O‘rta asrlar san’ati.
O‘rta asrlarda harbiy Yevropa ”Varvarlar” qirolligi va Franklar imperiyasi
davrida ”Varvarlar”ning surunkali harbiy yurishlari va qullarning tez-tez
ko‘tarilib turgan qo‘zg‘olonlari III asrlarga kelib ”Quldorlik” davrining
inqirozga yuz tutishiga sabab bo‘ldi. Natijada quldorlik davri tuzum sifatida o‘z
o‘rnini harbiy Yevropa mamlakatlarida asta-sekin feodalizmga bo‘shatib bera
boshladi. Rim imperiyasi qulashi bilan bu jarayon yanada tezlashdi. Bu voqealar
ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
39
harbiy Yevropa madaniyati va san’atiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. ”Varvarlar”
san’ati va antik san’ati an’analarining o‘zaro ta’sirida Yevropada O‘rta asr
san’atini boshidan kechirdi. Bu ta’sir ayniqsa hajm forma dinamikasi,
ekspressiyada, kompozitsiya va naqqoshlikda yaqqol namoyon bo‘ldi.
harbiy Yevropadagi ko‘pgina mamlakatlarda ibtidoiy tuzumdan so‘ng o‘z
boshlaridan quldorlik davrini kechirmay turib, feodal tuzumiga o‘tishlari muhim
voqea bo‘ldi. ”Varvarlar” san’atidagi ibtidoiy tuzumga xos folkloriy
tushunchalar bilan antik san’at an’analari qo‘shilib o‘ziga xos yangi san’at
rivojlana boshladi.
”Varvarlar” tomonidan istilo qilingan Rim imperiyasida feodal
munosabatlar rivojlana boshlagan edi, istilo natijasida Rimda xristian dini
ta’sirida qoldi. Din odamlar ongi, ruhiyatiga chuqurroq kirib bordi. Vizatiya
san’ati o‘z mohiyati jihatidan aristokratik xarakterga ega. Ular obrazlarni
barkamolligiga intilsa, varvarlar esa ba’zida majruh, mayib, jismoniy xunuk
obrazlarni tasvirlashdan cho‘chimaydi.
Bu davrga kelib asosan yog‘och o‘ymakorligi, naqqoshlik va dekorativ
bezak san’ati turlari rivojlandi.
Uchinchi asr oxiri IX asr boshlarida Buyuk Karl birinchi kuchli
imperiyaga asos soldi. Bu davr san’ati ”korolinglar”san’ati, deb nom oldi. Bu
san’at, hunarmandlar, sharq xalqlari, ayniqsa Shom san’atidan ta’sirlangan va
unga taqlid qilgan.
Roman san’ati.
Buyuk Karl imperiyasi uzoqqa cho‘zilmay, tez inqirozga uchradi.
Vafotidan so‘ng esa tomom parokandalikka uchradi, madaniy yodgorliklar esa
talandi. Faqat X asr oxirlaridan boshlab Yevropada hayot izga tusha boshladi.
X-XII asrlarni o‘z ichiga olgan taraqqiyot davri san’ati roman san’ati deb nom
oldi. ”Roman” iborasi shartli bo‘lib, u lotincha «roma» degan so‘zdan olingan
bo‘lib, ”rim” uslubi degan ma’noni bildiradi. Bu davrda me’morchilikka alohida
e’tibor berildi.
Roman davri san’atida me’morchilik asosiy o‘ringa chiqadi. Bu davr
me’morchiligining xarakterli tomoni shundaki, unda binolar birmuncha past,
jiddiy va og‘ir ko‘rinishga ega. Devorlari qalin va mustahkam, eshik, derazalar
ensiz. Me’morchilikning bunday ko‘rinishi harbiy maqsadlarni ko‘zda tutadi. Bu
davrda asosan me’morchilik bilan bog‘liq bo‘lgan san’at turlari rivojlanadi.
Bular maxobatli rangtasvir, haykaltaroshlik, vitraj san’ati. Bu me’morchilikning
yana bir o‘ziga xos xususiyati, tomning gumbaz tarzida yopilishi va unda
darchalarning joylanishidir.
Bu davrga kelib o‘ziga xos feodal qusurlar paydo bo‘la boshladi. ¤sha
davrda qurilgan shaharlarning umumiy ko‘rinishi ham feodal qo‘rg‘onlarni
|