Jismoniy tarbiya va sport umumiy xalq madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatning har bir fuqarosi jismoniy hamda ma’naviy takomillashuvini ta’minlovchi zamin hisoblanadi


O‘qituvchining individual xususiyati va imkoniyatlarining muvofiqligi



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə40/142
tarix29.11.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#141101
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   142
Salomov 1-jild. lotin

O‘qituvchining individual xususiyati va imkoniyatlarining muvofiqligi. Ma’lumki, har bir pedagog ta’limning barcha uslublarini to‘la hajmda egallashi kerak, SHunga qaramasdan, qator sabablarga ko‘ra bir o‘qituvchi bir xil uslublarni yaxshi egallagan bo‘ladi, boshqalari – boshqalarini. Bu xislatlarni hisobga olmaslik mumkin emas. Agar muayyan bir holatda ikki uslubdan taxminan bir xil natija kutilsa, u holda o‘sha uslubdan uni yaxshi egallagan o‘qituvchining foydalanishi oqilona bo‘ladi. Bundan tashqari, jismoniy imkoniyatlarining yoshga qarab o‘zgarishi muqarrarligi o‘qituvchining o‘z pedagogik ko‘nikmalarini (binobarin, ular qo‘llaydigan uslublarni ham) qayta qurishga olib keladi. Bu darsda qisqa shaxsiy harakat faoliyati vaqtida o‘qitishning sifatini saqlab qolishga imkon beradi.
Mashg‘ulotlarning shart-sharoitlarga muvofiqligi. O‘qituvchi ixtiyorida mavjud bo‘lgan uskunalar hamda umuman o‘rgatish uslubi bilan darsning optimal zichligiga erishish mumkin. Bordi-yu, zalda bor-yo‘g‘i ikki-uchta arqon bo‘lsa, u holda o‘rgatishda tirmashib chiqishning asosiy unsurlarini frontal usul bilan o‘rgatish maqsadga muvofiqdir.


5.3. Ta’lim uslublarining turkumlari
Uslublarning har xil belgilari bilan muvofiqlikda ularning bir nechta turkumlari mavjud. Masalan, birinchidan, ijodiy yoki ko‘rgan-eshitganlarini oddiy esda saqlash ko‘rinishida bolaning bilish faolligi xarakterini aks ettiruvchi usullar; ikkinchidan, namoyish qilib ko‘rsatish, so‘z yordami bilan bilim va ko‘nikmalar hosil qilish usullari; uchinchidan, harakatlarni bajarish, kuzatish, tinglash yo‘llari bilan o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish usullari. Qayd qilingan uchta turkumdan jismoniy tarbiyada eng ko‘p tarqalgani uchinchi usul hisoblanadi (12-chizma).
O‘quvchilarga bilim va ko‘nikmalar berishning usullari bo‘yicha ta’limning barcha uslublari uch guruhga bo‘linadi. Uslublarning uchala guruhi o‘quvchi organizmi tizimlarining har xil analizatorlar yordamida o‘rganilayotgan harakatlar bilan tanishishini ta’minlaydi: bola tinglaydi, kuzatadi, harakat jarayonining o‘zini sezadi. Ishga signalli tizimning ikkalasi jalb qilinadi. O‘rgatish vaqtida amaliy uslublar alohida ahamiyat kasb etadi.



12-chizma. Jismoniy tarbiyada ishlatiladigan maxsus va umummetodik uslublar tizimi.

Har bir uslubning pedagogik faoliyatda foydalanish tezligi bo‘yicha bir nechta turi ifodalangan.



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə