|
Жаҳон санъати тарихиjahon sanati tarixiЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
45
XVI asr boshlariga kelib Moskva me’morchiligidagi shakllanish deyarli
tugagan. Bu Ivan III hukmronlichi davriga to‘g‘ri keldi. Bu me’morchilik
obidalarini yaratishda Italiyaning me’morchilik an’anasi rus madaniy hayotiga
kirib kela boshlagani ko‘zga tashlanadi. Qrimdagi ”Uspenskiy” sobori ziynatida
ana shu tasvir yaqqol seziladi.
XVII asr Rus san’ati.
Feodal munosabatlarning kuchayib borishi natijasida dehqonlarning
qashshoqligi va qaramligi ortib borib XVII asrga kelib krepostnoylik
qaramligiga aylanadi.
XVII asrda Moskva badiiy markazga aylandi. Rassom, hunarmand,
amaliy san’at ustalari guruhi ”Qurol-yarog‘ palatasi” atrofida birlashdilar. U
yerda chet ellik ustalar ham ishlar edilar.
Bu ustaxona podsho saroyiga yaqin joylashgan bo‘lib, asosan podsho
saroyi, podsho oilasi, cherkov va zadogon savdogarlar buyurtmasini bajarar edi.
Mana shu ustaxonalarda samarali ijod qilgan rassomlardan biri Simon Ushakov
edi. Rassomning qarashlari uning uncha katta bo‘lmagan ”Ikona san’atini
sevuvchilarga maslahat” risolasida o‘z ifodasini topdi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|