Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi «kurash turlari va uni o’qitish metodikasi»



Yüklə 462,23 Kb.
səhifə9/104
tarix20.10.2023
ölçüsü462,23 Kb.
#128721
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi-hozir.org (1)

Foydalangan adabiyotlar ro`yxati.
  1. I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi” Toshkent-2000.


  2. O`zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to`g`risi”dagi qonuni (yangi tahrir). T, 2015, 4 sentyabr.


  3. Nurshin J.M., Salomov R.S., Kerimov F.A. O`zbekcha milliy sport kurashi. – T. 1993.


  4. Kerimov F.A. Darslik. Sport kurashi nazariyasi va usuliyati. T., 2007.


  5. Kerimov F.A. Darslik. Sport kurashi nazariyasi va usuliyoti T., 2009.


  6. Mirzaqulov Sh.A. Belbog`li kurash nazariyasi va uslubiyati., T. 2013.


  7. Tastanov N.A. Yunon-rim kurashi nazariyasi va uslubiyati. T. 2013.


  8. Tastanov N.A. Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati. T. 2015.


  9. Pulatov F.M. Uchebnik. Borba sambo. T. 2005.


  10. K. Yusupov “Kurash xalqaro qoidalari, texnikasi va taktikasi” T. 2005.


  11. E.I.Boyturaev “Sambo kurashi nazariyasi va uslubiyati” Toshkent-2016.




  12. J. S. McIntosh.Wrestling. Mason Crest. USA 2014


2 – Mavzu: Dzyudo kurashi rivojlanish tarixi.

R E J A

  1. Dzyudo kurashi rivojlanishi.

  2. O’zbekistonda dzyudo kurashi rivojlanishi.


  3. Dzyudo kurashi qonun qoidalari


Yaponcha djiu-djitsu kurashi zamonaviy dzyudo asosi hisoblanadi. Uning afsonaviy imkoniyatlari XIX asrning oxirida, ushbu qurolsiz qo’l jangini olib borish tizimining eng rivojlangan davrida Evropaga kirib keldi.



Doktor Dzigaro Kano zamonaviy dzyudoning otasi hisoblanadi. Hali talabalik yillaridanoq u tana va ruh uyg’unlashuviga erishish mumkinligi ustida jiddiy fikr yuritdi. 18 yoshga kelib unda yangi kurash turini yaratish qarori paydo bo’ldi. Kano risoladagidek jismoniy qobiliyatlarga ega bo’lmasa-da, qisqa vaqt ichida djiu-djitsu, karate, sumo va boshqa milliy kurash turlarining ko’p sonli usullari texnikasini egallab oldi. Ular ichidan eng samaralilarini tanlab olib hamda xavfli ushlashlar va zarbalarni chiqarib tashlab, yangi tizim yoki kurashni yaratdi. U dzyudo, ya’ni - “yumshoq yo’l” deb nom oldi.
Kano 1882 yil universitetni tamomlab, Tokioning Eyse ibodatxonasida birinchi dzyudo maktabi - “Kadokan” ni (“Usulni egallash uyi”) ochdi.
Dzyudo asoschisining hisoblashicha, bu sport turi usullarini mukammal o’rganib olib, ancha kuchli, lekin epchil bo’lmagan kishi ustidan g’alabaga erishish mumkin. Dzyudoda eng asosiysi - bu kuch emas, balki yuqori mahorat, o’tkirlashtirilgan texnikadir. Shuning uchun dzyudo bo’yicha birinchi musobaqalar o’tkazilganda ishtirokchilarni vazn toifalariga qarab bo’lmaganlar. 1956-1958 yillarda Yaponiyada bo’lib o’tgan birinchi uchta jahon chempionatlari faqat mutlaq toifada o’tkazilgan.
Dzyudoning butun jahonda ommaviyligi ortib borayotganligi sababli 1961 yilda jahon chempionati birinchi marta Evropa qit’asida - Parijda o’tkazildi. Bu chempionatda shov-shuv sodir bo’ldi: 27 yoshli gollandiyalik Anton Xeesink finalda jahon chempioni Kodzi Sone ustidan g’alabaga erishdi.
Yaponiyalik dzyudochilarning birinchi muvaffaqiyatsizligi tufayli dzyudo asoschisi 1964 yildan boshlab vazn toifalarini kiritishga majbur bo’ldi. 1965 yilda Braziliyada bo’lib o’tgan jahon chempionatida ishtirokchilar to’rtta vazn toifasida medallar uchun kurash olib bordilar. Yaponiyalik sportchilar uchta birinchi o’rinlarni egalladilar, Anton Xeesink to’rtinchi bor chempion bo’ldi.
1964 yilda Tokiodagi Olimpiya o’yinlarida dzyudo birinchi bor ishtirok etdi. Turnirda 27 mamlakat vakillari qatnashdi. Olimpiada-64 mezbonlari uchta vazn toifasida birinchi o’rinni egalladilar. Va faqat A. Xeesink eng obro’li, mutlaq vazn toifasida g’alaba qozonib, oltin medalni qo’lga kiritdi.
Olimpiya-68 dasturiga dzyudo kiritilmadi. Lekin to’rt yildan so’ng, Myunxen o’yinlarida bu sport turi uzil-kesil olimpiya maqomini oldi. Yana shov-shuv yuzaga keldi. Gollandiyalik Vim Ryuska og’ir va mutlaq vazn toifalarida ikkita oltin medalni qulga kiritdi. 1976 yil Xalqaro dzyudo federatsiyasi Kongressida vazn toifalarini ko’paytirish - mutlaq vazn toifasini qo’shib sakkiztagacha etkazish to’g’risida qaror qabul qilindi.
Nisbatan qisqa vaqt ichida dzyudo havaskorlari ko’paydi va ko’pgina mamlakatlarga tarqaldi. 1956 yilda Xalqaro dzyudo federatsiyasi tashkil qilindi. U 100 dan ortiq davlatlarni birlashtiradi.
O’zbek dzyudochilari xalqaro maydonlarda ko’p marta yutuqlarga erishganlar A.Bagdasarov 1996 yildagi Olimpiya o’yinlarining kumush medali sovrindori bo’lgan, F.To’raev esa 1999 yilda o’tkazilgan jahon chempionatida 2-o’rinni egallagan.
Qadimgi yunoniston olimpiya o’yinlari vataniga aylandi (eramizdan avvalgi 766 y.). Birinchi Olimpiya o’yinlari dasturiga kurash mustaqil sport turi (eramizdan avvalgi 708 y.), shuningdek maxsus beshkurashning tarkibiy qismi sifatida (eramizdan avvalgi 708 y.dan boshlab) kiritilgan.
O’sha davrdagi ko’pgina taniqli arboblar - matematik Pifagor, faylasuf Evripid va Platon, Pindar hamda boshqalar Olimpiya o’yinlari g’oliblari bo’lishgan.
Yunonlarning har tomonlama jismoniy tarbiyalash tizimi o’rnini qadimgi Rimdagi aniq ifodalangan harbiy-
jismoniy tarbiya egalladi. Bunda jangovar o’yinlar va safdagi tayyogarlikka katta e’tibor qaratildi. Gladiatorlar yangi va jangovar aravachalarda musobaqalashish kabi tomoshabop o’yinlar katta o’rinni egallay boshladi.
ZAMONAVIY KURASHNING PAYDO BO‘LISHI
Bir necha asrlar davomida kurash harbiy tayyorgarlik mashqi va xush kayfiyat baxsh etuvchi sport turi sifatida rivojlanib kelgan. Zamonaviy sport sifatida uning rivojlanishi Yevropada XVIII asrlarida kirib kela boshlagan, bu yerda sirklarning o‘sib borayotgan mashhurligi kurashchilar o‘z qobiliyatini ko‘rsatishlari uchun eng qulay joylari bo‘lib hisoblandi. Kurashchilar jamoa joylarida pul mukofotlari uchun kurashishga da’vat etilganlar va bunda ular o‘z raqiblarini qo‘pol kurash texnikalaridan foydalangan holda kurashishgan.
Yevropaliklar Amerika Qo‘shma Shtatlariga ko‘chib ketishlari bilan kurashni ushbu keyinchalik esa ular kurash allaqachon Shimoliy Amerikada ham borligini, mahalliy amerikaliklar orasida ham mashuhur ekanligini aniqlashdi. Oq tanli erkaklar uchun Yevropadagi singari ushbu sport turi oldin yarmarkalarda, karnavallarda va sirklarda ko‘rsatishgan. XIX asr oxirlariga kelib, kurash professaional sport turiga aylana boshladi. Uning ikki uslubi paydo bo‘lib, u hozirgi zamonaviy kurashga asos yaratdi.2
Nihoyat AQShKF 1983-yilda AQSH KURASHI (AQSHK) NOMINI OLDI va AQShda asosiy kurash ishlarini olib boruvchi organ sifatida faoliyat yurita boshladi. 1960-yillardan beri kurash butun AQSh yuqori sinf maktablari va kolledjlarida asosiy sport turi bo‘lib kelmoqda. Garchi havaskorlar kurashi ko‘ngil ochar kurash kabi katta byudjet sig‘imiga ega bo‘lmasa-da, u juda mashhur sport va har yili qobiliyatli kurashchilarni tarbiyalaydi. Xalqaro arenalarda AQSh bir necha o‘n yilliklar davomida katta kuchga ega bo‘lgan. 1983-yildan beri birgina AQShKdagi kurashchilari 27 ta Olimpiya medallari (14 tasi oltin) va 67 ta Jahon chempionatlari medallari (21 tasi oltin) sohibi bo‘lishgan.3
Sport kurashi eng qadimgi sport turlaridan biri bo’lib, juda qiziqarli va yorqin tarixga ega. Qadimgi inson ko’p ming yillar davomida instinktli hujum va himoyalanish harakatlaridan to zamonaviy kurash turlari usullariga yaqin bo’lgan koordinatsiyalashgan harakatlargacha qiyin yo’lni bosib o’tgan.
O’troq hayot boshlanishi bilan xalqlarning jismoniy tarbiyasida jangovar tayyorgarlikka xos bo’lgan va, birinchi navbatda, har xil yakkakurash turlari oldingi qatorga qo’yilgan. Qadimgi insonning muntazam yashash joylarida ov qilish sahnalari bilan bir qatorda kurashayotgan kishilarning tasviri paydo bo’la boshladi. Misr ehromlari devorlarida ko’rinishiga qaraganda mukammal texnikaga ega bo’lgan kurashchilarning tasvirlari topilgan. Taxminan e.a. 2800 yilda tayyorlangan bronzali haykal belbog’li kurashning eng qadimgi yodgorligi hisoblanadi. Uning asosida raqibni chirmab olishning og’riq beruvchi usul yotadi.
Mashhur pedagog, ma’rifatparvar va murabbiy, dzyudoning asoschisi Dzigoro Kano (1860-1938y.) bolaligida Xyegodan Kiotoga kelgan, Naritatsugaki va Ikuey pansionatlarida ta’lim oldi. U tug’ilganidan boshlab, nimjon bo’lib o‘sdi, shuning uchun dzyu-dzyutsu usullarini o‘zlashtirishga qaror qildi. Keyinchalik Tokio imperator universitetiga aylangan Kaysey litseyiga kirgandan so’ng Kano Dzigoro Tensinsine kurash zaliga qatnay boshladi va u yerda murabbiylar Fukuda Xatinosuke va Iso Masatomilar rahbarligi ostida kurash texnikasini o‘rgandi va olishuvlarda chiniqib bordi.
Keyinchalik u butunlay boshqa yo‘nalishdagi maktab — Kitoryu maktabida murabbiy Ikubo Tsunetosi rahbarligi ostida shug‘ullandi, dzyu-dzyutsu bo‘yicha qo’lyozmalami puxta tahlil qildi va butun vujudi bilan berilib kurash usullarini o‘rgandi.
1882 yilda Kano imtiyozli litseyda inistituti etib tayinlangandan so‘ng, u ko‘pgina mustaqil faoliyat yurutuvchi dzyu-dzyutsu maktablari yutuqlarini umumlashtirdi va tartibga solib, usullarni takomillashtira boshladi hamda Tokioning Sitay rayonidagi Eyseydzi ibodatxonasida 12 ta tamilik kurash sport zaliga asos soldi. Vaqt o‘tishi bilan bu kurash sport zali zamonaviy Kodokan dzyudo institutiga aylantirildi. Tabiiyki, dzyudoga Kitoryu, Tensinsinyeryu maktablari va boshqa eski maktablaming eng yaxshi tomonlarini o’rganib oldi. Xususan, usullar (kata) namoyishining eski shakli to’laligicha Kitoryu maktabidan o‘zlashtirib olingan.
K ANO
Ikkinchi jahon urushi Yaponiyaga ko‘p vayronaliklar keltirdi. Deyarli barcha maktab va shahar dzyudo zallari foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan edi. Bularning hammasi yetmagandek, 1945-yil noyabr oyida Amerika istilochi qo‘shinlari shtabi maktablar va boshqa rasmiy muassasalarda dzyudo bo‘yicha mashqlar o‘tkazishni taqiqlab qo‘ydi. 1947-yildan boshlab yapon murabbiylari Amerika harbiy bazalaridagi harbiy xizmatchilarga dzyudo usullarini o‘rgata boshladilar. Dzyudoning tiklanishi bilan Yaponiyaning barcha tumanlarida musobaqalar o’tkazila boshlandi, 1948-yilda mamlakat birinchiligi bo‘lib o’tdi. Tez orada Butun yapon dzyudo Federatsiyasi tashkil qilindi, Londonda esa Yevropa dzyudo Federatsiyasi bunyodga keldi. 1951yildan boshlab, o’rta maktablar jismoniy tarbiya Federatsiyasi dzyudo bo’limi, Butunyapon talabalar dzyudo Federatsiyasi ishga tushdi. Shu tariqa Xalqaro Dzyudo Federasiyasi 1951-yil tashkil etilgan.

Yüklə 462,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə