Harakatlarga o ‘rgatish o ‘zini asosiy mazmuni bilan — jis
moniy ma'lumotni — o ‘z harakatini boshqarishning ratsional
usullarini izchil ravishda o'rganish bilan hayotda kerak bo ‘la-
digan harakat ko‘nikmalari hamda shular bilan bog‘liq boMgan
bilimlar fondini egallashdan iborat. Jismoniy tarbiyaning
ikkinchi tomoni maqsadga muvofiq ravishda, odamlarning
harakat qobiliyatlarini yo‘naltirilgan ravishda rivojlantirishga
qaratilgan jismoniy sifatlar (kuch, tezkorlik, harakat uyg‘un-
ligi, chidamlilik va h.k.) ni egallashga ta ’sir ko‘rsatishdir.
Shunday qilib,
jismoniy tarbiya, umumiy tarbiyaning bir
turi bo ‘lib, uning maxsus mazmuni sog‘liq uchun foydali
harakatlarga o ‘rgatish va kishini jismoniy sifatlarini tarbiyalash-
dan iborat.
Um um iy pedagogik tizimni ratsional tashkil qilganda,
jismoniy tarbiyaning maxsus mazmuni axloqiy, estetik va
mehnat tarbiyasi bilan uzviy ravishda bog‘liq bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya mana shunday bogMiqlikda shaxsni har
tomonlama tarbiyalashning asosiy oniili sifatida muhim aha-
miyatga ega bo‘Iadi.
„Jismoniy tarbiya“ termini bilan oldin eslab o ‘tilgan „jis
moniy tayyorgarlik“ termini ham qo‘llaniladi.
Bular mazmuni
b o ‘yicha o ‘xshasa-da, ikkinchi termin, jismoniy tarbiyani
mehnat yoki boshqa faoliyatga nisbatan talab qiluvchi jismoniy
tayyorgarlikni, amaliy yo‘nalishni ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
Jismoniy madaniyat — erishilgan umumiy ishchanlikning,
amaliy harakatdagi k o ‘nikma va malakalarning, maqsadli
faoliyatini samaradorligiga ta ’sir ko‘rsatishi b o ‘yicha tashkil
topgan jismoniy tayyorgarlik natijasidir.
„Jism o n iy ta rb iy a “ a tam asin i „jism o n iy m a d a n i y a t”
atamasi bilan taqqoslaganda ularning bir-biri bilan cham-
barchas bog‘liqligini ko ‘ramiz. Lekin
bularni bir-biri bilan
q o ‘shib yuborish yoki birini ikkinchisining bir qismi deb
qarash no to ‘g‘ridir.
Chunki jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiyaga nisbatan,
u n in g qism i em as, balki p ed ag o g ik to m o n d a n ta rb iy a
tizimidagi boyliklarni yo‘naltirilgan holda ishlatish, yoki jis
moniy madaniyatdan, pedagogik tashkil qilingan jarayonda
foydalanishdir. Jismoniy tarbiya
bu yerda jismoniy madaniyat
boyliklarini katta yoshdagi avlod, kichik avlodga berish yo‘li
hisoblanadi. Bir vaqtning o ‘zida bu m adaniy boyliklarni
ko‘paytirish yolidir, chunki yosh avlod faqatgina ulargacha
12
b o ‘lgan narsalarni tushunib olish bilan birga, uni rivoj-
lantiradi, yangi ko‘rsatkichlarga intiladi.
Sport — qisqa m a ’noda shaxsiy musobaqa faoliyati deyilsa,
keng m a’noda, shu faoliyat asosidan kelib chiqadigan maxsus
tayyorgarlik hamda uning norma va yutuqlarini o ‘z ichiga oladi.
Har bir fan o ‘zining aniq ilmiy va o ‘quv vazifasiga ega
boMadi. Uni o ‘rganish
predmeti, obyekt va subyekt qidiruvidan
iborat bo ‘ladi. Fanni o'rganish jarayonida to'plangan natijalar
m a’lum tizimni vujudga keltirib, maxsus o ‘quv fanini tashkil
qiladi.
Jismoniy madaniyat fanida obyekt izlanish deyilganda u
yoki bu pedagogik faktor tushuniladi
Dostları ilə paylaş: