Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi «kurash turlari va uni o’qitish metodikasi»



Yüklə 462,23 Kb.
səhifə13/104
tarix20.10.2023
ölçüsü462,23 Kb.
#128721
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi-hozir.org (1)

Foydalangan adabiyotlar ro`yxati.
  1. I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi” Toshkent-2000.


  2. O`zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to`g`risi”dagi qonuni (yangi tahrir). T, 2015, 4 sentyabr.


  3. Nurshin J.M., Salomov R.S., Kerimov F.A. O`zbekcha milliy sport kurashi. – T. 1993.


  4. Kerimov F.A. Darslik. Sport kurashi nazariyasi va usuliyati. T., 2007.


  5. Kerimov F.A. Darslik. Sport kurashi nazariyasi va usuliyoti T., 2009.


  6. Mirzaqulov Sh.A. Belbog`li kurash nazariyasi va uslubiyati., T. 2013.


  7. Tastanov N.A. Yunon-rim kurashi nazariyasi va uslubiyati. T. 2013.


  8. Tastanov N.A. Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati. T. 2015.


  9. Pulatov F.M. Uchebnik. Borba sambo. T. 2005.


  10. K. Yusupov “Kurash xalqaro qoidalari, texnikasi va taktikasi” T. 2005.


  11. E.I.Boyturaev “Sambo kurashi nazariyasi va uslubiyati” Toshkent-2016.




  12. J. S. McIntosh.Wrestling. Mason Crest. USA 2014


5 – Mavzu: Erkin kurashi rivojlanish tarixi.

R E J A

  1. Erkin kurashi rivojlanishi.

  2. O’zbekistonda erkin kurashi rivojlanishi.


  3. Erkin kurashi qonun qoidalari.


Erkin kurash tarixi ildizi Qadimgi Yunonistonga borib taqaladi. Ma’lumki, har xil sport turlari bo’yicha kompleks sinovlar qadimgi yunonlar umumiy jismoniy tayyorgarligi asosini tashkil qilgan. Erkin usulda kurashish hamma sport turlari ichida katta ahamiyatga ega bo’lgan.



Kurashchilar bellashuvlarida, hozirgi qoidalardan farqli o’laroq, raqibni safdan butunlay chiqarib yuborish yoki uni mag’lub bo’lganligini tan olishga majbur qilish g’alaba mezoni bo’lib xizmat qilgan. Kurashda bunga raqibni bellashuvni davom ettirishdan mahrum qiluvchi samarali usullarni o’tkazish, eramizdan avvalgi VIII asrdan boshlab esa - uni tizzada turishga majbur qilish yo’li bilan erishilgan.
Qadimgi dunyo haykaltaroshlari kurash bellashuvlaridan parchalarni tasvirlaganlar. Bu bellashuvlarda kurashchilar oyoqlardan ushlashlar bilan bir qatorda oyoqlar yordamida bajariladigan harakatlardan foydalanganlar.
Zamonaviy erkin kurash, mutaxassislarning fikricha, Angliyada shakllangan. XVIII asrdanoq bu erda shunday kurash varianti mavjud bo’lganki, bunda kurashchilarga hujum vositalarini tanlashda keng imkoniyat berilgan.
XIX asr Evropada professional kurashning jadal rivojlanish asriga aylandi.
Sportdagi professionalizm Amerikani ham egalladi. Kurash serdaromad mashg’ulotga aylandi.
Shimoliy Amerikada erkin kurashni targ’ib qiluvchi yoshlar sport to’garaklari paydo bo’la boshladi. Kurash insonni har tomonlama rivojlantiruvchi, qiziqarli va tomoshabop sport turiga aylandi.
1904 yilda AQShda o’tkazilgan uchinchi Olimpiya o’yinlarida amerikaliklar, mezbon sifatida o’z huquqlaridan foydalanib, birinchi bor olimpiya dasturiga yunon-rum kurashi o’rniga erkin kurash musobaqalarini kiritdilar. Biroq boshqa davlatlar vakillari bu musobaqalarda ishtirok etmadilar, chunki hamma ishtirokchilar bitta mamlakat - AQSh vakillari edi. Keyingi Olimpiya o’yinlari (1908 y.) dasturida ikkita kurash turi bor edi. Biroq V Olimpiya o’yinlarida (Shvetsiya, 1912 y.) tashkilotchilar erkin kurashni Olimpiya dasturiga kiritmadilar va sportchilar yunon-rum kurashi musobaqalarida qatnashdilar.
VII Olimpiya o’yinlaridan boshlab (Belgiya, 1920y.) erkin kurash doimiy ravishda Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritiladi. Lekin Olimpiya o’yinlari turli mamlakatlar erkin kurashchilarining o’z kuchlarini sinab ko’radigan yagona musobaqalar edi. Boshqa hech qanday xalqaro musobaqalar u vaqtda o’tkazilmasdi.
Birinchi Evropa chempionati 1929 yilda Parijda, birinchi jahon chempionati esa 1951 yilda Tokioda o’tkazildi.
O’zbekistonlik kurashchilar xalqaro maydonda katta yutuqlarni qo’lga kiritganlar. Bu ikki marta olimpiya chempionlari, bir necha bor jahon chempionlari Arsen Fadzaev va Maxarbek Xadartsev, shuningdek uch karra jahon chempioni Aslan Xadartsevlardir. Shular qatorida E.Abduramanov, E.Yusupov, L.Shepilov, A.Xaymovich, R.Ataulin, X.Zangiev, R.Islamov, A.Ochilov, D.Zaxartdinov va R.Xinchagovlar ham katta yutuqlarga erishganlar.
E rkin kurash tarixi ildizi qadimgi Yunonistonga borib taqaladi. Ma’lumki, har xil sport turlari bo’yicha kompleks sinovlar qadimgi yunonlar umumiy jismoniy ayyorgarligi asosini tashkil qilgan. Erkin usulda kurashish hamma sport turlari ichida katta ahamiyatga ega bo’lgan.
1 904 yilda AQSh da o’tkazilgan uchinchi Olimpiya o’yinlarida amerikaliklar, mezbon sifatida o’z huquqlaridan foydalanib, birinchi bor olimpiya dasturiga yunon-rim kurashi o’rniga erkin kurash musobaqalarini kiritdilar. Biroq boshqa davlatlar vakillari bu musobaqalarda ishtirok etmadilar, chunki hamma ishtirokchilar bitta mamlakat - AQSh vakillari edi. Keyingi Olimpiya o’yinlari (1908 y.) dasturida ikkita kurash turi bor edi. Biroq V Olimpiya o’yinlarida (Shveciya, 1912 y.) tashkilotchilar erkin kurashni Olimpiya dasturiga kiritmadilar va sportchilar yunon-rim kurashi musobaqalarida qatnashdilar.
VII Olimpiya o’yinlaridan boshlab (Belgiya, 1920y.) erkin kurash doimiy ravishda Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritiladi. Lekin Olimpiya o’yinlari turli mamlakatlar erkin kurashchilarining o’z kuchlarini sinab ko’radigan yagona musobaqalar edi. Boshqa hech qanday xalqaro musobaqalar u vaqtda o’tkazilmasdi.
Birinchi Yevropa chempionati 1929 yilda Parijda, birinchi jahon chempionati esa 1951 yilda Tokioda o’tkazildi.


Yüklə 462,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə