Jismoniy tarbiya va sport pedagogining kasbiy etikasi fanidan



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə6/45
tarix24.06.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#118822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Методик қўлланма Нуруллаев Абдурашид 2022

Etikaning kategoriyalari.
Go`zallik - estetikaning asosiy tushunchasi. Go`zallik nafosat olamining mag’zi, asosiy belgisi, bosh xossasi, asosiy mohiyatini tashkil etadi. Go`zaliik - bu asosiy estetik qadriyat bo`lib, uni idrok etish qobiliyati esa estetik sub’ektning asosiy qismidir. Bu xususiyat estetik ong va uning qismlariga ham taalluqlidir. Estetik his - tuyg’u, eng avvalo, go`zallikni his etish jarayonini anglatadi. Go`zailikning asosiy shartlari quyidagilar:
- me’yor;
- predmetning yaxlitligi;
- ranglaming uyg’unligi;
- predmetning maqsadga muvofiqligi;
- estetik formada ekanligi.
Go`zallik xilma - xil darajada namoyon bo`ladi. Tabiatdagi go`zallik ijtimoiy hayot go`zalligidan, foydali amaliy faoliyatdagi go`zallik badiiy ijoddagi go`zallikdan farq qiladi.
Ulug’vorlik - estetik va axloqiy sifatlar kasb etib, amaliyotda ko`p qo`llaniladigan estetik tushunchadir. Ulug’vorlik ko`lami go`zallik ko`lamidek cheksizdir. Ulug’vorlik hissi umuminsoniy bo`lishi bilan bir qatorda ijtimoy hayotda tarixiy taraqqiyotga alohida ta’sir etuvchi hodisalar va jarayonlami ham qamrab oladi. Ijtimoiy hayotda ulug’vorlik, qahramonlik va mardlik bilan shu qadar qorishib ketadiki, ulami alohida mushohada etish nihoyatda qiyin bo`lib qoladi. Qahramonlikda ulug’vorlikka xos estetik va axloqiy sifat to`la namoyon bo'ladi. San’atdagi ulug’vorlik yuksak badiiy mazrnun va shaki vositasida ifodalansada, undagi g'oya hal qiiuvchi ahamiyatga ega. Muhim ahamiyatga molik g’oya mukarnmal shaklni yuzaga chiqarib, san’at asarlarining ta’sirchanlik darajasini belgilab beradi. Bu holat hayotiy haqiqatdan qochish emas, unga xizmat qilishga da’vat etadi.
Fojeaviylik va kulgililik estetik tushunchalari yordamida hayot ziddiyatlari va to`qnashuviari baholanadi va mushohada qilinadi. Ular orqali insonning ijtimoiy hayot hodisalariga nisbatan estetik munosabati ifodalanadi va mustahkamlanadi. Aytish joizki, fojeaviylik va kulgililik go`zallik tushunchasidan torroq doirada amal qiladi. Fojeaviylik va kulgililik - ijtimoiy xususiyatga molik tushuncha sifatida yolg’iz insonga xos his-tuyg’u ekanligi, faqat ijtimoiy munosabatlar jarayonidagina namoyon bo`lishlari bilan izohlanadi. Fojeaviylik va kulgililik aslida bir-biriga zid tushunchalardir, lekin bu zidlik mutloq ma’noda amal qilmaydi. Ayni paytda ular bir-birining mag’ziga singib, biri ikkinchisiga o`tib turadi. Fojeaviylik va kulgililik o ’zaro bog’liqligini hayotning murakkabligi, ziddiyatligi, harakatchanligidan kelib chiqib, san’at yordamida yaxshiroq anglaymiz. San’at asarlarida fojeaviylik va kulgililik yaxlit namoyon bo`ladi. Fojeali yoki kulgili holat insonning u yoki bu hatti-harakati natijasida paydo bo`ladi, bu hatti-harakat turli-tuman hayotiy kuchlar to`qnashuvi jarayonida vujudga keladi, rivojlanadi. Shu tariqa ular voqelik va inson orzulari o`rtasidagi nizoli munosabatlami ochib beradi. Fojeaviylik va kulgililik boshqa estetik tushunchalardan qanchalik farq qilmasin, ulami go`zallik va xunuklik kabi ijtimoiy estetik orzular bilan bog’liq holda, ulaming tarixiy va nisbiy tabiatini inobatga olgan holda mushohada qilish zarur bo`ladi.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə