Jismoniy tarbiya va sport pedagogining kasbiy etikasi fanidan



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə1/45
tarix24.06.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#118822
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Методик қўлланма Нуруллаев Абдурашид 2022



NURULLAYEV ABDURASHID ROʻZIMBOYEVICH

JISMONIY TARBIYA VA SPORT PEDAGOGINING KASBIY ETIKASI FANIDAN
USLUBIY QOʻLLANMA


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

NURULLAYEV ABDURASHID ROʻZIMBOYEVICH

JISMONIY TARBIYA VA SPORT PEDAGOGINING KASBIY ETIKASI FANIDAN
USLUBIY QOʻLLANMA

Uslubiy qo`llanma 5112000-Jismoniy madaniyat bakalavr ta’lim yoʻnalishi talabalari va oʻqituvchilari uchun mo`ljallangan.
Buxoro-2022
“Jismoniy tarbiya va sport pedagogining kasbiy etikasi” fani bugungi kun yosh avlodlariga ta’lim- tarbiya berishga yangicha, yana ham keng koʻlamda yondashishni talab qiladi. Bu maqsadni amalga oshirishga moʻljallangan fanlardan biri “Jismoniy tarbiya va sport pedagogining kasbiy etikasi” hisoblanadi.


Tuzuvchi:



Buxoro davlat universiteti Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi oʻqituvchisi
Nurullayev Abdurashid Roʻzimboyevich



Taqrizchilar:

Buxoro davlat universiteti Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi mudiri professor R.S.Shukurov




Oʻzbekiston Respublikasi Voleybol Federatsiyasi Buxoro viloyati boʻlimi ijrochi direktori F.A.Narzullayev



KIRISH
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohatlarni asosiy mazmun mohiyati “Ta’lim toʻgʻrisidagi Qonun”ning bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etilishi ta’lim samaradorligini va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni taqazo etmoqda.
“Jismoniy tarbiya va sport pedagogining kasbiy etikasi” fani bugungi kun yosh avlodlariga ta’lim- tarbiya berishga yangicha, yana ham keng koʻlamda yondashishni talab qiladi. Bu maqsadni amalga oshirishga moʻljallangan fanlardan biri “Jismoniy tarbiya va sport pedagogining kasbiy etikasi” hisoblanadi.
“Jismoniy tarbiya va sport pedagogining kasbiy etikasi” faniga oid bilimlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida, jumladan, jismoniy tarbiya va sport sohasida nufuzi ortayotganligi yaqqol koʻrinib turibdi. Bu esa tegishli ilmiy – uslubiy hujjatlarning, sportchilar, oʻqituvchi - murabbiylar, umuman, sport sohasidagi mutaxassislarning faoliyatini yanada takomillashtirishga yaqindan yordam beradigan darajada tayyorlashni taqozo qilmoqda.
“Jismoniy tarbiya va sport pedagogining kasbiy etikasi” fani umumkasbiy fanlar blokiga kirirtilgan boʻlib, 2- kurs 3-4-semestrda oʻqitilishi maqsadga muvofiqdir. “Jismoniy tarbiya va sport pedagogining kasbiy etikasi” fani va ijtimoiy-gumanitar fanlar turkumiga kiradi va u jismoniy madaniyat, sport faoliyati bakalavriat talim yoʻnalishlarida oʻqitiladi. U boshqa fanlarni oʻqitishda asos sifatida xizmat qilishi mumkin. Bu kursning asosiy vazifasi talabalarda umumpedagogik bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning oʻqitishdan maqsad – talabalarning umumjismoniy va maxsus pedagogik bilimlar bilan qurollantirish, murabbiy, jismoniy tarbiya oʻqituvchisining kasb mahoratini oshirish.
Fanning vazifasi - «Jismoniy tarbiya va sport pedagogining kasbiy etikasi» fanini oʻzlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:

  • Jismoniy tarbiya va sport pedagogining kasbiy etikasi fanining kelib chiqish tarixi; bugungi kunda pedagogik mahoratni amaliyotga tatbiq etish; pedagogik mahoratni rivojlantirish boʻyicha bilim, koʻnikma va bilimlarga ega boʻlishi kerak;

-Jismoniy tarbiya va sport pedagogining kasbiy etikasi fani boʻyicha tegishli boʻlgan nazariy va amaliy ma’lumotlarni oʻrganish, har bir elementga e’tibor bergan holda, fan sirlarini toʻliq oʻzlashtirib olishlari, jamoa mehnatini tashkil etish va boshqarishdagi pedagogik qonuniyatlar, ijtimoiy muloqot va muomalaning sirlari; mehnatga toʻgʻri motivatsiya munosabatini shakllantirish omillari toʻgʻrisidagi tasavvurlarga ega boʻlish;shaxsning individual, jinsiy va yoshga bogʻliq xususiyatlari, yetuklik davrida shaxs taraqqiyotining pedagogik qonuniyatlari; e’tiqod va sogʻlom dunyoqarashni shakllantirish omillari, har bir ijtimoiy vaziyatda fuqarolik ongi va mas’uliyatini shakllantirish vositalarini aniqlay olish koʻnikmalariga ega boʻlishi;

  • fanning mazmunidan kelib chiqqan holda har bir mavzuga tegishli boʻlgan mustaqil ravishda kerakli adabiyotlardan foydalanishlari dokladlar referatlar tayyorlashlari kunlik seminarlarda kerakli ma’lumotlarni yigʻishlari noan’anviy usullarni takomillashtirilgan variantlarini ishlab chiqishda ishtirok etishlari oʻz ustida mustaqil va ijodiy ishlash koʻnikmalari;oʻzgalar mehnati va ijodiy faoliyatini xolis va obyektiv baholash, texnologik xaritani tuzishi; muammoli vaziyatlarni yaratish;

  • aniqlashtirilgan maqsadlarni ishlab chiqishi; turli darajadagi testlarni ishlab chiqa olishi, oʻquv jarayonini loyihalashtirish, differensial dasturni tuzish boʻyicha malakalariga ega boʻlishi kerak.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə