Jismoniy tarbiya va sport umumiy xalq madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatning har bir fuqarosi jismoniy hamda ma’naviy takomillashuvini ta’minlovchi zamin hisoblanadi



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə38/142
tarix29.11.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#141101
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   142
Salomov 1-jild. lotin

V BOB. TA’LIM USLUBLARI


5.1. Tushuncha va atamalar
Jismoniy tarbiyada o‘qituvchidan o‘qitishning predmeti sifatida amaliy harakatlarni va maxsus mashg‘ulot o‘tkazishning muayyan uslublarini bilish, o‘quvchilardan esa ta’limning usullarini egallash talab qilinadi. O‘quvchilarni bilmaslikdan bilishga, xabarsizlikdan xabardorlikka qanday etaklab borish - o‘qituvchi faoliyatining asosiy vazifalaridan biridir.
Ta’lim berishning uslublari ko‘p, biroq ulardan birortasi ham universal bo‘la olmaydi. Ta’lim uslublarining tavsiflarini bilish – bu uslublar xilma-xilligi orasida to‘g‘ri yo‘l topib olishga va o‘qitish vazifalarining eng samaradorlarini tanlashga imkon beradi. O‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish usullari, o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazishi, o‘quvchilarning o‘z ishlari – bularning hammasi uslublarga va uslubiy usullarga tegishli.
Ta’limning sharoitlari va didaktik vazifalari bilan muvofiqlikda har qaysi uslub turli usullar yordami bilan amalga oshiriladi. Masalan, ko‘rsatish uslubining har xil usullari mavjud.
Uslubiy usul – bu ta’limning aniq vazifalari bilan muvofiqlikda uslubning o‘rgatilish vazifasini amalga oshirish usulidir. Binobarin, har bir uslubning ichida, uning xilma-xil uslubiy usullaridan foydalaniladi.
Usul aniq sharoitlarda o‘ziga muvofiq uslubni qo‘llashga imkon beradi. Aynan shuning uchun ta’limning har qanday bosqichida va har qanday kontingentdagi odamlar bilan ishlash, xilma-xil didaktik vazifalarni echish vaqtida u yoki bu uslubdan foydalaniladi. Ayni paytda har qaysi uslubiy usullardan faqat ayrim hollardagina foydalaniladi. Demak, ular juda kam hollarda qo‘llaniladi. SHu bilan birga, uslubiy usullar zahirasi qancha boy bo‘lsa, uslubning qo‘llanish diapazoni shunchalik keng bo‘ladi.
Uslubiy usullar shunchalik ko‘pki, ularni biror-bir hisobga kiritib bo‘lmaydi, ulardan ba’zilari yo‘q bo‘lsa, boshqalari ko‘rinishini o‘zgartiradi, o‘qituvchining ijodi bilan yangilari yaratiladi. O‘qitish darajasidagi farq aynan uslubiy usullarning har xil hajmi bilan tushuntiriladi.
Ta’lim jarayoni ikki tomonlama tashkil qilinadi: o‘qituvchi o‘rgatadi, o‘quvchi o‘rganadi. SHuning uchun o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan ta’lim uslubi ham, binobarin, uning uslubiy usuli ham bu nafaqat informativ bajaruvchi va boshqaruvchilik vazifasi (o‘qituvchi tushuntiradi, ko‘rsatadi, buyruq beradi va h.k., o‘quvchi tinglaydi, eshitadi, mashqni bajaradi), balki o‘qituvchining yetakchilik roli va boshqarib borishida o‘quvchilar bilan har doim o‘zaro bog‘liqlikni talab etadi.
Biroq bu aloqa birinchi qarashda tuyulganidan ko‘ra xiyla murakkabdir. Tashqi belgilari bo‘yicha o‘quvchining harakati, odatdagidek, o‘qituvchining talablariga aynan o‘xshashdir. O‘qituvchi mashqni tushuntiradi va ko‘rsatadi, o‘quvchi uni bajarishga intiladi. Ammo o‘quvchining harakatlarida kuzatuvchining nigohidan yashirin yana bir tomoni bor. Bu ta’limga undovchi motiv, bilish faolligining darajasi, o‘quvchilar eshitgan axborotni o‘zlashtirish jarayonidir. Bu barcha ruhiy jarayonlarning tahlili uchun haddan tashqari murakkab, chunki o‘quvchining ayni bir xil kuzatiladigan harakati har xil sifat asosiga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, ikki o‘quvchi o‘qituvchi ko‘rsatgan harakatni har xil esda olib qoladi. Binobarin, ayni bir xil uslubdan foydalanish vaqtida o‘quv materialini o‘zlashtirishda ba’zi bir variativlik har doim mavjud. O‘qituvchi buni hech qachon unutmasligi kerak.



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə