|
![](/i/favi32.png) Жаҳон санъати тарихиjahon sanati tarixiЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
36
Italiya bilan yaqin munosabatda rivojlandi, ularning san’atidan ta’sirlandi.
Vizantiya san’ati an’analari ayniqsa, rangtasviri Serb san’ati taraqqiyotida
muhim o‘rinni egalladi. Me’morchilik san’atida esa G‘arbiy Yevropa
an’analarining ta’siri seziladi. Serb san’atining ilk namunalari bizgacha kam
yetib kelgan va ularda ko‘proq Yevropa roman davri san’ati an’analari ta’siri
bo‘lgan. Bu davr me’morchilik namunalari plan jihatidan sodda, bazilika
tiplariga yaqin, ravoqli cherkovlar bo‘lib, ularning eshik va darchalari atrofi
sodda bo‘rtma tasvirlar bilan bezatilgan. Serb san’atining harbiy Yevropa bilan
aloqasi XI asrdan rivojlana boshlagan miniatyura san’atida ham namoyon
bo‘ladi. Serb me’morchiligining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, uning
dekorativ xarakterdaligidir. Bu xususda Studennitsadagi Bibi Maryam cherkovi
diqqatga sazovordir. Binoning tashqi ko‘rinishiga alohida e’tibor berganlar, u oq
va kul rang marmar bilan pardozlanib, arkatura frizi bilan bezatilgan.
Konsollarda odam va hayvon niqoblari ishlangan, g‘arbiy va janubiy peshtoqlar,
mehrob darchalari o‘yma naqqoshlik bilan bezatilgan. Naqsh uchun o‘simliklar
dunyosi, qush, hayvon va odamlar shakli olingan. Nerezedagi (Makedoniya)
Panteleymanx ibodatxonasi devoriy suratlari Serb monumental rangtasviri
to‘g‘risida tasavvur beradi.
«Butdan tushirish» mavzusiga bag‘ishlangan suratlarda kuchli hayajon va
motam, iztirob, qayg‘urish ishonarli va ifodali tasvirlangan. Bu tasvirlarda
butdan tushirilgan Iaga aza tutayotgan, chuqur qayg‘u va motam bilan uni
quchoqlayotgan Bibi Maryam, Iso tomon chuqur qayg‘u va motam bilan
engashib qarab turgan Ioan obrazlari chuqur motam holatida ta’sirli ishlangan.
Yosh avliyolar obrazi ham ta’sirli va xarakterlidir. Bu tasvirlarda rassom kontur
chiziqlardan foydalanmagan holda faqat rang surtmalari hisobiga obraz hajmini
ifodalashga intiladi. Surat koloriti yorqin, jarangdor, oq sarg‘ish, oltin, ko‘k va
moviy ranglar gammasi o‘zaro nisbatda asarning emotsional tomonini oshirib,
uning ko‘rimli bo‘lishiga yordam beradi. Serb O‘rta asrlar san’ati o‘z davri
uchun progressiv ahamiyatiga ega bo‘ldi. XIII-XIV asrlar me’morchilik san’ati
Sharqiy Yevropa san’ati uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Serb rassomlari
insonning his-tuyg‘u, ehtiroslarini badiiy ifoda etib, o‘zga yerdagi
zamondoshlariga namuna bo‘ldilar. Serb san’atkorlari diniy kanonlardan
chekkaga chiqmagan holda real dunyoni keng va to‘laqonli tasvirlashga
erishdilar. Serb san’atkorlari Ruminiya, Bolgariya, Qadimgi Rus san’atiga o‘z
ta’sirlarini o‘tkazdilar. O‘rta asrlar san’ati va madaniyatida Kavkaz xalqlari,
jumladan, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon xalqlari san’ati ham alohida o‘rinni
egallaydi. Bu xalqlar san’ati qadimgi mahalliy san’at an’analariga ega bo‘lgan,
O‘rta asrlarning muhim madaniyat o‘choqlaridan hisoblanadi. Ular Vizantiya va
|
|
|