Jismoniy tarbiya va sport darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning jihatlari



Yüklə 373,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix27.05.2023
ölçüsü373,08 Kb.
#113592
1   2   3   4   5   6
jismoniy-tarbiya-va-sport-darslarida-zamonaviy-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanishning-jihatlari

Ключевые слова:
 спорт, педагогические технологии, методы, критерии, 
практические занятия. 
KIRISH 
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyasi 
Respublika Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat 
va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy 
rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko‘tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib 
o‘rin egallashga yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. 
Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi eng avvalo, yosh avlodga 
ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur 
ko‘lamini hosil qilish, jismoniy, ma’naviy va axloqiy sifatlarni shakllantirish 
borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog‘liqdir. Zero, 
yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug‘ 
ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
26 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
ularni boyitish, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining rivojlangan mamlakatlar 
qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni xar tomonlama komil inson hamda 
malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog‘liqdir.
O‘qituvchilar o‘qitish uslublarini mujassamlashtirgan holda, mashg‘ulotlar 
o‘tkazishga tayyorlanishi, turli o‘quv qurollaridan samarali foydalanishi hamda o‘quv 
rejasi va dasturlarini metodologiyasini ochib berishi lozim. Biroq, shuni unutmaslik 
lozimki, o‘qitish va o‘rgatish jarayonlarini boshqarish, mavjud o‘quv vositalaridan 
samarali foydalanish va o‘quv mashg‘ulotarida o‘quvchilarga imkon qadar manfaatli 
bo‘lishini ta’minlash va shu kabi boshqa ko‘pgina vazifalar o‘qituvchining zimmasiga 
to‘liq yuklatiladi. Fanlarni o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan 
foydalanish;o‘qituvchi o‘qitish va o‘rgatish, shuningdek, mavjud imkoniyat va 
sharoitlardan unumli foydalanish uchun mas’ul shaxs hisoblanadi. Bu vazifani bajarish 
uchun o‘qituvchi o‘qitish jarayoni hamda o‘qitiladigan fanlarning ilmiy va texnik jihatlarini 
to‘liq bilishi lozim.
Bundan maqsad shuki, o‘qitish uslubi shunday yo‘lga qo‘yilsinki, bunda 
o‘quvchilar o‘qitilayotgan fanni to‘liq o‘zlashtira olishsin. 

Yüklə 373,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə