Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari



Yüklə 26,89 Kb.
səhifə2/6
tarix26.05.2022
ölçüsü26,89 Kb.
#88115
1   2   3   4   5   6
Jismoniy tarbiya nazariyasi amaliy mashg\'ulot

Harakat malakasi– bu faoliyatining shunday bajarish, qobiliyatiki, unda diqqat faoliyatning natijasi va sharoitiga yo‘naltirib, uning tarkibiga kiradigan ayrim harakatlarganisbiye’tibor bilan bajara olishdir.

Malakaning xarakterli belgilari:

1. Harakat faoliyati tarkibiga kiruvchi alohida harakatlarning bajarilishiga unchalar e’tibor bermay bajarish. Bunga harakatni bajarish jarayoni avtomatlashuvining boshlanish hisobiga erishiladi.
2. Harakatni avtomatlashgan darajada bajarish o‘qitish – natijasi yoki hayotiy tajriba amaliyoti natijasidir.
3. Harakat faoliyatining avtomatlashgan holda bajarilishida ongning etakchi rolini inkor etib bo‘lmaydi. Harakat malakasi shakllanishida faoliyat mazmuni avtomatlashmay ayrim harakatlarning ijrosi jarayoni, ayrim elementlar tuzilish (masalan: nerv-muskul jarayonlarini koordinatsiya qilish munosabatlari, harakat va vegetativ komponentlarning o‘zaro aloqasi) avtomatlashadi.
4. O‘quvchining ongi asosan o‘zak komponentlarga, sharoitning o‘zgarishi hisobiga va harakat vazifasining ijodiy hal qilinishiga yo‘naltiriladi.
Zaruriyatga qarab o‘quvchi, o‘rganuvchi har bir harakatning bajarilishini nazorat qilishi mumkin, shuningdek, ijroga lozim bo‘lgan o‘zgartishlar kiritishi yoki boshqa faoliyatni bajarishga o‘tib ketishi mumkin (masalan: qo‘lda yoki boshni erga qo‘yib turishda muvozanatni yo‘qotsa, o‘quvchi «grupperovka» (yig‘ishtirinish) qilib oldinga «perekat» qilishi mumkin).
5.Harakat malakasi yuqori turg‘unlikka ega. Bu shuni ko‘rsatadiki, boshqa sharoitda harakat faoliyati bajarilishining buzulishiga oz imkoniyat bo‘ladi (masalan: boshqa sport zal, boshqa jihozlar va hokazolar), o‘quvchilarga odatlanmagan kuzatuvlarning ta’siri (tomashabinlar).
6.Harakat malakasi uchun harakatlardagi ma’lum tizimning mavjudligi va o‘ziga xosligi. Bu alohida ajratilgan harakatlarning bir butun harakat faoliyatiga ortiqcha harakatlar ushlanishini yo‘qotish bilan birlashtirishda ifodalanadi. Harakatlarning aniqligi ortadi, ularning ritmi takomillashadi, bir butun faoliyat ko‘rsatishning vaqti qisqaradi.



Yüklə 26,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə