Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
140 
 
va  R.Chorievlarning  kartinalarida,  T.Muhammedovning  karikaturalarida, 
F.Grishchenkoning,  X.Xusniddinho‘jaevning  haykallarida  ko‘rish  mumkin. 
o‘zbek san’ati zafarli yo‘lni bosib o‘tdi. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston san’ati.  
O‘zbekiston  tasviriy  dastgoh  san’ati  juda  qisqa  vaqtda  rivojlanib,  katta 
yutuqlarga erishdi. O‘zbekiston san’ati zafarli yo‘lni bosib o‘tdi. Respublikamiz 
rassomlari 
ko‘pgina 
ko‘rgazmalarda 
faol 
ishtirok 
etib, 
san’atimiz 
ta’sirchanligining  ortib  borayotganini  namoyish  etdilar.  Bizning  rassomlarimiz 
ko‘pgina  janrlarda  ijod  qilib  kelmoqdalar,  manzara,  natyurmort,  portret  va 
boshqa.  Natyurmortda  bozorlarimizning  to‘lib  toshgan  noz-ne’matlarini, 
manzara  janrida  esa,  o‘lkamizning  go‘zalligini  va  bepoyonligini,  oddiy  tabiat 
ko‘rinishidagi  go‘zallikni  to‘laqonli  ifodalashga  harakat  qilmoqlar.  Shu  bilan 
birga  qadimdan  qolgan  butun  dunyoga  taniqli  ajib  me’morchilikning  nodir 
yodgorliklarini  o‘z  asarlarida  ko‘rsatdilar.  Portret  janrida  esa  Vatanimizning 
ilg‘or kishilarini, mehnatkash xalqni, shoir, rassom, musiqachilarni tasvirladilar. 
Bizning  O‘zbekiston  Vatanimiz  ajoyib  iste’dodli  rassom  va  haykaltaroshlarni 
yetkazib  berdi.  Bular  ichida  Iskandar  Ikromov,  Chingiz  Ahmarov,  Malik 
Nabiev, Mannon Saidov, Damir Ro‘ziboev, Ilhom Jabborov, Javlon Umarbekov, 
Bahodir  Jalolov,  Alisher  Mirzaev,  Akmal  Ikromjonov,  Ne’mat  O‘akimov, 
Osimxon  Vosixonov,  Temur  Sa’dullaev,  o‘ofur  Abdurahmonovlar  alohida 
mavqega  ega.  O‘zbekiston  xalq  rassomi  Alisher  Mirzaev  rangtasvir  ustasi 
xalqimiz  an’analariga,  boy  va  sermazmun  o‘tmish  tasviriy  san’at  merosiga 
hurmat bilan qaraydi. Rassom o‘z xalqiga xos psixologik kechinmalarni chuqur 
tahlil  qila  oladi.  Rassom  ona-tabiat  bag‘rida  o‘zbekona  an’analarni,  to‘ylarni, 
beg‘ubor o‘zbek bolalarini, lobar qizlarni, mushtipar onalar kabi obrazlarni aks 
ettira  olishga  muvaffaq  bo‘ldi.  Jumladan,  “Toshkent  -  tinchlik  va  do‘stlik 
shahri”  triptixi,  “Bola  xonada”,  “Intizorlik”,  “Yosh  oila  haqida  qo‘shiq”  kabi 
o‘nlab  asarlar  moybo‘yoqda  yaratilgan.  Umuman  rassom  tabiat  va  jamiyatda 
bo‘layotgan  o‘zgarishlarni  e’tiborsiz  qoldirmaydi.  Rassom  rangtasvirlarga 
shunday  jon  bag‘ishlaydiki,  undagi  go‘zallik  sirlari  odamlarni  ezgulikka 
yetaklaydi.  Rassom  asarlari  bugungi  kunda  xalqimiz  hurmatini  qozonish  bilan 
birga, ko‘pgina xorijiy davlatlarda ham ma’lum va mashhurdir. 
Bahodir  Jalolov  ham  O‘zbekiston  xalq  rassomi  bo‘lib,  zamonaviy 
rangtasvir san’ati rivojiga katta hissa qo‘shib kelayotgan iste’dodli rassomlardan 
biridir.  B.Jalolov  tasviriy  san’at  borasidagi  tahsilni  davom  ettirib,  keyinchalik 
Ch.Ahmarov,  R.Choriev,  Ye.P.Melnikov,  B.D.Korolyovlardan  tasviriy  san’at 
sirlarini o‘rgandi. Shu sababli ham u yaratgan portretlarda yuksak mahorat aniq 
ko‘zga  tashlanib  turadi.  Uning  ijodidagi  tuyg‘ular  uyg‘unligi  tomoshabinni 
o‘ziga mahliyo etib qo‘yadi. U portret san’atida ko‘p yutuqlarga erishdi. Uning 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə