Jismoniy tarbiya va sport umumiy xalq madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatning har bir fuqarosi jismoniy hamda ma’naviy takomillashuvini ta’minlovchi zamin hisoblanadi


O‘z - o‘zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə18/142
tarix29.11.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#141101
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   142
Salomov 1-jild. lotin

O‘z - o‘zini tekshirish uchun savollar

1. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya tizimi qanday tuzilgan?


2. Jismoniy tarbiya tizimini qanday umumiy tamoyillar tashkil qiladi?
3. Jismoniy tarbiyani qaysi maxsus fanlar o‘rganadi?


III BOB. JISMONIY TARBIYA VOSITALARI
3.1. Vositalar tarkibi
Jismoniy tarbiya tizimi uchun vositalarni qo‘llashga majmualilik xosdir.
Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari jismoniy mashqlar, gigienik omillar va tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari hisoblanadi.
Qayd qilingan guruhlarning har qaysisi shug‘ullanuvchilar organizmiga ta’sir o‘tkazib, o‘ziga xos imkoniyatlarni egallaydi, shuning uchun o‘ziga xos muayyan vositalarga egadir. Vositalarning xilma-xilligi, bir tomondan, ulardan eng samaralisini tanlash vaqtida qiyinchiliklar tug‘dirsa, boshqa tomondan esa har qanday pedagogik vazifalarni echish vaqtida keng imkoniyatlar yaratadi.
Jismoniy tarbiya vositalarini va ularning tavsiflarini bilishga qo‘yilgan pedagogik vazifalar bilan muvofiqlikda barcha turdagi vositalardan foydalanish o‘qituvchiga jismoniy mashqlarning eng samaralilarini ajratib olish va ularning yangi to‘plamlarini ishlab chiqish imkonini beradi.


3.2. Jismoniy mashqlar

“Jismoniy mashq” tushunchasi insonning harakat faoliyati va harakatlar to‘g‘risidagi tasavvurlar bilan bog‘langan.


Harakat organizmning motor vazifasi sifati, tana yoki uning qismlari holatining o‘zgarishidir. Jismoniy tarbiya uchun tug‘ma emas, balki erkin harakat muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun kelgusida so‘z faqat insonning tuyg‘ulariga bo‘ysundirilgan harakatlar to‘g‘risida boradi. Har bir erkin harakat uchta belgi bilan tavsiflanadi:
1. U har doim ongli harakat bo‘ladi.
2.U hayot faoliyati natijasida, o‘qitish jarayoni ham qo‘shilib, insonga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
3.Mashqlarni bajarish ularni o‘quvchining irodasiga bo‘ysundirish darajasini oshiradi.
Erkinlik bilan bajarilgan harakat har doim ham ongli bo‘lgan. U shaxs sifatidagi insonga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ayrim harakatlar ta’sirini harakatlantiruvchi unsuridir. U o‘zaro bog‘langan harakatlar vositasi bilan amalga oshiriladi. Masalan, oyoq, qo‘l, gavda, bosh harakatlarining muayyan tizimi o‘quvchiga sakrash ko‘rinishidagi harakatni bajarishga imkon beradi. Aniq vazifani hal etishni ta’qib qiluvchi harakat va shu asosda muayyan tizimda birlashgan harakatlantiruvchi harakatni tashkil etadi.
Erkin harakatni harakat faoliyatini amalga oshirishning aniq usuli sifatida qarab chiqish mumkin. Masalan, jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchining faoliyati davlat dasturida nazarda tutilgan harakatlar tizimini egallash bilan shakllanadi.
Harakat ijtimoiy xarakterga ega, chunki o‘quvchi jamiyatning tajribasi, bilimiga tayanib, talab asosida ularni o‘rganadi. Bundan tashqari, harakat muayyan pedagogik vazifalarni echishga qaratilgan. Masalan, 6-sinf o‘quvchisi kichik koptokni uloqtirish, yugurib kelib balandlikka va uzunlikka sakrashlarni, qisqa masofaga yugurishni o‘zlashtirib, o‘zini engil atletika bo‘limi bo‘yicha “Alpomish” va “Barchinoy” majmuasi talablariga tayyorlaydi.
Jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya qonuniyatlariga muvofiq ravishda foydalaniladigan siljish harakatlari insonni jismoniy tarbiyalashning o‘ziga xos vositasidir. Har qanday harakatni jismoniy mashq deb atash mumkin emas. Faqat jismoniy tarbiya vazifalarini echishga qaratilgan va uning qonunlariga bo‘ysungan harakatlar jismoniy mashqlarni tashkil etadi.
“Jismoniy” so‘zi aqliy tarbiyadan farqli ravishda bajariladigan ishning xususiyatini aks ettiradi, sirtdan qaraganda, makon va zamonda inson tanasi va uning qismlari o‘zgarishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Haqiqatan ham, jismoniy mashq – bu iroda aktidir, u ong vazifalaridan iborat bo‘lib, umuman insonga ta’sir ko‘rsatadi.
“Mashq” so‘zi insonning jismoniy va ruhiy xususiyatlariga ta’sir o‘tkazish maqsadi bilan harakatlarni takrorlashga yo‘naltirilganligi va bu harakatni bajarish usullarining mukammallashtirilishini bildiradi.



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə