Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
31 
 
shahri  bo‘ldi.  Ellinistik  Misrning  oq  marmardan  ishlangan  hashamatli  binolari 
dunyoga  mashhur  bo‘lgan.  Yetti  mo‘jizaning  biri,  deb  hisoblangan  120  metrli 
Farros  mayog‘i  (mash’ali),  Aleksandriyaning  haykaltaroshlik  bilan  bezatilgan 
park-bog‘lari  ham  olamga  mashhur  bo‘lgan.  Ellinistik  Misr  badiiy  maktabida 
yuqori  klassika  traditsiyalari  (ko‘proq  Praksitel)  sezilarlidir.  Tematikasida 
hayotiy, maishiy hamda intim-lirik mavzu yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu janrda 
ishlangan  kompozitsiyalarda  ko‘proq  oddiy  xalq  hayotidan  olingan  voqealar 
tasvirlanadi. Qariyalar, bolalar obrazi ko‘proq uchraydi. "Keksa baliqchi", "g‘oz 
bilan  o‘ynayotgan  bola"  haykallari  bunga  misol  bo‘la  oladi.  Afrodita  haykali 
ko‘p ishlangan.  Ellinistik  Misr  san’atida allegorik talqin etilgan  haykallar  ham 
mavjud.  Masalan,  "Nil"  kompozitsiyasi,  tosh  o‘ymakorligining  namunasi, 
"Gonzaga  komeyasi"  bo‘rtma  tasviri  mashhurdir.  Unda  podsho  Ptalemey  va 
malika  Arsinoyaning  boshlari  yon  tomondan  tasvirlangan.  Lekin  klassika 
davridagidek yuksak g‘oya bu yerda chegaralangan. 
 
Bu  asar  yana  bir  bor  Ellinizm  davri  so‘ngida  san’atdagi  idealogik 
kuchning susayib borganini ko‘rsatadi va ijtimoiy hayotda sodir bo‘lgan chuqur 
inqirozni ifoda etadi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə