Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari



Yüklə 26,89 Kb.
səhifə4/6
tarix26.05.2022
ölçüsü26,89 Kb.
#88115
1   2   3   4   5   6
Jismoniy tarbiya nazariyasi amaliy mashg\'ulot

Kuch va tezlik aloqadorligi.


  • Agar qo`ldan uchib chiqish tezligini ham, bunda namoyon bo`lgan mexanik kuchni ham har xil qilib, turli og`irlikdagi yadrolar itqitilsa, u holda kuch va tezlik o`zaro teskari nisbatda bo`ladi: tezlik qanchalik yuqori bo`lsa, namoyon bo`lgan kuch shunchalik kam bo`ladi va aksincha.

  • Tezlik-kuch (dinamik kuch) qobiliyatlari – tezkor harakatlarda.

  • Tezlik-kuch qobiliyatlari qarshilikni yenguvchi va yon beruvchi (amortizasion) kuch turlariga bo`linadi.

  • Portlovchi kuch – qisqa vaqt ichida katta miqdordagi kuchni namoyon qilish qobiliyati muhim turlardan hisoblanadi. Masalan, sport ustalari va sport bilan endigina shug`ullana boshlaganlarning turgan joyidan balandlikka sakrashdagi depsinishlarini taqqoslasak, sport ustalari qisqa vaqt ichida katta miqdordagi kuchni namoyon etishlariga ishonch hosil qilamiz.

  • Mushak kuchi va sportchining vazni. Turli vazndagi kishilarning kuchini taqqoslash uchun nisbiy kuch deb ataladigan tushunchadan foydalaniladi. Nisbiy kuch deganda kishi vaznining bir kilogrammiga to`g`ri keladigan kuch miqdori tushuniladi. Kishi biror-bir harakatda o`z og`irligidan qat’i nazar namoyon qilgan kuchni ba’zan mutlaq kuch deb ataydilar. Mutlaq kuch, masalan, dinamometr ko`rsatkichlari, ko`tarilgan shtanganing chegara darajasidagi og`irligi va boshqalar bilan tavsiflanishi mumkin.

  • Mashqlanganlik darajasi taxminan bir xil, lekin vazni har xil kishilarning vazni og`irlashib borishi bilan mutlaq kuchi ortadi, nisbiy kuchi esa kamayadi. Nisbiy kuch kamayishining sababi shundaki, sportchining vazni gavdasining hajmiga, ya’ni uning chiziqli o`lchamlari kubiga to`g`ri nisbatda bo`ladi; kuch esa fiziologik ko`ndalang kesim, ya’ni chiziqli o`lchamlar kvadratiga to`g`ri nisbatdadir. Gavda o`lchamlari oshib borishi bilan kishining vazni uning mushak kuchiga qaraganda tezroq ortib boradi.

Kuchni rivojlantirish metodikasi va vositalari.


  • Kuchni rivojlantirish uchun yuqori qarshilik bilan bajariladigan mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruhdan iborat:


  • Yüklə 26,89 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə