|
Жаҳон санъати тарихиjahon sanati tarixiKiev rusi san’ati.
Sharqiy slavyanlarda birinchi ming yillik o‘rtalarida paydo bo‘la
boshlagan feodal munosabatlar VIII-IX asrlarga kelib o‘z shakllanishini
nihoyasiga yetkazdi. X asr Kiev Rusi davlatining tashqil topishi shu davrning
eng muhim voqeasi bo‘ldi. Xristian dini rasmiy davlat dini, deb qabul qilindi.
Bu esa o‘z navbatida Vizantiya bilan aloqalarni kuchaytirdi. Bolgar olimlari
topgan - Kirill va Mifodiy kashf qilgan yozuv alfaviti rus yozuvining asosini
tashqil qildi va hozirgi davrgacha unga xizmat qilmoqda. Vizantiyada yaratilgan
san’at ikonografiya ham din ta’siri ostida me’morchilik bilan birgalikda Rus
davlatiga kirib keldi. Dastlabki davrlarda Vizantiyadan ustalar chaqirildi, bular
me’mor, haykaltarosh va rassomlar edi.
X-XI asrlarda Kiev Rusi san’at va madaniyat sohasida haqiqiy gullash
davrini boshidan kechirdi. Bu davrga kelib u Yevropada ko‘zga ko‘ringan
davlatlardan biri bo‘ldi.
Bu davrning eng muhim arxitektura yodgorligi Kievdagi Avliyo Sofiya
(”Svetaya Sofiya”) sobori Kiev Rusining bosh ibodatxonasi bo‘ldi. U davlatning
kuch-qudrati va yagonaligini tarannum etar edi. Binoning ichkari qismi devoriy
suratlar bilan bezalgan.
Kiev Rusida ikona san’ati va kitob bezagi bilan bog‘liq bo‘lgan
miniatyura san’ati keng rivojlandi.
|
|
|