Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
29 
 
masalan,  olishuvlar  ko‘rsatiladi.  Persey  va  Gerakl  qahramonligiga,  hudolar  va 
gigantlar  jangiga  bag‘ishlangan  kompozitsiyalar  shu  davr  haykaltaroshligi 
mahsulidir.  Arxaika  davrining  ko‘zaga  surat  solish  san’ati  dastlab  qora  figurali 
vazalarda  namoyon  bo‘ldi.  Bunday  vazalarga  qora  lak  bilan  turli  tasvirlar 
ishlangan.  Ayniqsa  qora  figurali  vazalar  ishlash  san’ati  VI  asrning  II-III 
choragida  rivojlanib,  bu  sohada  attikali  qurollar  va  rasmlar  chiqarishgan. 
Shunday  mashhur  ustalardan  biri,  rassom  Klitiy  bo‘lgan.  U  jahonga  mashhur 
bo‘lgan  “Fransua  vazas”ni  bezatgan.  Er.av.  540-530  yillarda  qizil  figurali 
vazalar  ishlash  keng  tarqaladi.  Bu  vazaga  gul  solish  san’atida  realistik 
tendensiyalarning  ortib  borishi  sabab  bo‘ldi.  Qizil  figuralarda  tasvirlangan 
obrazlar,  tasvirlar  ko‘zaning  tabiiy  rangi  -  pishirilgan  loy  rangida  (qizg‘ish, 
qizg‘ish  jigarrang)  qoldirib,  fon,  qolgan  bo‘shliq  esa  qora  lak  bilan  bo‘yab 
chiqilgan. Bu uslub voqelikni real tasvirlashda katta imkoniyatlarga ega bo‘lib, 
eramizdan  avvalgi  VI  asrning  uchinchi  choragidan  IV  asrgacha  davom  etdi. 
Eramizdan  avvalgi  V  asrga  kelib,  Gretsiya  o‘zining  siyosiy,  iqtisodiy  va 
madaniy taraqqiyotining eng yuksak bosqichiga ko‘tarildi. 
Yuqori klassika.  Eramizdan  avvalgi  V  asrning ikkinchi  yarmidan boshlab, 
Gretsiya  siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy  ravnaqining  oltin  davrini  boshladi. 
San’atning hamma tur va janrlari rivojlanib, yuqori klassika davri kishilarining 
estetik  ideal  haqidagi  tushunchalarini  mukammal  badiiy  obrazlarda  ko‘rsatadi. 
Bu  taraqqiyotda,  so‘zsiz,  shu  davrning  yirik  davlat  arbobi  Perikl  muhim  rol 
o‘ynadi.  Yuqori  klassika  davrida  Afina  akropoli  o‘zining  tugal  ko‘rinishini 
egalladi. Perikl tashabbusi bilan Afinaning ichki qal’asi - Akropol qayta tiklandi. 
Bu qal’a Eron-Grek urushida vayron bo‘lgan edi. Eramizdan avvalgi V asrning 
uchinchi  choragida  bu  yerda  oq  marmardan  yasalgan  grek  me’morchiligining 
nodir  durdonalari  bo‘lgan  Parfenon,  katta  darvozaxona  -  Propiley,  qanotsiz 
g‘alaba ma’budasi Nikaga atab qurilgan Niki Apteros qad ko‘tardi. Bu binolar 
badiiy  bezakka  boy  bo‘lgan.  Masalan,  Propiley  devorlari  davlatning  jangovor 
o‘tmishini tasvirlovchi suratlar bilan bezatilgan. Akropolning ochiq maydonida 
Afina  davlatining  kuch-qudratini  va  ulug‘ligini  o‘zida  ifodalab,  grek  tarixida 
birinchi  bor  umumellin  birligini  namoyish  etuvchi  me’morchilik  ansambli  edi. 
Akropol  tepaligining  yon  bag‘irlarida  qurilgan  ibodatxona  va  tomoshaxonalar 
esa  uni  yanada  mo‘’tabar,  muqaddas  dargoh  darajasiga  ko‘targan.  Grek 
klassikasi  me’morchiligining  beqiyos  namunasi,  yuksak  aql-zakovat  mevasi  va 
afinaliklar  homiysi  bo‘lgan  Afina  ma’budasiga  bag‘ishlangan  Porfenon 
ibodatxonasi  hisoblanadi.  Eramizdan  avvalgi  447-438  yillarda  me’morchilik 
Iktin  va  Kallikrat  tomonidan  qurilgan  bu  ibodatxona  afinaliklarning  xazinasini 
saqlash uchun xizmat qilgan. Parfenon ibodatxonasining bezak va haykallari esa 
davrning  buyuk  haykaltaroshi,  Periklning  yaqin  safdoshi  Fidiy  rahbarligida 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə