Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
32 
 
Etruriya  jamiyatining  eng  gullagan  davri  eramizdan  avvalgi  VII-VI  asrlarga 
to‘g‘ri keladi. Eramizdan avvalgi VI asrdan boshlab, Etrusk san’atiga Italiyaning 
janubidagi  grek  koloniyalari  san’atining  tasviri  sezila  boshladi.  Etrusklar  grek 
alfavitini,  teatr  va  mifologiyasini  qabul  qildilar.  Greklar  singari  ular  ham 
yuzasiga bareleflar tushurilgan oltin tangalar chiqara boshladilar. 
Qadimgi Rim san’ati.  
Qadimgi  Rim  san’ati  Apenin  yarim  orollaridagi  ko‘pgina  xalqlar, 
jumladan, etrusklar, keyinroq Rim bosib olgan yerlardagi boshqa xalqlar san’ati 
ta’sirida  rivoj  topdi.  Rim  imperiyasining  birinchi  imperatori  Oktavian  Avgust 
hukmronlik  qilgan  yillar  (eramizdan  avvalgi  27  yil  -  yangi  eraning  14  yillari) 
san’at  va  madaniyatning  haqiqiy  rivojlangan  bosqichi  bo‘ldi.  Rim  davlatining 
"oltin  asri"  hisoblangan  bu  davrda  nazariyotchi  me’mor  Vitruviy,  tarixchi  Tit 
Liviy,  shoirlardan  Vergiliy  va  Goratsiolar  yashab  ijod  etdilar.  Me’morchilik 
rivojlandi, shahar qurilishi avj oldi. 
 
Qadimgi Rimning eng katta binolaridan biri Kolizey Amfiteatridir. Planda 
Kalizey  gigant  oval  bo‘lib,  uning  asosi  188x156  metr,  devorlarining  balanligi 
48,5  metrga  yaqin.  Gladiatorlar  jangi  uchun  mo‘ljallangan  bu  qurilmaga  bir 
vaqtning  o‘zida  55  ming  tomoshabin  siqqan.  Rim  me’morchiligining  yana 
muhim  yodgorligi  "Hamma  hudolarning  qasri"  -  Panteon  hisoblanadi.  Me’mor 
Apollodor  Domashoqiy  tomonidan  118-125  yillarda  qurilgan  bu  bino  antik 
dunyoning  eng  katta  gumbazli  binosi  bo‘lib,  unda  Rim  me’morchiligining 
novatorlik xususiyati yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə