Tayanch tushunchalar.
Ikona
- ikonografiya* - (grek - tasvirlash)
Spas
- Iso payg‘ambar nomi.
Arxangel Mixail
- Mixail farishta.
Savollar:
1. Qadimgi Rus san’ati deb qaysi asrlar san’atini tushuniladi?
2. Qadimgi Rus san’ati taraqqiyotining asosiy bosqichlarini ayting.
3. Kievdagi avliyo Sofiya ibodatxonasi va uning rus me’morchiligi taraqqiyotida
tutgan o‘rni nimada?
4. Moskva Kremli qachon qurilgan va uning rus me’morchiligida tutgan o‘rni
nimada?
5. Andrey Rublev kim, uning qanday asarlarini bilasiz?
ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
46
MAVZU: UYG‘ONISH DAVRI SAN’ATI.
REJA:
1.
Uyg‘onish davri san’ati.
2.
Haykaltaroshlik, tasviriy san’at.
Feodalizm jamiyati qo‘ynida ilk kapitalistik munosabatlarning tarkib
topishi va rivojlanishi Yevropa hayotida yangi va muhim o‘zgarishlarga olib
keldi. Din asta-sekin o‘z mavqeini yo‘qota bordi. Omma dindan uzoqlasha
bordi, shaharlar kengaya bordi. Ularning shiddat bilan o‘sib, rivojlanishi mayda
hunarmandchilikdan manufakturaga o‘tishga sabab bo‘ldi. Bu shaharlarda
savdo-sotiq shu darajada rivojlandiki, dengiz orqali dunyoning boshqa
burchaklari bilan savdo qilishga talab kuchaydi. Yangi qit’alar kashf qilindi, bu
voqealar insonlar tafakkuri va hayotga bo‘lgan munosabatlarida tub o‘zgarishlar
yasadi. Bu davrdagi taraqqiyot jarayoni shiddat bilan o‘sdi, uning natijasida
yangi san’at va yangi madaniyat dunyoga keldi. Mamlakatlar orasida madaniy
hayotdagi yangiliklar tez tug‘ildi.
Bu taraqqiyot davri Yevropa madaniyati tarixida “Uyg‘onish davri” deb
nom oldi. Bu iborani ilk bor italyan rassomi va san’atshunosi Jorjo Vazare
tomonidan, Jorjo ijodiga nisbat berib aytilgan eti. O‘rta asrlar davridan so‘ng
san’at va adabiyotdagi markaziy e’tibor insonga uning ijtimoiy hayotida tutgan
o‘rniga qaratilganligi, uning “Uyg‘onishligini” belgisi edi.
Keyinchalik keng mazmun kasb etgan bu ibora Italiyadan tashqari
Yevropaning boshqa mamlakatlariga ularning feodalizm davridagi keyingi
san’at va madaniyatlarini ta’riflashda boshlandi.
Uyg‘onish davrida italiya san’ati va madaniyati uzoq davom etgan, o‘z
harakatlarini to‘liq namoyon etib, qator taraqqiyot bosqichlarini boshidan
kechirdi. Bu quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Uyg‘onish davri arafasi - protorensans (XIII-XIV asrlar)
2. Ilk uyg‘onish davri - (XV)
3. Yuqori Uyg‘onish davri - (XV asrning 90 yillari - XVI asrning 20-30 yillari)
4. So‘nggi uyg‘onish davri - (XVI asrning II yarmi)
Albatta bu davr barcha Yevropa malakatlarida turlicha kechdi. Masalan,
Germaniya so‘nggi uyg‘onish, Niderlandiya esa yuqori uyg‘onish davrini
boshlaridan kechirdilar. Uyg‘onish davri insoniyat taraqqiyotidagi muhim davr,
muhim bosqich, ya’ni insoniyat o‘z boshidan kechirgan o‘zgarishlar ichida eng
buyuk progressiv o‘zgarish edi. Natijada ular chin ma’noda xalqchil asarlar
yaratdilar, xalq ommasining orzu-istaklarini, his-tuyg‘ularini ifodalab chiqdilar,
ilg‘or gumanistik g‘oyalarni ko‘tarib chiqdilar. Shu boisdan ham bu davr
|