Jismoniy tarbiya fani bo'yicha o'quv tarbiya jarayonini rejalashtirish texnologiyasining asoslari



Yüklə 162 Kb.
səhifə1/8
tarix11.12.2023
ölçüsü162 Kb.
#147995
  1   2   3   4   5   6   7   8
5-8 sinf o\'quvchilariga jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish va o\'tkazish uslubiyati


5-8 sinf o'quvchilariga jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish va o'tkazish uslubiyati
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………...…….3
I Bob 5-8 sinf o’quvchilariga jismoniy tarbiya fani bo`yicha o`quv- tarbiya jarayonini rejalashtirish texnologiyasining asoslari
1.1 5-8 sinf o’quvchilariga jismoniy tarbiya fani bo`yicha rejalashtirish shartlari……………………………………………………………………….…….9
1.2 5-8 sinf o’quvchilariga jismoniy tarbiya O`quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish guruhlari…………………………………………………………….14
II Bob 5-8 sinf o’quvchilariga jismoniy madaniya bo‘yicha ish shakllari
2.1 O‘quvchilar jismoniy tarbiyasida o‘quv ishlari……………………………..18

2.2 Jismoniy tarbiya nazariyasi va mеtodikasi - o’quv fan sifatida…………………………………………………………………..28


Xulosa…………………………………………………………………………….29
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………30

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Jismoniy tarbiya bo`yicha o`quv dasturlari doimo takomillashib, vaqti bilan o`zgarib boradi. Maktab dasturining o`zgarish sabablariga quyidagilar kiradi:
-o`quv dasturida o`zgarishlar bo`lsa;
-o`quv sport bazasining birmuncha yaxshilanishi, fan yutuqlari va ilg`or tajribalarni o`quv jarayoniga qo`llash;
-o`quvchilar ma`lumotining oshishi, metodikaning takomillashganligi, o`quvchilarning tayyorgarlik darajasi;
- jismoniy tarbiyada yangi vazifalarning qo`yilishi izlanishga chaqiradi va yangi maqsadlarni hamda ish usullarini qo`llashni talab etadi.
DTS va o`quv dasturining uqtirish xatini sinchiklab o`qish zarur, chunki unda o`qituvchi uchun eng zarur va muhim ma`lumotlar mavjud. Biroq dastur qanday takomillashgan bo`lmasin, bu hujjat “jismoniy tarbiya” fanini maqsadini, o`quv materialini va mazmunini belgilovchi hujjatdir. Eng muhimi, uni amalga oshirishda yuqori natijalarga erishish zarur. Jismoniy tarbiyaning hamma shakl va turlari shunga qaratilgan. Shuning uchun o`qituvchi o`quvchilarning jismoniy tarbiya darslarini bilimdonlik bilan rejalashtirishi kerak.
O`qituvchilarning ko`p yillik tajribalari shuni ko`rsatadiki, jismoniy tarbiya darslaridan qo`yilgan vazifalarning samaradorligi tizimini tashkil etish zarur. Bu tizim qator rejalarni mantiqiy bir-biriga bog`lab, tugallangan hisoblanadi. Bularning har biri o`z funktsiyasiga ega. Bir butun olganda jismoniy tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq qilib tashkil etish imkonini beradi. Bu tizim quyidagi hujjatlarni o`z ichiga oladi:
a) yillik o`quv-tarbiya ishlarining reja-grafigi;
b) dastur materiallarini darslarga taqsimlash rejasi, ish reja va dars konspekti.
O`quv-tarbiya ishlarining reja grafigi. Bu barcha parallel sinflar uchun bir yilga tuziladi. Uning asosiy vazifasi bir tekis, o`quv materialini maqsadga muvofiq qilib taqsimlash va yillik ishni tartibga solishdir. Grafikni tuzib chiqish o`quv meteriallarining tahlilidan boshlanadi. Bu asosiy mashqlarni aniqlash, vaqtni hisobga olish, ularni o`zlashtirish uchun zarurdir. Hozirgi dastur tahlili shuni ko`rsatdiki, mashqlar har bir sinfda aniq qo`yilgan. Vaqtni taqsimlab chiqishda mashqlarni murakkabligini va o`quvchilar tomonidan shu mashqlarni o`zlashtirishning qiyinligi bilan bog`liq bo`lgan tomonlarni hisobga olish zarur.

Yüklə 162 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə