|
![](/i/favi32.png) Жаҳон санъати тарихиjahon sanati tarixiЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
34
MAVZU: O‘RTA ASRLAR SAN’ATI TARIXI.
REJA:
1.
Sharq va G‘arbda O‘rta asrlar tarixining davriy chegarasi,
rivojlanishidagi asosiy bosqichlar.
2.
O‘rta asrlar san’ati.
Yer yuzida feodalizm tuzumining paydo bo‘lishidan tortib, uning
rivojlanishi va nihoyat, uning inqirozidan keyingi tuzumiga o‘rnini bo‘shatib
berguncha bo‘lgan davrdagi san’ati, odatda, O‘rta asrlar san’ati deyiladi. Bu
san’at turli mamlakatlarda turli vaqtda boshlangan va davom etgan. Jumladan,
Yevropada u Buyuk Konstantin podsholik qilgan davrdan (IV asr) boshlanadi.
Uning dastlabki inqirozi esa XIII-XIV asrlardagi Italiyadagi shahar-
davlatlarning
vujudga
kelishi
bilan
tezlashadi.
Yevropadagi
ayrim
mamlakatlarda feodalizm VII-VIII asrlar va undan kech ham boshlanib, XVII
asrlarning so‘ngigacha davom etgan (masalan, Vizantiya, Qadimgi Rus).
Aksincha, Sharq mamlakatlarida (masalan Xitoy, Hindistonda) O‘rta asrchilik
birmuncha erta boshlangan. Lekin uning inqirozi cho‘zilib ketib, XIX asrgacha
va undan keyinroq ham davom etgan.
O‘rta asrlarda me’morchilik yetakchi o‘rinni egalladi. Bizgacha O‘rta asrlar
me’morchilik san’atining juda ko‘p nodir yodgorliklari saqlanib qolgan. Bu
yodgorliklar, ayniqsa, monumental me’morchilik san’ati O‘rta asrlar ijtimoiy,
iqtisodiy va madaniy hayotini o‘rganishda muhim o‘rinni egallaydi. Ular
davrning diniy, falsafiy qarashlarini aks ettiribgina qolmay, inson aql-
zakovatining qudratini ulug‘laydi. Bu davrda qurilgan Yevropadagi
ibodatxonalar,
musulmon
sharqidagi
hashamatli
machitlar,
buddizm
yodgorliklari O‘rta asr tafakkurining mahsuli sifatida hozirgacha kishilar qalbini
to‘lqinlashtiradi. Buyuk inson aql-zakovati qudratiga ta’zim etishga da’vat etadi.
Vizantiya san’atining o‘ziga xos tomonlari IV asrda uning maydoniga
xristian dinining kirib kela boshlagan davridan shakllana bordi. Bu xususiyat
Vizantiyaning dastlabki gullagan davri VI-VII asrlarda yaqqol namoyon bo‘ldi.
Konstantinopal bu davrda katta Vizantiya imperiyasining faqat siyosiy markazi
emas, balki madaniy o‘chog‘iga ham aylandi.
Vizantiya me’morchiligi uslubi grek va rim me’morchiligi an’analarining
mahalliy an’analar bilan uyg‘unlashishidan vujudga kelgan. Jumladan,
Konstantinopoldagi Sofiya ibodatxonasi o‘z konstruktiv tuzilishi jihatidan
Panteon ibodatxonasi konstruksiyasiga o‘xshab ketadi, lekin bu o‘xshashlik bir
muncha yashiringan holda talqin etilishi bilan xarakterlanadi. Vizantiya
rangtasvirining nodir namunasi XII asr birinchi yarmida Konstantinopollik usta
|
|
|