Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi «kurash turlari va uni o’qitish metodikasi»


Sport kurashi trenerining kasb-pedagogik faoliyati



Yüklə 462,23 Kb.
səhifə5/104
tarix20.10.2023
ölçüsü462,23 Kb.
#128721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi-hozir.org (1)

Sport kurashi trenerining kasb-pedagogik faoliyati

Sport kurashi trenerining kasb-pedagogik faoliyati ko’p qirralidir. U bir qator majburiyatlarning bajarilishini o’z ichiga oladi. Ular orasida quyidagilarni ajratish lozim: o’quv-tabiyaviy ishlar, kurashchilarning trenirovka va musobaqa faoliyatini boshqarish, sportga layokatli va iqtidorli bolalar orasidan saralash, ilmiy-usuliy ishda qatnashish, musoba-qalarni tashkil etish va o’tkazish, trenirovkalar hamda musobaqalarni moddiy-texnik ta’minlash, shaxsiy kasb mahoratini oshirish.


Trenerning o’quv-tarbiyaviy vazifasi eng muhimlardan biri hisoblanadi. U shug’ullanuvchilarni sport kurashining texnik-taktik harakatlariga o’rgatish, jismoniy va ahloqiy-iroda sifatlarini rivojlantirish, har tomonlama rivoj-langan insonni shakllantirish malakasidan iborat.
O’qitish vazifasi trenerning texnik harakatlarni namunadek ko’rsatib berish, mashqni qisqa va oson tushuntirish, texnikadagi xatolar hamda uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash, kuzatish uchun to’g’ri joy tanlash, bajarilayotgan mashq texnikasini o’quvchi bilan tahlil qilish, usul uchun tayyorgarlik harakatlarini, usul va yakunlovchi harakatni bajarishda mumkin bo’lgan ushlashlarni tanlash malakasini o’z ichiga oladi.
Trener jismoniy va ahloqiy-iroda sifatlarini tarbiyalashda usuliy yondashishlarni tabaqalash, treneriovka nagruzkalarini me’yorlash, shug’ullanuvchilarning alohida xususiyatlariga qarab, tegishli vositalar hamda usullarni tanlashni bilishi zarur.
Trener sportchilar tayyorgarligini maqsadli boshqarish uchun quyidagilarni bilishi lozim: sportchilar, shuningdek ular yashaydigan, trenirovka qiladigan va musobaqalashadigan muhit to’g’risida axborot to’plash hamda uni tahlil qilish; sportchilar tayyorgarligi strategiyasi to’g’risida qaror chiqarish; ularning tayyorgarlik rejalari va dasturlarini tuzish; sportchilar tayyorgarligi dasturi hamda rejasini amalda ro’yobga chiqarish; buning uchun tuzilgan dastur va rejalarning amalga oshirilishini nazorat qilish; zarur hollarda trenirovka ja-rayoniga o’zgartirishlar kiritish.
Kurashchilar tayyorgarligi dasturlari va rejalarining mu-vaffaqiyatli amalga oshirilishi trenerning trenirovka mashg’uloti, ish kuni, mikro-, mezo- va makrotsikllar davomida trenirovka jarayonini oqilona tuzishni amalga oshira olgandagina, shuningdek pedagogik, tibbiy-biologik va ruhiy vositalar hamda uslublardan iborat tiklanish tadbirlar to’g’ri foydalanilgan taqdirdagina mumkin bo’ladi.
Musobaqa faoliyatini boshqarish oldinda turgan musobaqa bellashuvlari rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirishni nazorat qilishni o’z ichiga oladi.
Trener oldinda turgan bellashuv rejasini ishlab chiqishda o’quvchisining raqib ustidan g’alaba qozonishi uchun eng samarali taktik harakatlarni aniqlash maqsadida raqib to’g’risida axborotga ega bo’lishi lozim. Musobaqa faoliyatini nazorat qilish va uni keyinchalik tahlil etish u yoki bu sportchi tayyorgarligidagi kuchli hamda bo’sh tomonlarni aniqlashga yordam beradi.
Bellashuv davomida kurashchilar musobaqa faoliyatini boshqarish malakasi turli texnik-taktik vaziyatlarni kuzatish hamda tahlil qilish, shuningdek muayyan ko’rsatmalar shaklida zarur qarorlarni chiqarish malakasidan hosil bo’ladi.
Kurashchilar tayyorgarligining ko’p qirrali tizimida saralash vazifasi muhim ahamiyatga ega. U trenerning bilimlari va pedagogik tajribasi asosida yosh hamda yuqori malakali sportchilar uchun turli holdagi saralash mezonlaridan foydalanib, eng iqtidorli sportchilarni aniqlash malakasi bilan ifodalanadi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yuqori malakali mutaxassis o’z kasb darajasini muntazam oshirib borishi lozim. Buning uchun u ilmiy-usuliy ish olib borish malakasiga ega bo’lishi, tadqiqot vazifalarini oldinga qo’yishni bilishi, tegishli tadqiqot-usullari hamda uslublarini tanlay olishi, olingan ma’lumotlarni tahlil qila olishi lozim.
Trener o’z amaliy faoliyatida turli musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazishni bilishi zarur. Buning uchun u kurash turi qoidalarini bilishi, hakamlik vazifalarini bajara olishi va musobaqalarni o’tkazish uchun barcha zarur hujjatlarni tayyorlay olishi lozim.
Trenirovka jarayonini yuqori darajada tuzish uchun trenerning sport zalini moddiy-texnik jihozlash, kurash zallari va tiklanish markazini asbob-anjomlar bilan jihozlash malakasi katta ahamiyatga ega.
Trenerning ko’p qirrali kasb faoliyati jarayonida ko’rsatib o’tilgan vazifalarning samarali amalga oshirilishi uning o’z kasbiga bo’lgan muhabbati va sadoqati, o’z mutaxassisligini mukammal darajada bilishi, pedagogik qobiliyatlar hamda yuksak shaxs sifatlari darajasi bilan aniqlanadi.


Yüklə 462,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə