Bu usullar tajriba yo‘li bilan amalga oshirilgan: faylasuflar,
p edagoglar, sh ifo k o rla r inson organizm i fao liyatlarining
qonuniyatlarini, jism oniy mashqlarning ta ’sir etish mexa-
nizm ini bilganlar, shuning u chun jism oniy m ashqlarning
natijasi, samaradorligiga qarab baholaganlar (odam chidamli,
kuchli, chaqqon b o iib borgan).
Qadimgi Gretsiyada jismoniy
tarbiyaning metodikasi yaxshi m a’lum bo'lgan. Bu yerda davlat
e ’tiborini jismoniy mashqlarga qaratish va kuchni rivojlantirish,
chidamlilik va boshqalar yagona tizimga birlashtirilgan edi. 0 ‘rta
asrlarda metodikaning soni va salmog'i ortib bordi, birinchi
marta gimnastika, suzish, o'yinlar, kamondan otish, chavan-
dozlik, qilichbozlik bo ‘yicha qo'Ilanmalar vujudga kcla boshladi.
Uchinchi bosqich
— jism oniy
tarbiya haqida nazariy
bilimlarning to‘planishi uyg‘onish (XIV—XVII) hamda m a’ri-
fatparvarlik (XVIII asr oxiri) davrini o ' / ichiga oladi. Inson
haqidagi fanlarning rivojlanishi, uning tarbiyasi, mashqlarga
o ‘rgatish va davolashlar faylasuflar, pedagoglar va shifokor-
larning diqqatini jismoniy madaniyat
muammolariga qaratishga
olib keladi. Uyg'onish davriga pedagog — gumanistlar va
utopiyachi-orzuparastlar jismoniy madaniyatni, tarbiyaning
bir butun zaruriy qisnii sifatida qaradilar. Shveysariyalik
pedagog-dem okrat I.G.Pestalossi (1746— 1827) tom o n id an
b o la la rn in g h a ra k a t q o b iliy a tla rin i rivojlantirish u c h u n
„Bo'g'inlar gimnastikasi" qo'llanmasi bitildi.
XVIII asrga kelib
esa, jismoniy madaniyat bo'yicha nazariy ishlar paydo bo'ldi.
Jam iyat hayotida jism oniy m ad aniyatning roli, jism oniy
tarbiyaning o'rni belgilab bcrildi hamda shaxsni har tomon-
lama rivojlantirish tam oyillarini amalga oshirish yo'llari
ko'rsatib o'tildi.
So'nggi bosqichda jismoniy madaniyat nazariyasiga asos
solindi. XIX asrdan boshlab mustaqil ilmiy fan asoslari yozila
boshlandi.
To‘rtinchi bosqich.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va meto-
dikasining alohida mustaqil ilmiy va o ‘quv
fani sifatida vujudga
kelishi (XIX asr oxiri va XX asrning boshlari)ni o ‘z ichiga
oladi. U jismoniy tarbiya haqidagi fanning intensiv rivojlanishi
bilan xarakterlanadi. Jismoniy tarbiya sohasida ko'zga ko‘ringan
o lim lard an P. F. Lesgaft, N. G. Chernishevskiy, A bd u rau f
Fitrat, Alixon Sog‘uniy, Bositxon ibn Zohidxon, Abdulla
Avloniy jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bo'yicha
a sarlari, hozirgi z am o n jis m o n iy
tarbiya nazariyasi va
metodikasining yaratilishiga munosib hissa qo'shdi.
15
Beshinchi bosqich.
Jismoniy madaniyat muammolari hozirgi
davrda bir necha olimlar jamoasi, maxsus ilmiy va o ‘quv
muassasalari tomonidan mukammal hal qilinmoqda. Yangidan-
yangi fanlar: jismoniy tarbiyani tashkil etish, jismoniy mashqlar
biomexanikasi, sport metrologiyasi va boshqalar. „Jismoniy
madaniyat nazariyasi va uslubiyati“ kursida pedagogik muam-
m olarni psixologik
fiziologiyasiz bayon etish, tushuntirish
mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: