Jismoniy Tarbiya 4-mavzu: O’rta masofaga yugurish texnikasini takomillashtirish Reja


Musobaqalarni o’tkazish joyi va vaqti. Musobaqa o’tkaziladigan shahar (baza) ko’rsatiladi va kunlari belgilanadi. 3



Yüklə 244,39 Kb.
səhifə14/19
tarix11.12.2023
ölçüsü244,39 Kb.
#146637
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Jismoniy Tarbiya 4-mavzu O’rta masofaga yugurish texnikasini ta-fayllar.org

2. Musobaqalarni o’tkazish joyi va vaqti. Musobaqa o’tkaziladigan shahar (baza) ko’rsatiladi va kunlari belgilanadi.

3. Musobaqani boshqarish. Musobaqani tashkil qiluvchilar qaysi tashkilotligi, rahbarlari, hakamlar hay’ati va ularni tasdiklovchi tashkilot ko’rsatiladi;

4. Musobaqalarda qatnashuvchi tashkilotlar va sportchilar. Musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni va nomi ko’rsatiladi; talabnoma (zayavka)ga kiritiladigan qatnashuvchilarning ko’pi bilan qancha bo’lishligi, ya’ni soni, yoshi va ularni malakasi belgilanadi.

5. Musobaqalarni o’tkazish shartlari. Qur’a tashlash vaqti, joyi va uning asosiy prinsiplari (tamoyillari) ma’lum qilinadi. Musobaqa qaysi o’yin sistemasi (aylanma, chiqib ketish, aralash) bo’yicha o’tkazilishi ko’rsatiladi.

6. Norozilik (protest)larni taqdim etish shartlari va ularni ko’rib chiqish tartibi.

7. Jamoalarni va qatnashuvchilarni mukofotlash. G’olib jamoa va sovrindorlarni mukofotlash, estaliklar taqdim qilish ko’rsatiladi.

8. Jamoalarni qabul qilib olish. Agar musobaqalar sportchilarning doimiy turar joylarida o’tkazilmasa, u holda mablag’ ajratuvchi tashkilot, kelish va ketish muddatlari, joylashtirish hamda ovqatlantirish qanday tashkil etilishi ko’rsatiladi.

9. Talabnoma (zayavka)ni va qayta talabnomani taqdim etish turlari va vaqti, jamoalar va qatnashuvchilarni rasmiylashtirish (pasport, reyting daftarchasi, klassifikasiya bileti, talabalik guvohnomasini taqdim qilish) tartibi.

Jismoniy tarbiya

7-mavzu: Gandbol sport o’yini haqida

Reja :
  1. Gandbol to’g’risida tushuncha


  2. Texnikasi va taktikasi


  3. To’plar bilan mashqlar


  4. Musobaqa qoidalari


  5. Talabalardan gandbol sport elemetlaridan me’yorini qabul qilish




Gandbol (nem. hand - qoʻl, ball -toʻp), qoʻl toʻpi — sport oʻyini. 19-asr oxirida Yevropada paydo boʻlgan. Daniyalik Xalger Nilson ixtiro etgan (1895). G. uchun kattaligi 40x20 m li maydon kerak; ogʻirligi 325—475 g , aylanasi 54—58 sm boʻlgan charm toʻp bilan oʻynaladi. Maydonning ikki tomonida eni 3 m, balandligi 2 m boʻlgan darvozalar oʻrnatiladi. Har bir jamoada 7 yoki 11 oʻyinchi qatnashadi. Oʻyinchi toʻp bilan faqat 3 qadam qoʻyishi va uni qoʻlida 3 sek.gacha tutib turishi mumkin. Oʻyin 2 boʻlimdan iborat boʻlib, erkaklar musobaqasi 1 soat, ayollar musobaqasi 50 min. davom etadi. Xalqaro G. federatsiyasiga (IHF; 1946 yil asos solingan) 106 mamlakat aʼzo. 1972 yildan erkaklar, 1976 yildan ayollar G.i Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1938 yildan erkaklar oʻrtasida, 1956 yildan ayollar oʻrtasida jahon birinchiligi oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda G. 1923—24 yillarda paydo boʻlib, birinchi musobaqa 1926 yilda Toshkentda oʻtkazilgan. 1991 yil Oʻzbekiston Respublikasi G. federatsiyasi tuzildi. Respublikaning barcha viloyatlarida G. boʻyicha bolalar sport maktablari, erkaklar, ayollar va bolalar jamoalari bor. 1991 yildan Oʻzbekistan chempionata muntazam oʻtkaziladi. Oʻzbekiston G.chilari terma jamoasi (ayollar) Osiyo chempionatida 4-oʻrinni egalladi va Germaniyada oʻtkazilgan jahon birinchiligi musobaqalarida qatnashdi (1997). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozlari F. Abdurahmonov, V. Kaplinskiy, xizmat koʻrsatgan sport ustasi, Olimpiya oʻyinlari va jahon chempioni M. Vasilyev, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, jahon chempioni S. Zemlyanova, sport ustalari A. Abzalova, Olga Abdulla va boshqalarning G. rivojlanishida katta hissasi bor.


Yüklə 244,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə