|
![](/i/favi32.png) Жаҳон санъати тарихиjahon sanati tarixiЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
40
eslatardi. Ularning atrofi qalin devor bilan o‘rab chiqilar edi. Bu binolarning
bezalishi ham sodda.
Bu davr tasviriy san’ati din bilan uzviy bog‘liqligi sababli unda ramziy,
Qayri-tabiiy, fantastik obrazlar uchraydi.
Feodalizm davrining san’ati harbiy Yevropa davlati bu Fransiya edi.
Fransuz me’morchiligi Yevropa qurilishida muhim o‘rin tutadi. Roman asri
davrida Fransiyaning ko‘pgina shaharlarida anchagina ibodatxonalar qurildi. Bu
binolarning pastki qismi tepa qismiga nisbatan ancha katta bo‘ldi. Ular o‘yma
naqsh va bo‘rtma tasvirlar bilan bezatilar edi.
XIX asr boshlarida buzilib ketgan bu me’morchilik obidalarining asosiy
prinsiplari keyingi davr arxitekturasi uchun ham ko‘p xizmat qildi.
Germaniyada qurilgan roman arxitekturasining xarakterli tomoni shundaki,
bu me’morchilik binoning tomi kvadrat shaklida bo‘lib, og‘ir minoralarning
serobligi esa unga dinamik siluet beradi.
Italiya me’morchiligida stilistik birlik yo‘q. Bunga asosiy sabab uning
tarqoqligi. Ayrim viloyatlarda Vizantiya ta’siri, yana bir joyda roman
arxitekturasi ta’siri, boshqa joyida esa, masalan Toskana va Lombardiya
maktablarida esa antik an’analar ta’siri sezilib turadi. Roman davri tasviriy
san’atida mana shu arxitektura bilan bog‘liq tasviriy san’at ya’ni devoriy surat
va vitrajlar ishlash muhim o‘rin tutadi. Rangdor suratlar bilan bino shiftlari va
devorlarini bezashga katta e’tibor beriladi. Bu binolar asosan ibodatxonalar
bo‘lganligi sababli unda suratlar mavzusi ham diniy bo‘lib, bu o‘sha Bibi
Maryam va Iso hayotidan olingan lavhalar edi. Bu davr haykaltaroshligida ham
shu yuqoridagi holatni ko‘ramiz.
Dostları ilə paylaş: |
|
|