Jismoniy tarbiya nazariyasi va



Yüklə 4,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/127
tarix28.11.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#136108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

(j>sm ofl>y 
mashqlar tizi- 
mi, o ‘rgatish uslublari va h.k.). Subyekt deyilganda odamning 
jismoniy mashqlarni bajarishga qaratilgan reaksiyasi tushuniladi. 
S hun d ay qilib, pedagogik izlanishda obyekt subyektdan, 
subyekt obyektdan ajratib qo'yilishi mumkin emas.
Jismoniy madaniyat nazariyasi o ‘rganish predmeti jis­
m oniy m adaniyatning um um iy qonuniyatlarini pedagogik 
jarayon sifatida qabul qilish zarurdir. Umumiy qonuniyatlar 
deganda, jismoniy tarbiyaning aholining har qanday toifalari: 
bolalar va o ‘smirlar, o ‘rta va katta yoshdagilardan tortib maho- 
ratli sportchigacha taalluqliligi tushuniladi.
Jismoniy madaniyat uslubiyatini o'rganish predmeti, aniq 
y o ‘nalishga ega bo'lgan jismoniy tarbiyaning uzviy q o n u ­
niyatlarini, pedagogik jarayonning umumiy qonuniyatlari bilan 
birga qo‘llashdan, ya’ni amalga oshirishdan iboratdir. Umumiy 
va maxsus jismoniy tayyorgarlik uslubiyati, sport tayyorgarligi 
uslubiyati. Bu uslubiyatlarning har birining ichida alohida 
uslubiyat mavjud. Ularning har xilligi, shug‘ullanuvchilar 
toifasining turlariga bog'liq, ularning yoshiga, qaysi kasbga 
m ansubligiga va sport mutaxassisligiga b og'liq (m ak tab
yoshigacha b o ig a n bolalar jismoniy tarbiyasining uslubiyati; 
ayollar jismoniy tarbiyasining uslubiyati). Alohida sport — 
pedagogika predmeti uslubiyati (gimnastika o ‘rganish uslubiyati 
va boshqalar), mustaqil ilmiy va o ‘quv predmeti tashkil etadi.
Nazariya uslubiyatsiz, uslubiyat esa nazariyasiz bir-biridan 
ajralgan holda mavjud boMishi va rivojlanishi mumkin emas. 
Awalo, fan predmeti deganda u yoki bu fanning izlanishini, 
mavjudligi, rivojlanishi, ilmiyligini tushunmoq zarur. Jismoniy 
tarbiyani izlashda uning asosi yoki uning negizi jismoniy 
mashqlardan iborat.
13


Bu fanni yaxshi tushunish va tasavvur qilish uchun uni 
to'lig'icha anglash, ahamiyatli tomonlarini aniqlash, jismoniy 
tarbiyaning mohiyati va qonuniyatlarini bilish zarur. Buning 
uchun, avvalo jismoniy tarbiyaning qanday vujudga kelgan- 
ligini, tarbiyaning boshqa tomonlari bo'yicha jamiyatda qanday 
ahamiyatga ega ekanligini, pedagogik jarayondagi xususiyatini 
hamda boshqa fanlar bilan qanday aloqada ekanligini, uning 
maqsadi, vazifasi va mazmun 
tuzilishi nimadan iboratligini 
bilmog‘imiz lozim.
Bularning hammasi ikkala o ‘quv fani birga mavjud b o ii- 
shini taqozo etadi — jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati 
nomi bilan yuritiladi.
Fanlarni o ‘rganish tavsifi b o ‘yicha jismoniy madaniyat 
nazariyasi va uslubiyati pedagogik fanlar tizimiga kiradi.

Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə