Jismoniy tarbiya nazariyasi va


Jism oniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti manbalari va



Yüklə 4,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/127
tarix28.11.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#136108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   127
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

Jism oniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti manbalari va
rivojlanish bosqichlari
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyatining vujudga 
kelishi va rivojlanish manbalari quyidagilardan iborat:
a) jamiyat hayotining amaliyoti;
b) jismoniy tarbiyaning amaliyoti;
d) shaxsni har tom o n lam a rivojlanishda har xil davr 
faylasuflari, pedagoglari va shifokorlarining ilg‘or g‘oyalari;
e) mamlakatda jismoniy madaniyat va sportni rivojlan- 
tirishda hukumat qarorlari;
f) jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi hamda 
boshqa fanlarning ilmiy-izlanish natijalari.
Jismoniy madaniyat nazariyasi o ‘zining rivojlanishida qator 
bosqichlarni bosib o ‘tgan.
Birinchi bosqich
— odam hayotiy faoliyatida olgan harakat 
faoliyatining organizmga ta ’sirini o ‘rganuvchi empirik bilimlar 
(N .I.Ponam aryov, 1975). Empirik bilimlarning t o ‘planishi 
„mashqlar samaradorligini“ anglash, tajribani o ‘rgatish usulini 
yaratdi. Bu jismoniy mashqlarning vujudga kelishiga, ayni 
vaqtda jismoniy tarbiyaning ham vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. 
(„Jism oniy mashqlarning vujudga kelishi va rivojlanishi41 
boMimlariga qaralsin.)
Ikkinchi bosqich
— jismoniy tarbiya b o ‘yicha birinchi 
m elodikaning yaratilishi — qadimgi quldorlik (Gretsiya) 
davlatlari va o ‘rta asrlarni o ‘z ichiga oladi (G.D.Xarabuga, 1974).
14


Bu usullar tajriba yo‘li bilan amalga oshirilgan: faylasuflar, 
p edagoglar, sh ifo k o rla r inson organizm i fao liyatlarining 
qonuniyatlarini, jism oniy mashqlarning ta ’sir etish mexa- 
nizm ini bilganlar, shuning u chun jism oniy m ashqlarning 
natijasi, samaradorligiga qarab baholaganlar (odam chidamli, 
kuchli, chaqqon b o iib borgan). Qadimgi Gretsiyada jismoniy 
tarbiyaning metodikasi yaxshi m a’lum bo'lgan. Bu yerda davlat 
e ’tiborini jismoniy mashqlarga qaratish va kuchni rivojlantirish, 
chidamlilik va boshqalar yagona tizimga birlashtirilgan edi. 0 ‘rta 
asrlarda metodikaning soni va salmog'i ortib bordi, birinchi 
marta gimnastika, suzish, o'yinlar, kamondan otish, chavan- 
dozlik, qilichbozlik bo ‘yicha qo'Ilanmalar vujudga kcla boshladi.
Uchinchi bosqich
— jism oniy tarbiya haqida nazariy 
bilimlarning to‘planishi uyg‘onish (XIV—XVII) hamda m a’ri- 
fatparvarlik (XVIII asr oxiri) davrini o ' / ichiga oladi. Inson 
haqidagi fanlarning rivojlanishi, uning tarbiyasi, mashqlarga 
o ‘rgatish va davolashlar faylasuflar, pedagoglar va shifokor- 
larning diqqatini jismoniy madaniyat muammolariga qaratishga 
olib keladi. Uyg'onish davriga pedagog — gumanistlar va 
utopiyachi-orzuparastlar jismoniy madaniyatni, tarbiyaning 
bir butun zaruriy qisnii sifatida qaradilar. Shveysariyalik 
pedagog-dem okrat I.G.Pestalossi (1746— 1827) tom o n id an
b o la la rn in g h a ra k a t q o b iliy a tla rin i rivojlantirish u c h u n
„Bo'g'inlar gimnastikasi" qo'llanmasi bitildi. XVIII asrga kelib 
esa, jismoniy madaniyat bo'yicha nazariy ishlar paydo bo'ldi. 
Jam iyat hayotida jism oniy m ad aniyatning roli, jism oniy 
tarbiyaning o'rni belgilab bcrildi hamda shaxsni har tomon- 
lama rivojlantirish tam oyillarini amalga oshirish yo'llari 
ko'rsatib o'tildi.
So'nggi bosqichda jismoniy madaniyat nazariyasiga asos 
solindi. XIX asrdan boshlab mustaqil ilmiy fan asoslari yozila 
boshlandi.
To‘rtinchi bosqich.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va meto- 
dikasining alohida mustaqil ilmiy va o ‘quv fani sifatida vujudga 
kelishi (XIX asr oxiri va XX asrning boshlari)ni o ‘z ichiga 
oladi. U jismoniy tarbiya haqidagi fanning intensiv rivojlanishi 
bilan xarakterlanadi. Jismoniy tarbiya sohasida ko'zga ko‘ringan 
o lim lard an P. F. Lesgaft, N. G. Chernishevskiy, A bd u rau f 
Fitrat, Alixon Sog‘uniy, Bositxon ibn Zohidxon, Abdulla 
Avloniy jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bo'yicha 
a sarlari, hozirgi z am o n jis m o n iy tarbiya nazariyasi va 
metodikasining yaratilishiga munosib hissa qo'shdi.
15


Beshinchi bosqich.
Jismoniy madaniyat muammolari hozirgi 
davrda bir necha olimlar jamoasi, maxsus ilmiy va o ‘quv 
muassasalari tomonidan mukammal hal qilinmoqda. Yangidan- 
yangi fanlar: jismoniy tarbiyani tashkil etish, jismoniy mashqlar 
biomexanikasi, sport metrologiyasi va boshqalar. „Jismoniy 
madaniyat nazariyasi va uslubiyati“ kursida pedagogik muam- 
m olarni psixologik fiziologiyasiz bayon etish, tushuntirish 
mumkin emas.

Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə