Jismoniy tarbiya va sport umumiy xalq madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatning har bir fuqarosi jismoniy hamda ma’naviy takomillashuvini ta’minlovchi zamin hisoblanadi



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə43/142
tarix29.11.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#141101
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   142
Salomov 1-jild. lotin

5.9. Musobaqa uslubi
Musobaqa uslubi musobaqalarga xos bo‘lgan ko‘pgina belgilarga ega. Musobaqa o‘yin kabi keng tarqalgan ijtimoiy hodisalar qatoriga kiradi. Musobaqa ishlab chiqarish faoliyatida, san’atda, sportda va hayotning xilma-xil sohalarida faoliyatni tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash usuli sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Jismoniy tarbiya sohasida musobaqalashish usuli mashg‘ulot o‘tkazish jarayonida ham, mustaqil o‘yin shaklida ham qo‘llaniladi.
Musobaqalashish usulini birmuncha ravshan tavsiflovchi xususiyat birinchilik yoki yuksak natijaga erishish uchun kurashda kuchlarni sinashdir.
Musobaqa jarayonida, shuningdek, ularni tashkil qilish va o‘tkazish sharoitlarida raqiblik qilish omili muhim fiziologik sharoit va hissiy kayfiyat yaratadi, bu hol jismoniy mashqning ta’sirini oshiradi va organizmning funksional imkoniyatlarini maksimal ishga solishga yordam beradi. Musobaqa vaqtida, asosan, sport musobaqalarida raqiblarning o‘zaro to‘qnashuvlari o‘yindagiga qaraganda ancha ko‘proq namoyon bo‘ladi. Musobaqa hamma vaqt biror-bir qoida bilan tartiblashtirib turiladi.
Musobaqa usulidan mashg‘ulotlarni har qanday shaklda tashkil etish vaqtida ham foydalansa bo‘ladi. Masalan: dars boshlanishidan oldin safga tortishni musobaqa usuli bilan boshlab, zaldan chiqishni ham shu usulda tugallagan holda jismoniy tarbiya darsini o‘tkazish mumkin.
Yuqorida qayd etildiki, ushbu uslub o‘yin uslubi bilan ko‘pgina umumiylikka ega. Lekin ta’lim jarayonining o‘yin uslubi har doim syujetli mazmunga ega. Musobaqa uslubida ana shu xususiyat yo‘q va harakatni bajarish jarayonida to‘laligicha uning mazmuniga bo‘ysundiriladi. Demak, bu ikki uslubni faqat harakatning syujetli rasmiylashtirilishi yo‘qligi yoki mavjudligi bo‘yicha farqlash mumkin.
Agar yog‘och bo‘ylab siljish takomillashtirilsa, “daryocha orqali o‘tkazish” ko‘rinishidagi syujetli mazmunga ega bo‘ladi. Bu holda o‘yin uslubi qo‘llanilgan. Agar o‘sha mashq o‘xshash syujetli rangga ega bo‘lmasa, lekin harakat texnikasini takomillashtirishga bo‘ysundirilgan bo‘lsa, demak, u holda musobaqa uslubi qo‘llanilgan.
Bu farqlar qay darajada bo‘lmasin, o‘yin uslubidagi musobaqalashuv xususiyatini olib tashlamaydi, biroq u mashqning syujetli mazmuniga bo‘ysundiriladi. Agar o‘yin uslubining mazmuni biror-bir harakatli yoki sport o‘yinidan iborat bo‘lsa, shu o‘yin bilan musobaqa o‘tkaziladi. Bunday holda ikkala uslub o‘rtasidagi farq yo‘qoladi.
Musobaqa uslubining eng xarakterli belgilari quyidagilardan iborat:
1. Oldindan belgilab qo‘yilgan qoidalar bilan muvofiqlikda, barcha faoliyatning u yoki bu harakatda g‘alaba qozonish vazifasiga bo‘ysundirilishi.
2. YUqori sport yutug‘iga erishish uchun kurashda jismoniy va ruhiy kuchlarning maksimal namoyon qilinishi.
3. O‘quvchilarni boshqarishda yuklamalarni tartibga solish imkoniyatining chegaralanganligi. Bu uslub harakat vazifalarini hal qilishda katta mustaqillikni talab etadi. Binobarin, musobaqa usuli harakatni mukammallashtirish vaqtida eng samaralidir. Biroq u o‘rgatishning dastlabki bosqichida qo‘llanilmaydi.
Musobaqalashish uslubidan har xil tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda – jismoniy, irodaviy, ahloqiy sifatlarni tarbiyalash, malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish, shuningdek, bu malaka va ko‘nikmalardan murakkab sharoitlarda to‘g‘ri foydalana bilish qobiliyatini o‘stirishda foydalaniladi. Bu uslub boshqa uslublarga qaraganda jismoniy tarbiyaga yuksak talablar qo‘yishga va, shu bilan birga, jismoniy sifatlarning yanada rivojlanishi uchun yordamlashishga imkon beradi.
Musobaqa uslubi harakat sifatlari rivojlanishining etarlicha yuqori darajasini talab qiladi. Bu uslub bir jihatdan oldindan har tomonlama tayyorgarligi bo‘lgan o‘quvchilarga eng ko‘p samara beradi, boshqa tomondan esa uning yordami bilan mavjud tayyorlik darajasini yuksaltirish mumkin.

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə