Jismoniy tarbiya nazariyasi va



Yüklə 4,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/127
tarix28.11.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#136108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

Jismoniy madaniyatning faoliyat turi
sifatida — insonning 
o ‘ziga xos, maqsadga muvofiq harakat faolligini tashkil etadi. 
Boshqacha qilib aytganda, bu fanda inson harakat faoliyatining 
aniq shakllari k o ‘rsatilgan. Jismoniy madaniyatga ham m a 
shakldagi harakatlar kirib qolmasdan, balki inson foydali 
faoliyatining aniq mashqlari kiradiki, bular hayotda kerakli 
harakat ko‘nikma va malakalarni tashkil toptira oladigan, hayot 
uchun ahamiyatli bo‘lgan, jismoniy sifatlarning yo‘naltirilgan 
holda rivojlanishini ta’minlay oladigan, insonning sog‘lig‘i va ish 
qobiliyatini yuqori darajada ushlab tura oladigan boMsin. Bunday 
jismoniy madaniyat faoliyatining asosiy unsurlari, jismoniy 
mashqlar deb nom olgan.
Tarixiy tekshirishlarning ko‘rsatishicha, jismoniy m ada­
niyatga ta ’sir ko‘rsatuvchi harakat shakllari, mehnat faoliya­
tining birinchi unsur shakllarini qaytargan holda, ko‘proq 
jismoniy mehnat xarakterida bo‘lgan. Jismoniy madaniyatning 
keyingi rivojlanish jarayonida, ko‘proq harakat va faoliyatning 
maxsus (o ‘yin, sport, gimnastika va h.k.) madaniy ta ’lim, 
tarbiyaviy, sogiomlashtirish va boshqa vazifalarni hal etish 
uchun, maxsus ,,tuzilgan“ shakllarini o ‘z ichiga oladi. Bu esa, 
oqibatda jism oniy madaniyat m eh n at bilan o ‘z aloqasini 
to‘liqligicha yo‘qotdi, degan so‘z emas. Yuqorida aytilganidek, 
jismoniy madaniyat amaliy tom ondan, m ehnat amaliyotiga 
tayyorlash vositasi sifatida qoladi.
Jismoniy madaniyat mehnat operatsiyalarini tez egallab 
olishni ta ’minlaydi, unumli mehnat qilishni hamda hayotda 
amaliy vazifalarni yechish uchun kerak bo‘ladigan ko‘nikma va 
malakalarni, jismoniy sifatlarni rivojlantirishni va yuqori ish 
qobiliyatini ta’minlaydigan jismoniy tayyorgarlikka olib keladi.
2. 
Jismoniy madaniyat —
jamiyat tomonidan moddiy va 
m a’naviy boylikni, jismoniy madaniyat faoliyatini samarali 
ravishda ta’minlash natijasidir.
Jismoniy madaniyatning rivojlanishidagi har bir bosqichda 
inson hayotiy talablarini qondiradigan boylik sifatidagi mazmuni 
rivojlanib bordi. Bu yerda so‘z jismoniy madaniyatning hozirgi 
kunda ko'p tarqalgan usullari: gimnastika, sport turlari, sport 
o ‘yinlari, jism oniy m a sh q lar m ajm uyi sifatida jism oniy 
madaniyatning amaliy va boshqa bo‘limlari haqida boradi.


Ijtimoiy hayot va faoliyatning uzoq rivojlanish yoMida
jismoniy madaniyatning mazmuni va shakli ham asta-sekin 
farqlanib bordi (ta’lim va tarbiya, moddiy ishlab chiqarish va 
xizmat faoliyati, kundalik hayotda va dam olishda, meditsina va 
b.q). Bu esa jismoniy madaniyatda, ko‘pgina ijtimoiy yo'nalishga 
ega boigan bilimlarni maktabda, ishlab chiqarishda, turmush- 
da, rekreativ davolashda jism oniy m adaniyatning tashkil 
topishiga olib keladi. Bularning ilmiy-amaliy tomondan ishlab 
chiqilishi, metodik va texnik va boshqa tomondan boyishi, jis­
moniy madaniyatning vosita va uslublaridan saniarali ravishda 
foydalanish sohasidagi t a ’lim-tarbiya, sog‘lomlashtirish va 
boshqa vazifalarni ijobiy holda amalga oshirishda jamiyat va shaxs 
uchun o ‘z ta’sirini orttirdi va bugungi kunda yana ham o ‘z 
salohiyatini oshirmoqda.
Shuning bilan bir qatorda, madaniy boylik predmeti sifa­
tida, uni tarkibiy qismining ahamiyati ortib bormoqda.
Maqsadga muvofiq, ishlab chiqilgan harakat faoliyatining 
turlari, jismoniy madaniyat sohasida boyliklar, bevosita maxsus 
amaliy bilimlar, tamoyillar, jism oniy mashqlarni bajarish 
qoidalari va uslubiyati, etika normalari, jismoniy madaniyat 
sohasidagi faoliyat jarayonida kishilar o ‘rtasidagi munosabatlarda 
n am o y o n b o ‘ladi. Sportdagi yutuqlar jam iyatda jism oniy 
madaniyatning samaradorligini oshirish uchun maxsus tayyor- 
langan moddiy texnik va boshqa sharoitlarga bog‘liq. Meditsina 
ta ’minoti, sport informatsiyasi — aks ettiruvchi san’at mah- 
sulotlari, sport qurilishlari, maxsus asbob va uskunalar — jis­
moniy madaniyat boyliklaridir.
Albatta, bularning hammasini faqat jismoniy madaniyatga 
taalluqli deb bo‘lmaydi, chunki ko‘rsatilganlarning ko‘pchiligi 
jismoniy madaniyatgagina aloqador b o ‘lmasdan, madaniyat 
sohasidagi aralash fanlarga ham tegishlidir.
3. 
Jismoniy madaniyat
— 
faoliyat natijasi
sifatida. Kerakli 
natijalarning bir butunligicha ishlatilishi, jamiyatda moddiy 
m adaniyat boyligi hisoblanadi. Bularga qisman: jism oniy 
madaniyat faoliyati natijasida egallangan jismoniy tayyorlanganlik 
va shu asosda harakat ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish 
bosqichiga erishish, hayotiy kuchlar, sport yutuqlari daraja- 
sining jismoniy madaniyat bilan aloqada bo‘lishi bilan orttiril- 
gan natijalardir. Shunday qilib, jismoniy madaniyat faoliyati, 
odam bilan tashqi m unosab atd a b o ‘lib qolm asdan balki, 
ko‘nikma, malaka, qobiliyat sifatida uyg‘unlashgan holda ichki 
boylik sifatida ham mavjud bo'ladi.
9


Jismoniy kamolot
— 
bu har tomonlama jismoniy tayyorgarlik
ko'rgan va uyg'un rivojlangan, mehnat va boshqa sohalardagi
talablarga javob bera oladigan insonning individual iste’dodining
yuqori darajada rivojlanganligini ко ‘rsatadi, shaxsning har
tomonlama rivojlanishi va uzoq yillar sog‘lig ‘ining saqlanishi
qonuni bilan aloqada bo ‘ladi.
Jismoniy kamolotning tarkibiy qismi, tarixiy xarakterga ega 
bo‘lib, muayyan jamiyatning aniq talablarini ifoda qilgan holda, 
hamma vaqt bir xilda qolmasdan, ijtimoiy rivojlanish bosqichiga 
qarab o ‘zgaradi. Hozirgi davrda ,,Alpomish“ va ,,Barchinoy“ 
maxsus test mezonlari respublika sport tasnifi mezonlari bilan 
qo'shilgan holda jismoniy kamolotning asosiy, tarkibiy qismi 
bo‘lib hisoblanadi.
Jismoniy madaniyatning rivojlanishi, m a ’lum darajadagi 
vazifalarning bajarilishi, jamiyatdagi hayot sharoitida belgilangan 
xarakterda ishlatilishi, uning aniq bahosi va roli bilan bogliqdir. 
Jismoniy madaniyat sharoitga bog'liqliligiga qarab, kishiga har xil 
prinsip bo‘yicha (bir tomonlama yoki har tomonlama) ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin.
Jamiyatda jismoniy madaniyat, shaxsning uyg‘un rivojla- 
nishida, faqatgina jismoniy kamolot omili b o ‘lib qolmasdan, 
balki axloqiy, estetik, intellektual tarbiyaning vositasi sifatida, 
madaniyatning boshqa tomonlari bilan birga qo‘shilgan holda 
jamiyatning hamma a ’zolariga har tomonlama rivojlanishga 
yordam beradi.
Jismoniy m adaniyatdan jam iyatda y o ‘naltirilgan holda 
foydalanish iqtisodiy o ‘sishga va Vatanni himoya qilishga keng 
ravishda yordam beribgina qolmasdan, kishilarning ruhiy
m a’naviy talabini ham qoniqtirib, shaxsning har tomonlama 
uyg‘un rivojlanishiga, sog‘lom hayot tarzini tashkil etish vosi­
tasi sifatida ham muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida aytilganlarning hammasi jismoniy madaniyat 
tushunchasini quyidagicha ta’riflashga imkon beradi.
Jismoniy madaniyat — jamiyat va shaxs madaniyatining 
tarkibiy qismidir. Jamiyatda jismoniy madaniyat shaxsning har 
tomonlama — uyg‘un rivojlanishining samarali vositasi, har bir 
kishining jismoniy kamolotga erishuvida muhim omil bo‘lib 
qoladi.
10



Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə