|
Жаҳон санъати тарихиjahon sanati tarixiGotika san’ati.
Feodalizm tuzumi ichidagi yangi o‘zgarishlar undan keyin kelishi kerak
bo‘lgan tuzumning shart-sharoitlarini yaratishga zamin hozirlashga kirisha
boshladi. Bu esa shaharlarning taraqqiy etishiga, bunda savdogar va
hunarmandlarning rolini ortib borishiga sabab bo‘ldi. Yevropa markazlarida XII
asr boshlarida fanning roli ortdi va birinchi ilmiy markazlar - universitetlar
tashqil qilindi. Materialistik dunyoqarashning ilk belgilari paydo bo‘la boshladi.
Bunda Ibn Sino va uning shogirdi Ibn Rushd (Averros) ta’siri katta bo‘ldi.
San’at va madaniyatda ham katta o‘zgarishlar yuz berdi, hayotiy
mavzudagi asarlar paydo bo‘la boshladi. Ruhoniylar hayotidagi ikki
yuzlamachilikni fosh etuvchi teatrlar, ya’ni komediatlar, maskaradlar yuzaga
keldi.
Harbiy Yevropa san’ati Vizantiya san’ati ta’siridan qutula boshladi.
Keyinchalik bu davrdagi san’atga ”Gotika” san’ati, deb nom berildi.
Bu iboraning lug‘aviy ma’nosi italyancha so‘zdan olingan bo‘lib,
|
|
|