|
![](/i/favi32.png) Жаҳон санъати тарихиjahon sanati tarixiEllinizm davri san’ati.
Bu davr me’morchiligi o‘zining hashamatliligi, dabdabadorligi va katta
hajmga intilishi bilan xarakterlanadi. Me’morchilik nazariyasi rivojlanadi. Bu
davrda miletlik Gippodamaning shahar qurilishi borasidagi sistemasi muhim rol
o‘ynadi. Shu plan asosida qurilgan Milet, Priena shaharlarining ko‘chalari ochiq
va keng praspektlardan tashqil topgan. Uning bosh maydoni atrofi esa turli
ijtimoiy binolar bilan o‘ralgan.
Ellinizm davri san’ati katta yutuqlarga erishdi. Klassika davri portret
san’atiga xos fazilatlar, umumlashma ideal obraz yaratish borasidagi prinsiplar
bu davrda tasvirlanuvchining individual xislatlarini chuqurroq ochish, ma’naviy
qiyofasini ishonarli talqin etish tendensiyasi bilan almashdi, bu xususiyatlar
Ellinistik Gretsiya san’atida yaqqol seziladi. Ellinistik Misr Ptolemeylar
podsholigi davrida gullab yashnadi, qudratli davlatga aylandi. Uning poytaxti
Aleksandriya esa ellinistik dunyoning yirik madaniy-siyosiy markazi, yirik port
|
|
|