Jismoniy tarbiya nazariyasi va


Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti fani



Yüklə 4,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/127
tarix28.11.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#136108
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   127
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti fani,
uning o ‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati o ‘quv fani 
sifatida mutaxassislarni amaliy faoliyat jarayonida o ‘z oldiga 
q o ‘ygan vazifalarni hal ctishlarida bilimlar bilan qurollanti- 
radi.
Uning vujudga kelishi va rivqjlanishida alohida odamlar va 
bir butun jamiyat tom onidan yaxshi jismoniy tayyorgarlik 
zarurligini ongli ravishda tushunib yelildi. Bu ehtiyoj tabiat va 
organizm o ‘sishi qonunlarini o ‘rganishga undadi, mehnatda va 
harbiy ishda yuqori natijalarga erishisli uchun, odamning 
jismoniy rivojlanishini boshqarishning asosiy yo‘li topildi.
Amaliyotning rivojlanishi asosida, nazariy bilimlar beruv- 
chi maxsus fanlar vujudga keldi. Bu fanlami ikki guruhga 
b o ‘lish mumkin:
1. Insonparvarlik ruhida (gumanitar) fanlar. Bu fanlar 
jismoniy tarbiyaning ijtimoiy qonuniyatlarini o'rganadi (sotsio- 
logiya, tarix va jismoniy madaniyatni tashkil etish, sport 
psixologiyasi va boshqalar);
2. Biologik turkumdagi fanlar esa jismoniy tarbiya sha- 
roitida organizm ning rivojlanish qonuniyatlarini o ‘rganadi 
(dinamik anatomiya, fiziologiya, biokimyo va jismoniy mashq- 
lar biomexanikasi va boshqalar).
Bu fanlar erishgan yutuqlar asosida, jismoniy tarbiya 
qonuniyatlarining m a ’lumotlarini umumlashtirish bilan jismo­
niy madaniyat nazariyasi sluig'ullanadi.
Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi jismoniy 
tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini pedagogik jarayon sifatida
21


o ‘rganishga qaratilgan. Bu qonuniyatlar har qanday aholi 
tabaqasining jismoniy tarbiyasiga taalluqlidir.
Jismoniy madaniyat uslubiyatining predmeti: jismoniy 
tarbiyaning qonuniyatlarini o^rganish, shug‘ullanuvchilarning 
yoshini hisobga olish, ularning kasb faoliyati, sport mutaxas- 
sisligiga aniq yo‘naltirishdan iborat. Modomiki, jismoniy mada- 
niyatni o ‘qitish uslublari ko‘p.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyatining uslubiy 
asosi dialektik va evolutsion taraqqiyot qonunlaridir. Bu 
amaliyotchilarga o ‘z harakat faoliyatlarini baholash, tahlil 
qilish, rivojlanish qonuniyatlarini ochish, ilg‘or uslublarni 
ishlab chiqish, o ‘rgatish usuli, umumlashtirish, jismoniy m a­
daniyat ilg‘or tajribalardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubi sport — pedagogik 
fanlar bilan cham barchas bo g ‘langan, nazariy to m o n d a n
ishlab chiqarilgan qonuniyatlarga tayanadi. Sport — pedagogik 
tomondan erishilgan aniq m a’lumotlar keyinchalik nazariya- 
ning umumlashtiruvchi predmeti bo‘lib qoladi.
Jismoniy tarbiya jarayonida umumiy pedagogik va psixologik 
yutuqlari o ‘sib kelayotgan yosh avlodga ta ’lim va tarbiya berish 
vazifalari amalga oshiriladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati mazm uni 
quyidagi savollarga javob beradi: jismoniy madaniyat ijtimoiy 
hodisa ekanligi; uning tarbiyaning boshqa sohalari bilan 
aloqasi; maqsadi, jismoniy tarbiyaning um um iy vazifasi va 
asoslari; mazmuni jismoniy madaniyat manbalarining tavsifi
harakat faoliyatlariga o ‘rgatishning uslubiyat asoslari, usullari; 
jismoniy sifatlarni rivojlantirish, jismoniy mashqlarga o ‘rgatish 
jarayonining tarkibi, mashg‘ulotlarni tashkil qilish uslublari, 
rejalashtirish va hisob, jismoniy m adaniyat uslubiyatining 
xususiyatlari hamda maktab yoshigacha va maktab yoshidagi 
bolalarning sport mashg‘uloti, jismoniy madaniyat nazariyasi 
va uslubiyatida ko‘rib chiqiladigan masalalardir.
22


Jismoniy madaniyat o'zining qonuniyatlariga, rivojlanishiga, 
tuzilishiga ega. Bularni bilish o'sib kclayotgan yosh avlodning 
jismoniy tarbiyasini to ‘g‘ri amalga oshirish uchun zanjrdir.

Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə