Jismoniy tarbiya nazariyasi va


Ayrim tafovutli va bir-biriga aloqador tushunchalar



Yüklə 4,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/127
tarix28.11.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#136108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

Ayrim tafovutli va bir-biriga aloqador tushunchalar
„Jismoniy madaniyat“ atamasi o ‘zaro aloqador tushun­
chalar: „jismoniy madaniyat harakati“ , ,,sport“ , „jismoniy 
tarbiya“, ,,badantarbiya“ ni o ‘z ichiga oladi. Bularni hech bo‘l- 
maganda qisqa m a’noda aniqlamasdan turib, jismoniy mada­
niyat kursining mazmunini ko‘rib chiqishga o ‘tib bo‘lmaydi.
Jismoniy madaniyat 
amaliy-ijtimoiy yo'nalish bo ‘lib, bu 
kishilarning birgalikda, jismoniy madaniyat boyliklarini ish- 
latish va ko‘paytirishga qaratilgan faoliyatidir.
Jismoniy madaniyatning gullab-yashnashi aholining birga- 
likdagi faoliyati bilan uni rivojlantirishga intilish, kengaytirish 
bilan bog‘liqdir. M ana shunday birgalikdagi ishning shakli 
jismoniy madaniyat harakatidir. Hozirgi kunda dunyoda bu 
oqim, har qanday jamiyatda katta yo‘nalish bo'lib qoldi.
Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida keng yo‘lga qo‘yilgan 
jismoniy madaniyat harakati, jamiyatning tuzilishiga qarab, 
har qaysisi (umumiy xususiyati b o ls a ham) o ‘z xususiyatiga 
ega. Bular esa, ko‘pincha g‘oyaviy asosda, jismoniy madaniyati 
tashkil qilish tamoyillari va shakllarida namoyon b o ‘ladi. 
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, ,,Sog‘lom avlod 
u c h u n “ jismoniy madaniyat harakati boshlandi. Jismoniy 
m adaniyat faoliyati um um iy ish — adolatli, dem okratik, 
fuqarolik jamiyati qurish bilan bog'langan bo‘lib, shaxsning 
har tom o n lam a uyg‘un rivojlanishi va sog‘lomlashtirishga 
yo‘naltirilganligi jamoat va davlat taslikilotlariga birday alo­
qador, ommaviyligi, umumxalq harakatining ko‘tarilib borishi 
bilan farqlanadi.
Jismoniy tarbiya 
— tushunchasi keng m a’noda umumiy 
,,tarbiya“ tushunchasining ichiga kiradi. Bu esa, jismoniy 
tarbiya, boshqa turdagi tarbiyalar singari, pedagogika jarayoni 
bo ‘lib, umumiy ko‘rinishi bo‘yicha (pedagogning boshqaruvchi 
roli, pedagogik prinsiplar bo'yicha tarbiyachi va tarbiyalanuv- 
chilar faoliyatining mos kelishi va h.k.) hisoblanadi. Jismoniy 
tarbiyaning boshqa tarbiyalardan farqi shundaki, bu jarayonda 
shug‘ullanuvchilar harakat ko‘nikmasi va malakalarini hamda 
jismoniy sifatlarini rivojlantiradi, bularning birlashishi esa, 
jamiyatning jismoniy salohiyatini oshiradi. Shuning uchun 
jismoniy tarbiyada ikki maxsus tom oni farqlanadi: insonni 
sog‘liq uchun foydali harakatlarga o'rgatish (harakat faoliyati) 
va jismoniy sifatlarini tarbiyalash.
11


Harakatlarga o ‘rgatish o ‘zini asosiy mazmuni bilan — jis­
moniy ma'lumotni — o ‘z harakatini boshqarishning ratsional 
usullarini izchil ravishda o'rganish bilan hayotda kerak bo ‘la- 
digan harakat ko‘nikmalari hamda shular bilan bog‘liq boMgan 
bilimlar fondini egallashdan iborat. Jismoniy tarbiyaning 
ikkinchi tomoni maqsadga muvofiq ravishda, odamlarning 
harakat qobiliyatlarini yo‘naltirilgan ravishda rivojlantirishga 
qaratilgan jismoniy sifatlar (kuch, tezkorlik, harakat uyg‘un- 
ligi, chidamlilik va h.k.) ni egallashga ta ’sir ko‘rsatishdir.
Shunday qilib, jismoniy tarbiya, umumiy tarbiyaning bir 
turi bo ‘lib, uning maxsus mazmuni sog‘liq uchun foydali 
harakatlarga o ‘rgatish va kishini jismoniy sifatlarini tarbiyalash- 
dan iborat.
Um um iy pedagogik tizimni ratsional tashkil qilganda, 
jismoniy tarbiyaning maxsus mazmuni axloqiy, estetik va 
mehnat tarbiyasi bilan uzviy ravishda bog‘liq bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya mana shunday bogMiqlikda shaxsni har 
tomonlama tarbiyalashning asosiy oniili sifatida muhim aha- 
miyatga ega bo‘Iadi.
„Jismoniy tarbiya“ termini bilan oldin eslab o ‘tilgan „jis­
moniy tayyorgarlik“ termini ham qo‘llaniladi. Bular mazmuni 
b o ‘yicha o ‘xshasa-da, ikkinchi termin, jismoniy tarbiyani 
mehnat yoki boshqa faoliyatga nisbatan talab qiluvchi jismoniy 
tayyorgarlikni, amaliy yo‘nalishni ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
Jismoniy madaniyat — erishilgan umumiy ishchanlikning, 
amaliy harakatdagi k o ‘nikma va malakalarning, maqsadli 
faoliyatini samaradorligiga ta ’sir ko‘rsatishi b o ‘yicha tashkil 
topgan jismoniy tayyorgarlik natijasidir.
„Jism o n iy ta rb iy a “ a tam asin i „jism o n iy m a d a n i y a t” 
atamasi bilan taqqoslaganda ularning bir-biri bilan cham- 
barchas bog‘liqligini ko ‘ramiz. Lekin bularni bir-biri bilan 
q o ‘shib yuborish yoki birini ikkinchisining bir qismi deb 
qarash no to ‘g‘ridir.
Chunki jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiyaga nisbatan, 
u n in g qism i em as, balki p ed ag o g ik to m o n d a n ta rb iy a
tizimidagi boyliklarni yo‘naltirilgan holda ishlatish, yoki jis­
moniy madaniyatdan, pedagogik tashkil qilingan jarayonda 
foydalanishdir. Jismoniy tarbiya bu yerda jismoniy madaniyat 
boyliklarini katta yoshdagi avlod, kichik avlodga berish yo‘li 
hisoblanadi. Bir vaqtning o ‘zida bu m adaniy boyliklarni 
ko‘paytirish yolidir, chunki yosh avlod faqatgina ulargacha
12


b o ‘lgan narsalarni tushunib olish bilan birga, uni rivoj- 
lantiradi, yangi ko‘rsatkichlarga intiladi.
Sport — qisqa m a ’noda shaxsiy musobaqa faoliyati deyilsa, 
keng m a’noda, shu faoliyat asosidan kelib chiqadigan maxsus 
tayyorgarlik hamda uning norma va yutuqlarini o ‘z ichiga oladi.
Har bir fan o ‘zining aniq ilmiy va o ‘quv vazifasiga ega 
boMadi. Uni o ‘rganish predmeti, obyekt va subyekt qidiruvidan 
iborat bo ‘ladi. Fanni o'rganish jarayonida to'plangan natijalar 
m a’lum tizimni vujudga keltirib, maxsus o ‘quv fanini tashkil 
qiladi.
Jismoniy madaniyat fanida obyekt izlanish deyilganda u 
yoki bu pedagogik faktor tushuniladi 

Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə