|
Жаҳон санъати тарихиjahon sanati tarixiЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
44
XIII-XV asrlarda mavjud bo‘lgan rangtasvir asarlari asosan devoriy
suratlar bo‘lib, o‘sha davrda ijod qilgan rassomlar mahoratidan dalolat berib
turadi.
XIV asr Novgorod monumental rangtasvirlaridagi yorqin shaxslardan biri
bu o‘sha davrda Vizantiyadan Rusga kelib ijod qilgan musavvir Feofan Grekdir.
U Vizantiya tasviriy san’ati an’analarini yaxshi, chuqur egallagan holda, Rus
san’atidagi izlanishlar bilan uyg‘unlashtirishga erishdi. Feofan Grek asarlaridan
bizgacha juda kam namunalari yetib kelgan. Uning Novgoroddagi Spas-
Preobrajenskiy soboridagi devoriy suratlari mashhurdir. Feofan Grek keyingi
Rus san’ati taraqqiyotida muhim rol o‘ynadi. 1147 yilda Moskva shahriga asos
solindi. U dastlab kichik bir knyazlikning markazi bo‘ldi, atrofi jarlik bo‘lib
yog‘och devorlar bilan o‘ralgan tepalikda joylashgan edi. Moskva
me’morchiligining namunalari unchalik ko‘p saqlanmagan. Saqlanganlarining
aksariyati XIV asr ikkinchi yarmi va XV asrga taalluqlidir. Me’morchilik
yodgorliklari asosan shahar chekkalarida saqlanib qolgan .
Tasviriy san’at namunalari ko‘proq miniatyura, ikona va devoriy suratlar
tarzida uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda bizgacha yetib kelgan. Adabiy
manbalarda ham shahar ibodatxonalari hamda qasrlar devoriy suratlar bilan
bezatilganligi haqida ma’lumotlar bor. Moskva tasviriy san’ati taraqqiyotida
rassom Feofan Grek muhim o‘rin egallaydi. U taxminan 1395 yilda, devoriy
surat va ikonalar ishladi. Blagoveщenskiy sobori ikonastasining ikkinchi yarmi
uning qalamiga mansubdir. Bu yerda uning shogirdlari ham ishlaganlar. Ular
orasida qadimiy Rus rassomi Andrey Rublevning nomini ham uchratamiz.
Bu sobordagi ikona va suratlar Andrey Rublev ijodining ilk namunalari
hisoblanadi. Shu asarlarda A.Rublev ijodining o‘ziga xos xususiyatlari sezilib
turadi. Bular orasida ”Cho‘qintirish” kompozitsiyasi, ”Ierusalimga qochish”
asarlari diqqatga sazovordir.
A.Rublevning muhim asarlaridan biri Vladimirdagi Uspenkiy soboriga
ishlangan devoriy suratdir. ”Taqvodorlarning jamiyatga yurishi” surati bular
ichida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, A.Rublevning yuksak mahorati va
G‘oyaviy pozitsiyasini namoyon etadi. Zvenegoroddan topilgan Spas surati va
Arxangel Mixal ikonasi ham uning ijodiga mansubdir. Rassomning eng mashhur
asari Troitsk soboriga ishlangan ”Uch farishta” surati hisoblanadi. Hozir bu
surat Tretyakov galereyasida saqlanadi. Bu ikona injilda tasvirlangan voqealarga
bag‘ishlangan. Bu asarda diniy obrazlar orqali insoniy poklik, poetik ruh
tasvirlanadi.
A.Rublev ijodi shu davrdagi Moskva tasviriy san’atidagina muhim o‘rin
egallab qolmay, balki o‘zidan keyingi tasviriy san’atga ham ijobiy ta’sir
ko‘rsatdi.
|
|
|