Ijtimoiy hayot va faoliyatning
uzoq rivojlanish yoMida,
jismoniy madaniyatning mazmuni va shakli ham asta-sekin
farqlanib bordi (ta’lim va tarbiya, moddiy ishlab chiqarish va
xizmat faoliyati, kundalik hayotda va dam olishda, meditsina va
b.q). Bu esa jismoniy madaniyatda, ko‘pgina ijtimoiy yo'nalishga
ega boigan bilimlarni maktabda, ishlab chiqarishda, turmush-
da, rekreativ davolashda jism oniy m adaniyatning tashkil
topishiga olib keladi. Bularning ilmiy-amaliy tomondan ishlab
chiqilishi, metodik va texnik
va boshqa tomondan boyishi, jis
moniy madaniyatning vosita va uslublaridan saniarali ravishda
foydalanish sohasidagi t a ’lim-tarbiya, sog‘lomlashtirish va
boshqa vazifalarni ijobiy holda amalga oshirishda jamiyat va shaxs
uchun o ‘z ta’sirini orttirdi va bugungi kunda yana ham o ‘z
salohiyatini oshirmoqda.
Shuning bilan bir qatorda, madaniy boylik predmeti sifa
tida, uni tarkibiy qismining ahamiyati ortib bormoqda.
Maqsadga muvofiq, ishlab chiqilgan harakat faoliyatining
turlari, jismoniy madaniyat sohasida boyliklar, bevosita maxsus
amaliy bilimlar, tamoyillar, jism oniy mashqlarni bajarish
qoidalari va uslubiyati, etika normalari, jismoniy madaniyat
sohasidagi faoliyat jarayonida kishilar o ‘rtasidagi
munosabatlarda
n am o y o n b o ‘ladi. Sportdagi yutuqlar jam iyatda jism oniy
madaniyatning samaradorligini oshirish uchun maxsus tayyor-
langan moddiy texnik va boshqa sharoitlarga bog‘liq. Meditsina
ta ’minoti, sport informatsiyasi — aks ettiruvchi san’at mah-
sulotlari, sport qurilishlari, maxsus asbob va uskunalar — jis
moniy madaniyat boyliklaridir.
Albatta, bularning hammasini faqat jismoniy madaniyatga
taalluqli deb bo‘lmaydi, chunki ko‘rsatilganlarning ko‘pchiligi
jismoniy madaniyatgagina aloqador b o ‘lmasdan, madaniyat
sohasidagi aralash fanlarga ham tegishlidir.
3.
Jismoniy madaniyat
—
faoliyat natijasi
sifatida. Kerakli
natijalarning bir butunligicha ishlatilishi, jamiyatda moddiy
m adaniyat boyligi hisoblanadi. Bularga qisman: jism oniy
madaniyat faoliyati natijasida egallangan
jismoniy tayyorlanganlik
va shu asosda harakat ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish
bosqichiga erishish, hayotiy kuchlar, sport yutuqlari daraja-
sining jismoniy madaniyat bilan aloqada bo‘lishi bilan orttiril-
gan natijalardir. Shunday qilib, jismoniy madaniyat faoliyati,
odam bilan tashqi m unosab atd a b o ‘lib qolm asdan balki,
ko‘nikma, malaka, qobiliyat sifatida uyg‘unlashgan holda ichki
boylik sifatida ham mavjud bo'ladi.
9
Jismoniy kamolot
—
bu har tomonlama jismoniy tayyorgarlik
ko'rgan va uyg'un rivojlangan, mehnat va boshqa sohalardagi
talablarga javob bera oladigan insonning individual iste’dodining
yuqori darajada rivojlanganligini ко ‘rsatadi, shaxsning har
tomonlama rivojlanishi va uzoq yillar sog‘lig ‘ining saqlanishi
qonuni bilan aloqada bo ‘ladi.
Jismoniy kamolotning tarkibiy qismi, tarixiy xarakterga ega
bo‘lib, muayyan jamiyatning aniq talablarini ifoda qilgan holda,
hamma vaqt bir xilda qolmasdan, ijtimoiy rivojlanish bosqichiga
qarab o ‘zgaradi. Hozirgi davrda ,,Alpomish“ va ,,Barchinoy“
maxsus test mezonlari respublika sport tasnifi mezonlari bilan
qo'shilgan holda jismoniy kamolotning asosiy, tarkibiy qismi
bo‘lib hisoblanadi.
Jismoniy madaniyatning rivojlanishi, m a ’lum darajadagi
vazifalarning
bajarilishi, jamiyatdagi hayot sharoitida belgilangan
xarakterda ishlatilishi, uning aniq bahosi va roli bilan bogliqdir.
Jismoniy madaniyat sharoitga bog'liqliligiga qarab, kishiga har xil
prinsip bo‘yicha (bir tomonlama yoki har tomonlama) ta’sir
ko‘rsatishi mumkin.
Jamiyatda jismoniy madaniyat, shaxsning uyg‘un rivojla-
nishida, faqatgina jismoniy kamolot omili b o ‘lib qolmasdan,
balki axloqiy, estetik, intellektual tarbiyaning vositasi sifatida,
madaniyatning boshqa tomonlari bilan birga qo‘shilgan holda
jamiyatning hamma a ’zolariga har tomonlama rivojlanishga
yordam beradi.
Jismoniy m adaniyatdan jam iyatda y o ‘naltirilgan holda
foydalanish iqtisodiy o ‘sishga va Vatanni himoya qilishga keng
ravishda yordam beribgina qolmasdan,
kishilarning ruhiy,
m a’naviy talabini ham qoniqtirib, shaxsning har tomonlama
uyg‘un rivojlanishiga, sog‘lom hayot tarzini tashkil etish vosi
tasi sifatida ham muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida aytilganlarning hammasi jismoniy madaniyat
tushunchasini quyidagicha ta’riflashga imkon beradi.
Jismoniy madaniyat — jamiyat va shaxs madaniyatining
tarkibiy qismidir. Jamiyatda jismoniy madaniyat shaxsning har
tomonlama — uyg‘un rivojlanishining samarali vositasi, har bir
kishining jismoniy kamolotga erishuvida muhim omil bo‘lib
qoladi.
10