Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
139 
 
O‘zbekistonda  samarali  mehnat  qilgan  rus  rassomlaridan  biri  Pavel 
Petrovich  Benkov  edi.  U  o‘zbek  san’atining  rivojlanishiga,  milliy  kadrlar 
yetishib chiqishiga katta hissa qo‘shdi. U Buxoro, Xiva, Samarqand haqida juda 
ko‘p polotnolar ishlagan. Bular asosan yarim manzara va yarim maishiy janrda 
bo‘lib,  ularda  rassom  kundalik  xalq  turmushini  qadimgi  nodir  me’morchilik 
fonida  ustalik  bilan  tasvirlaydi.  Ajoyib  ayollar  obrazini  ham  yaratadi. 
“Dugonalar”, “Dutorchi qiz” deb nomlangan asarlar do‘stlik mavzusida yaratgan 
yirik  asarlaridir.  20-30-yillardan  boshlab  milliy  rassomlar  ko‘rina  boshlandi. 
Ular  o‘zlarining  dastlabki  asarlari  bilan  respublika  badiiy  ko‘rgazmalarida 
ishtirok  etib,  badiiy  hayotni  yanada  jonlantirdilar.  Bu  yillarga  kelib  san’at 
mavzusi  kengaydi.  Do‘stlik,  tinchlik,  mehnat  go‘zalligini  kuylovchi  asarlar 
yaratildi.  Iste’dodli  yosh  rassom  Bahrom  O‘amdamiyning  “Ish  tugadi”  deb 
nomlangan  kartinasi  shu  davrda  kishilar  ongida  sodir  bo‘lgan  o‘zgarishlar  o‘z 
ifodasini  topdi.  Shu  bilan  birga  Lutfulla  Abdullaevning  “Yosh  shoir  uyidagi 
uchrashuv”  deb  nomlangan  asar  yoshlar  orasida  san’at  va  ma’rifatga  intiluvchi 
yoshlarning  fazilatlarini  ochib  berishga  bag‘ishlangan.  Bu  yosh  rassomlar 
O‘zbekiston san’atining taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shdilar.  
Ikkinchi  jahon  urushi  yillari  o‘zbek  rassomlari  uchun  katta  sinov  bo‘ldi. 
Ular  G‘oyaviy  jihatdan  chiniqdilar.  Ular  front  Qalabasi  uchun  rag‘batlantira 
oladigan  asarlar  yaratishga  harakat  qildilar.  Urush  yillarida  O‘zbekistonga 
evakuatsiya  qilingan  Moskva,  Leningrad,  Kiev,  Xarkov  badiiy  institutlari,  ular 
bilan  birga  kelgan  yetuk  san’atkorlar  -  D.Moor,  V.Favorskiy  va  boshqalar 
respublika  badiiy  hayotini  jonlantirishga  ko‘maklashdilar.  Urush  tugagach, 
tinchlik  yillari  o‘zbek  san’ati  ham  o‘z  rivojlanishida  yangi  bosqichga  qadam 
qo‘ydi.  Inson  go‘zalligi,  tabiat  ulug‘vorligi  rassomlarimiz  polotnosida  o‘z 
ifodasini 
topa 
boshladi. 
Bu 
urushdan 
keyingi 
yillarda 
yaratilgan 
A.Abdullaevning 
A.Hidoyatov 
portreti, 
T.Oybek, 
L.Abdullaevning 
“Qahramonni  kutib  olish”,  O‘.Tansiqboevning  “Qayroqqum  GESida  tong”, 
R.Ahmedovning 
“Onalik 
o‘ylari”, 
R.Timurovning 
“Samarqand”, 
Yu.Yelizarovning  “O‘zbekiston  san’atkorlar  guruhi  portreti”,  N.Karaxonning 
“Oltin  kuz”,  V.Fadeevning  “Soqchi  ayol”,  M.Saidovning  “Xirmonda”, 
Ch.Ahmarovning  devoriy  rasmlari  va  boshqalar  o‘zbek  san’ati  tarixida 
o‘zlarining  munosib  o‘rnini  egallaydi.  Respublikamiz  rassomlari  bu  davrdan 
boshlab,  barcha  ko‘rgazmalarda  faol  ishtirok  etib,  san’atimiz  ta’sirchanligini 
ortib borayotganini namoyish ettilar. Bizning rassomlar ko‘plab ko‘rgazmalarda 
qatnashdilar.  60-70  yildan  boshlab,  o‘zbek  san’ati  yangi  poQonaga  qadam 
qo‘ydi. Bu davrda faqat keksa rassomlar ijodidagina emas, balki yoshlar ijodida 
ham  yangi  ifoda  vositalarini  izlash,  asarlarini  talqin  etishda  uning  emotsional 
tomoniga e’tibor berish kuchayganligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Buni B.Boboev 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə