|
Жаҳон санъати тарихиjahon sanati tarixiЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
41
”gotlarniki” degan mazmunni bildiradi. Gotlar bu nemis qabilalaridan biri
bo‘lib, bu davr san’atiga got qabilalari san’atining ta’siri kuchli bo‘lganini
bildiradi. Hali bu davrda shahar madaniyati feodal munosabatlarga to‘liq qarshi
chiqa olmas edi. Shu bois gotika san’ati xarakterida ham murakkab va qarama-
qarshi fazilatlar kashf etildi. Yaratilgan asarlarda realistik elementlar bilan bir
qatorda, diniy qarashlarning ko‘tarinki tasvirlash holatlari seziladi.
Gotika uslubi XII-XIII asrlarda o‘zining gullagan davrini boshidan
kechirdi. Bu uslub turli mamlakatlarda turlicha kechdi va uning ichki strukturasi
umumiy qurilish tusini oldi.
Roman uslubida bo‘lgani kabi Gotika uslubida ham asosiy o‘ringa
me’morchilik chiqdi. Roman davridagiga nisbatan gotika arxitekturasi
serhasham va ulug‘vor, kattaligi bilan ajralib turadi. Bu uslubda qurilgan binolar
yuqoriga intiluvchan bo‘lib, juda baland bo‘ladi. Dinning kuchi orta boradi va
soborlar oldida nafaqat diniy marosimlar balki, shahar majlislari, har xil
munozara va bahslar, universitet ma’ruzalari va xalq sayllari o‘tkazilar edi. Shu
sababdan bu ibodatxonalar shahar markazlarida qurilardi. Gotika davri
arxitekturasining xarakterli tomonlaridan biri bino ko‘tarilgan sari torayib boradi
va oxiri shpil bilan, ya’ni nayzasimon tarzda tugaydi. Uning uchiga xo‘roz yoki
boshqacha bir tasvirlar qo‘yiladi.
Arxitekturaning yutuqlari ortib bordi. Bulardan biri karkaslardan
foydalanish bo‘lsa, ikkinchisi bu davrga kelib ularni darchalari kengayib,
derazalari ko‘payadi, peshtoqlari va ayvonlardan foydalanib bino ichini nurga
boyitish istagi kuchayib boradi. Bu esa binolarning ulug‘vor, baland bo‘lishini
ta’minlab qolmasdan, ularning yengil bir ruhiy holat kasb etishini ta’minlaydi.
Me’morchilikda sodir bo‘lgan bu o‘zgarishlar binoning tashqi va ichki
ko‘rinishlarida ham o‘z ifodasini topadi.
Tasviriy san’atda esa devoriy suratlar ishlanadigan yuzalar binoda
yo‘qligi sababli, uning o‘rnini vitraj egallaydi.
Me’morchilik bilan bog‘liq bo‘lgan haykaltaroshlik tasviriy san’atda
yetakchi o‘rinni egallaydi.
Gotika davrida dekorativ - amaliy san’at yaxshi rivojlandi.
XII-XV asrlarda Gotika uslubini Yevropaning deyarli barcha mamlakatlar
san’ati o‘z boshidan kechirdi. Gotika uslubining Vatani Fransiya bo‘lib, Parij
shahrining zaynati Bibi Maryam sobori (Notrdam de Pari) 1163-1314 qurildi.
Reyms Sobori, Amendagi sobor, Keln soborlari (1248-1880) qad ko‘tardi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|