Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi



Yüklə 9,86 Mb.
səhifə2/5
tarix23.09.2023
ölçüsü9,86 Mb.
#123180
1   2   3   4   5
JismoniyTarbiyaDarslari

Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasining maqsadlari. Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari hisoblanadi: bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirishni ta’minlash; bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamolotini saqlash va mustahkamlash; umumta’lim muassasalarida bolaning jamiyatga moslashishini va ta’lim olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash.

Respublikamizda jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari O’zbekiston Respublikasi qabul qilgan "Jismoniy tarbiya va sport haqida"gi Qonun talablaridan kelib chiqadi. Mazkur hujjatda insonni har tomonlama kamol toptirish o’zining aniq ifodasini topgan. Jismoniy tarbiya inson jismoniy va ma’naviy kamolotining muhim vositasidir, deb belgilab qo’yilgan. Jismoniy tarbiya tizimining asosiy maqsadi ta’limtarbiya jarayonini mukammallash-tirish orqali yosh avlodni jismoniy barkamol, e’tiqodli, ma’naviy go’zal, o’z sog’ligi haqida g’amxo’rlik qilishni ijtimoiy burch deb biladigan kishi qilib tarbiyalashdan iborat. Jismoniy tarbiya jarayonida quyidagi muhim vazifalar hal etiladi: 1. Sog’lomlashtirish 2. Ta’lim vazifalari 3. Tarbiyaviy vazifalar

Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi bu - bola jismoniy tarbiyasi shakllanishining umumiy qonuni- yatlaridan saboq beruvchi fandir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga va o‘rganish predmetiga ega, ayni paytda u 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya jarayonidagi rivojlanishini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o‘rganadi. Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi har bir yosh bosqichini o‘rganib, ilmiy ma’lumotlar va amaliy tajribani umumlashtirib borib, jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, ularning mohiyatini, butun jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishning juda samarali vositalari va metodlarini, maqsadga muvofiq shakllarini kompleks ravishda ochib beradi.


Yüklə 9,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə