  davri  bo‘lib  kirdi.  Bu 
davrda  tasviriy  san’at  nihoyatda  taraqqiy  qilgan.  Tasviriy  san’at  bu  davrda 
xayoliy  mavkumlikdan  hayotiylikni  tasvirlagan.  Bu  jihatdan  zamondoshlari 
tamonidan "Moniy Soniy", keyinchalik garb olimlari tamonidan "Shark Rafaeli 
"  deb  ulug‘langan  Kamoliddin  Bexzod  va  u  asos  solgan  miniatyura  maktabi 
katta  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.  Bu  davrda  Jomiy,  Navoiy,  Xusayn  Boykoro, 
Bobur,  Shayboniylarning  qiyofasi  yaratildi.  Bexzod  Ali  Yazdiyning 
Zafarnomasiga 12 ta tasvir chizadi. Bunda Temur faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan 
voqealar, jang manzaralari, kabul marosimlari, Samarqanddagi binokorlik ishlari 
aks  ettirilgan.  Zafarnomadagi  birinchi  kushalok  tasvirda  Amir  Temurni  bogda 
utkazayotgan  kabul  marosimi  aks  etgan.  Ung  tamondagi  tasvirlar  Temur  va 
uning  ugillari,  sul  tomonda  esa  elchilik  harakatlari  aks  ettirilgan.  Bexzod  yana 
bir tasvirda togdagi jang manzarasini aks ettirgan. Tuxtamish bilan bo‘lgan jang 
tasvirlari xam dikkatga loyikdir. 
Tasvirlarning yana birida Bexzod "Bibixonim" masjidini qurilish jarayonini 
aks  ettirgan.  Keyingi  tasvirda  binoni  jixozlash  jarayonini  aks  ettirgan  bexzod 
tamonidan Dexlaviy, Nizomiy, Navoiy asarlariga xam tasvirlar chiziladi.  



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə