ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
43
MAVZU: QADIMGI VA O‘RTA ASR RUS SAN’ATI.
REJA:
1.
Qadimgi rus san’ati.
2.
Me’morchilik, tasviriy san’at, haykaltaroshlik turlari.
Kiev Rusi tashqil topgan davrdan boshlab (X asr) O‘rta asr munosabatlari
va badiiy mafkura prinsiplari inqirozga yuz tutgan davrgacha (XVI asr) bo‘lgan
Rossiya tarixidagi davrga ”Qadimgi Rus” san’ati deyiladi.
Qadimgi Rus san’ati bevosita o‘sha davrlarda yashagan boshqa
xalqlarning madaniyati va san’atining ta’siri ostida rivojlandi.
Qadimgi Rus feodal munosabatlarining boshqa mamlakatlarnikidan farqi
shundaki, u quldorlik davrini boshidan kechiradi. Shu sababli uning san’ati
tabiat bilan uyg‘unlashgan, me’morchilikdagi binolar, qasrlarmi yoki
ibodatxonalarmi boshqalarnikidan farq qiladi. Me’morchilikning asosiy
materiallari yog‘och, loy edi. Shu sababli bizgacha yetib kelgan namunalari juda
ozchilikni tashqil qiladi.
Haykaltaroshlik keng yoyilmagan. Bu davrda asosan amaliy san’at
rivojlangan.
Dostları ilə paylaş: